SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 318
ko‘nikmalarini shakllantirish bosh maqsadga aylanmoqda. Bunda talaba-o‘quvchining
ehtiyoji,
moyilligi, qiziqishi, faolligini oshiruvchi o‘yinli texnologiyalardan vosita
sifatida keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘yin texnologiyalari (o‘yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishning
barcha ko‘rinishlari: bilim, ko‘nikma, malaka hamda hissiy baholovchi faoliyat
jarayonini
hosil
qilishga
yo‘naltirilgan shartli o‘quvvaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (peda
gogik texnologiya) turlaridan biri hisoblanadi.
O‘yin texnologiyalarida o‘quvchining tabiatiga mos tushuvchi o‘yinlar o‘quv-
tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin.
O‘yin o‘quvchini ta’limda g‘alabaga erishishda qiziqishini orttiradi va unda
kuchli motivatsiya hosil kilish imkoniyatiga ega. O‘quvchini
tezkorlikda harakat
kilishga, chaqqonlik, topqirlik, topshiriqlarni aniq, tez vaqtda bajarishga o‘rgatadi, unda
qonun-qoidalarga rioya kilish ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quvchining faolligi
rivojlantirilib, bilimga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi. SHaxsning ahloqiy sifatlarining
shakllanishiga yordam beradi. O‘quvchilarda o‘zaro
hamkorlik, ijodkorlik, bir-biriga
qayg‘urish va o‘zaro hurmat kabi odatlar rivojlantiriladi. Ayniqsa, ularda tashqi dunyoni
tasavvur etish,
erkin fikr yuritish, emotsional faollik va o‘zaro muloqotga
kirishuvchanlik vujudga keladi.
MUHOKAMA
O‘quvchilar o‘zaro bir-birlariga yordam berishga, boshqalarning
qiziqishlariga
hamohang o‘z manfaatlarining ular bilan uyg‘un bo‘lishiga harakat kiladilar. Ularda
o‘yin davomida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash hamda ulardan turli vaziyatlarda
foydalanish ko‘nikmalari paydo bo‘ladi.
O‘yin faoliyati yaxshi xislatlarni hosil kilish asosida, jamoaviy hayotiy faoliyatni
vujudga keltiradi,
mustaqillikni, boshqalarni mehnat sharoitida qo‘llab-quvvatlashga
o‘rgatadi.
O‘yin faoliyatini tashkillashtirish o‘quvchilarning akliy faoliyatni bilishga
bo‘lgan qiziqishlarini oshirish asosida ishchanlikka, topqirlikka, o‘z
vazifasiga
mas’uliyatli yondashib, yangi-yangi natijalarni qo‘lga kiri-tishlariga sabab bo‘ladi.
O‘yin ta’lim jarayonini tashkil etish hamda olib borishda pedagogik vositadir. O‘yin
bolalar uchun biror narsani bilib oluvchi vositadir. Ta’lim mazmunini o‘quvchilarga
o‘yin orqali tushuntirish bu tushuntirishning eng qulay va samarali usulidir. SHu
sababli, o‘yin vositasida ta’lim jarayonini tashkil etish vokea-hodisa, mazmunni
tushunish, o‘rganish, o‘zlashtirishni kafolatlaydi.
Nemis psixolog olimi K.Kross o‘yin vositasida bola o‘zini tutish,
olamni
o‘rganish, an’analarni bilish, atrof-muhitga moslashish ko‘nikmasini shakllantiradi,
degan edi.