IQRO JURNALI / 2023 VOL – 1 ,ISSUE – 2 GUVOHNOMA № 060680 https://wordlyknowledge.uz/ — ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-
quvvatlash.
Albatta, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash, uning raqobatbardoshligini oshirishda
innovatsiyalarning o‘rni beqiyos. Lekin mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi
va rivojlanishi uchun quyidagi shartlarning mavjud bo‘lishi va bajarilishi talab etiladi:
— davlat innovatsiya siyosati – O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari
tomonidan mamlakatning innovatsion strategiyasi maqsadlari va ustuvor innovatsion
dasturlar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi va belgilanishi;
— innovatsiya sohasi – innovatsiyalarni yaratish va tarqatishni o‘z ichiga qamrab
oluvchi innovatsiya mahsulot (ish, xizmat)larini ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning
faoliyat sohalari;
— innovatsiya infratuzilmasi – innovatsiya faoliyatining amalga oshirilishiga imkon
beruvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi turli muassasalar;
— innovatsiya dasturi (korxona, tarmoq, hudud, davlat, mintaqa, davlatlararo) –
innovatsiya loyihalari resurslari, ijrochilari va ularni amalga oshirish muddatlari bo‘yicha
kelishilgan hamda yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va joylashtirish bo‘yicha
vazifalarning samarali hal etilishini ta’minlovchi innovatsion loyihalar va tadbirlar kompleksi.
Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Loyihaning
o‘zining, uning ishtirokchilarining kredit qobiliyati, ularning kreditni uchinchi shaxslar
tomonidan to‘lash kafolatlari hisobga olinmagandagi yashash qobiliyatiga asoslangan
molyailashtirish asosiy bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan aul
oqimlari qarzni to‘lashning manbai bo‘luvchi investitsiyalarni moliyalashtirishni uchinchi tur
deb hisoblash mumkin. Moliyalashtirishning shunday turi uchinchi deb hisoblanadiki, bunda
ham loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan naqd mablag’lar oqimlari va
ham korxona aktivlari kreditni ta’minlanishi bo‘lib xizmat qiladilar.