“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-28, Issue-1, February - 2023 81 o‘ng va chap yarimshardan iborat bo‘lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan
tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan
tashkil topgan tashqi po‘stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat.
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq qavatining qalinligi 2,5—3,0 mm
bo‘ladi. Po‘stloq tekis bo‘lmasdan pushta va egatlardan iborat. Miya po‘stlog‘ining
bunday tuzilishi unda nihoyatda ko‘p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon
beradi. Binobarin, miya po‘stlog‘ida 14—16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan.
Qizig‘i shundaki, miya po‘stlog‘i pushtalarining soni barcha odamda deyarli bir xil,
lekin ularning tuzilishi bamisoli qo‘l kafti chiziqlari singari xilma-xil bo‘ladi. Agar
miya po‘stlog‘ining pushta va egatlari yozib tekislansa, uning umumiy sathi 1468—
1670 sm 2 ni tashkil qiladi. Miya katta yarimsharlari peshana, chakka, tepa, ensa
qismlariga bo‘linadi. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i mikroskopda
tekshirilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bo‘lib joylashganligi aniqlangan.
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining turli qismlarida joylashgan nerv
hujayralarining po‘stloq sathi funksiyasiga ko‘ra, uchta zonaga bo‘linadi: sezish,
harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to‘plami odam tanasining barcha
sezgi organlarining oliy markazi hisoblanadi. Bu markazlar teri, ko‘rish, eshitish, hid
va ta’m bilish kabi sezgi organlari retseptorlaridan impuls qabul qiladi. Bosh miya katta
yarimsharlari po‘stlog‘ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to‘plami muskullar,
paylar, bo‘g‘imlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining
barcha qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi.
Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining to‘qima va organlari bilan
nerv yo‘llari orqali bog‘lanmagan, ular miya po‘stlog‘ining turli qismlaridagi nerv
hujayralarini (nerv markazlarini) bir-biri bilan bog‘laydi. Bu zonalar sezgi va
harakatlanish organlaridan kelgan ta’sirni analiz va sintez qiladi.
Bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining
fiziologik asosi hisoblanadi. Odamning fikrlashi, ongi, o‘zlashtirishi, eslab qolishi,
boshqalar bilan muomala qilishi, madaniyati, bilim olishi, hunar o‘rganishi, murakkab
harakatlarni bajarishi miya po‘stlog‘ining faoliyatidir. Miya po‘stlog‘ining turli
qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv markazlari joylashgan. Chunonchi,
po‘stloqning ensa qismida ko‘rish, chakka qismida eshitish, peshana qismining ostki
ichkari sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida harakat, orqa
markaziy pushtasida tana terisining sezgi markazlari joylashgan