To‘pni oshirish (o‘yinga kiritish) texnik usul bo‘lib, u to‘pning o‘yinga kiritilishidan iboratdir. O‘yinga kiritishning barcha turlari uchun barqaror turish, oshirish, qulay to‘pni tashlab berish, to‘pga zarba berish, voleybolchining navbatdagi o‘yin faoliyatiga o‘tishi o‘yin texnikasining umumiy qismi hisoblanadi.
66-rasm.
67-rasm.
68-rasm. To‘pni o‘yinga kiritish quyidagi to‘rt usulda bajariladi: pastdan to‘g‘ri (66-rasm), pastdan yon tomondan (67-rasm), yuqoridan to‘g‘ri (68-rasm) va yuqoridan yon tomondan
69-rasm.
70-rasm.
71-rasm. (69-rasm). O‘yinga kiritishni rejalashtirish deb ataladigan yuqoridan o‘yinga kiritish turi ham mavjud (70-rasm). Rejalashtirilgan o‘yinga kiritishda to‘pga zarba qo‘lni mushtlab, mushtning yoni va kaftning yumshoq yeri bilan uriladi (71rasm).
Natijada bu to‘p qat’iy trayektoriyaga ega bo‘lmay uchadi. To‘pni yuqoridan oshirib kiritish sakrab bajarilsa, juda ham samarali bo‘ladi. Bu usulni yetakchi voleybolchilar muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan bo‘ladilar.
Uzatishlar. Bu texnik usul hisoblanib, uning yordamida o‘yinni davom ettirish uchun to‘p sherikka yo‘naltiriladi yoki raqib tomonga o‘tkazib yuboriladi. Ushbu holat uzatish deb ataladi. Yo‘nalishga ko‘ra to‘p oldinga, o‘z ustidan orqaga uzatiladi. Masalan, chegara orqali uzun, chegara orqali qo‘shniga — qisqa; o‘z doirasiga — kalta; balandligi bo‘yicha quyidagicha: past (to‘r ustidan 1 m gacha), o‘rta (2 m gacha va undan yuqori), (2 m dan yuqori), to‘rdan masofa bo‘yicha esa yaqin (0,5 m dan kam bo‘lmagan) va uzoq (0,5 m dan ortiq) uzatiladi.
Yuqoridan ikki qo‘llab uzatish eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib, bu quyidagicha bajariladi: dastlabki holatda o‘yinchining oyoqlari tizzadan bukiladi, qo‘llar yuz oldiga qo‘yiladi, katta barmoqlar esa ko‘zga yaqin turadi. Qo‘l barmoqlari biroz kaft ichiga buriladi, barmoqlar oxiri cho‘mich shaklidagi cho‘ziq paydo qiladi (72-rasm).
To‘p bilan uchrashuv paytida oyoqlar tizzadan to‘g‘rilanib, o‘yinchining tanasi oldinga ko‘tariladi. Bu harakatlarga qo‘llar qo‘shiladi — ular to‘pni qarshi olish uchun ko‘tarilib