Vositachilik funksiyasi Bank sohasida 3ta muammo ko‘zga tashlanadi


Keling o‘ylab ko‘raylik, umuman olganda, bank tizimi nima bilan shug‘ullanishi kerak?



Yüklə 19,01 Kb.
səhifə2/3
tarix10.12.2022
ölçüsü19,01 Kb.
#73628
1   2   3
Документ Microsoft Word (2)

Keling o‘ylab ko‘raylik, umuman olganda, bank tizimi nima bilan shug‘ullanishi kerak?

Birinchi funksiya bu – kelishuvlarni ta'minlash. Bu pul aylanish tizimi. Banklar orqali kelishuvlar amalga oshiriladi. Qurilmani import qilmoqchi bo‘lsak, bankka valuta xarid qilish, keyin bu valutani boshqa hisob raqamiga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma beramiz. Bank ana shu funsiyalarni amalga oshiradi. Xodimlarga oylik maosh to‘lamoqchi bo‘lsak, bankka borib, naqd pul olamiz yoki pulni kartaga o‘tkazamiz. Biror tovarni xarid qilish yoki sotishni istasak, hisob raqamimizga pul o‘tkaziladi. Bularning bari bank tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi funksiya bu – vositachilik. Banklar juda muhim iqtisodiy mexanizmda juda muhim vositachilik funksiyasini bajaradi. Mexanizm investitsiyalash deb ataladi. Iqtisodiyot, korxona, oila iqtisodiy jihatdan rivojlana olishi uchun investitsiya kiritish zarur. Qurilmalar, ko‘chmas mulk xarid qilish, ta'lim, tibbiyot, ilm-fanga doimiy ravishda investitsiya kiritish lozim. Buning uchun pul kerak. Bularning barini xarid qilganimizda investitsiyalarni amalga oshiramiz.
Jamg‘armalar – investitsiya manbayi hisoblanadi. Qurilma, ta'limga pul sarflash uchun dastlab bu pullarni «yeb yubormaslik» kerak. Ko‘pincha sarflaydigan va «yeb yubormaydigan»lar – bir-biridan farq qiluvchi, turli kategoriyadagi odamlar.
«Yeb yuborilmagan» pullar bu – jamg‘arma. Masalan, 3 million so‘m miqdoridagi tushumga ega bo‘ldik. Bundan 2 million so‘m oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish, kommunal to‘lovlarni to‘lash, 500 ming so‘m soliqlarga ketdi, 500 ming so‘m qoldi. Qolgan 500 ming so‘m bu – jamg‘arma.
Jamg‘armalarni turli ko‘rinishlarda saqlash mumkin. Misol uchun, u yostiq ostida so‘m yoki dollarda saqlanishi mumkin. Jamg‘armalarni saqlashning boshqa usuli – iqtisodiyotga kiritish. Masalan, bank hisob raqamiga. Yoki qimmatli qog‘ozlar sotib olish, pensiya jamg‘armasiga pul qo‘yish, qandaydir sug‘urta dasturida ishtirok etish.
Bular – ishlayotgan pullar. Bular ham jamg‘arma. Mazkur jamg‘armalar bank sohasi tufayli investitsiyaga aylanadi. Banklarning muhimligi bo‘yicha ikkinchi funksiyasi – ana shu jamg‘armalarni akkumulyatsiya qilish.
Mexanizm bir tekis ishlaydigan holda yo‘lga qo‘yilishi, uning ishida hech qanday to‘xtab qolishlar bo‘lmasligi juda muhim. Bu banklarning vazifasi.

Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin