Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 201 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz Va sen yana qalbi otashga toʼliq, Togʼni talqon qilgich qudrat taningda Bu morfema bilan bogʼliq yana koʼplab misollarni keltirish mumkin. Masalan,
“Seni kuylayman hayot” sheʼrida oʼqilgich (Har sahfang oʼqilgich yangi bir
kitob,Oʼtmishmi, ertami tugʼilar har bob ), “Shoshma, hali” sheʼrida sirqiratgich,
huzurlangich (Ziq yumushda oʼtgan kunduz zilligimi, Sirqiratgich ogʼir oʼyda
toʼlgʼonaman. , Huzurlangich oʼsha zoʼrlik -Nomi ajal! ) kabilarni misol qilib
keltirishimiz mumkin. –gich morfemasining boʼlishsiz shakli sifatida –magichdan
foydalanadi: “Sharqning oʼzi ona boʼlgan hamisha” sheʼrida yonmagich,
koʼchmagich (Yillar qat, qaʼriga fikringiz qadang,Topasiz oʼtlarda yonmagich doston! Men unga qilmayman zarra boʼlsin gʼash, Zero, shaharlarim koʼchmagich qasr, ) Ot soʼz turkumidagi –gich yasovchi qoʼshimchasining qoʼllanishida ham
shoira yangilik yaratadi. Masalan bu qoʼshimcha feʼlning 2-shaxs buyruq –istak
formasidan va feʼlning orttirma nisbat shaklidan yangi soʼz hosil qiladi. Yuqoridagi
misollarda soʼz yasalishining bu qonuniyatiga mos kelmaydigan holatlar ham
kuzatiladi.
Masalan,
-gich
ot
yasovchisi
feʼlning
boʼlishsizlik
formasidan(koʼchmagich),
-lan
murakkab
feʼl
yasovchi
affiksidan
soʼng(huzurlangich) keyin qoʼshilib, individualizmlar yaratmoqda.
“Kechir, yoshlik” sheʼrida esa –gich morfemasi –kinchi morfemasiga sinonim
boʼlganligini koʼrishimiz mumkin:
Soʼngra, soʼngra soʼngan vulqonday sokin Qoʼydim seni bevaqt keksartib. Oʼtgich havaslarga muk tushib lokin Tahqirlarda boʼlmas qizartib.
Yaʼni bu oʼrinda oʼtgich soʼzi oʼtkinchi sifatiga maʼno jihatdan teng kelib
qolganligini sezishimiz mumkin. Bu shoiraning mahoratidan darak beradi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, shoira ijodida qoʼllanilgan no-, -simon, -
rang, -gich morfemalari shoira ijodida yasama soʼz yasash va grammatik shakl hosil
qilishda koʼp oʼrinlarda qoʼllanilgan boʼlib, bu holat Zulfiyaxonim ijodining oʼziga
xos xususiyatini koʼrsatib beruvchi dalil boʼlib xizmat qiladi.
Tilda “maʼnolari bir xil yoki oʼzaro yaqin, talaffuz va yozilishi har xil boʼlgan
soʼzlar sinonim hisoblanadi” . Bir til doirasida oʼzaro yaqin maʼnoni ifodalovchi bir
necha soʼz shaklining mavjud boʼlishi tilning mazmun ifodasini kengaytiradi.
Sinonim tilning boy imkoniyatlarini koʼrsatuvchi muhim vositalardan biri boʼlib,
nutqda ularni toʼgʼri qoʼllay olish fikrni toʼgʼi va taʼsirchan ifodalash uchun xizmat
qiladi, matnni oʼrinsiz takrorlardan xalos qiladi.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022