Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) aybni bо‘yniga olish tо‘g‘risida arz qilish, chin kо‘ngildan pushaymon bо‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zо‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
ye) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xо‘jalik faoliyatiga bog‘liq bо‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Yengillashtiruvchi holat ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bо‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi (JK 55-moddasi).
Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar
Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar О‘zR JK 56-moddasida belgilangan, unga kо‘ra quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) homiladorligi aybdorga ayon bо‘lgan ayolga nisbatan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;
d) о‘ta shafqatsizlik bilan;
ye) kо‘pchilik uchun xavfli bо‘lgan usulda;
j) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon bо‘lgan shaxsdan foydalangan holda;
z) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqanligi;
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini e’tiborga olib, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin.
Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas.
Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bо‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.