1942-yil 27-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan 26 nafar ofitser va oddiy askarlarga Sovet Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoni berildi. Ular safida birinchi o‘zbek qahramoni andijonlik Qo‘chqor Turdiyev ham bor edi.
Tub burilish va undan keyingi janglar.
Stalingrad jangi Ikkinchi jahon urushida tub burilishni boshlab berdi. Zebo G‘aniyeva
Kavkaz uchun bo‘lgan janglarda Toshkentda tuzilgan
Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziya 3 oy davom etgan janglarda dushmanning 8 000 nafar askar va ofitserini qirib tashladi. Gvardiyachi generalmayor S.Rahimov 1945-yil 26-mart kuni Polshadagi Gdansk (Dansig) shahrini shturm qilish vaqtida halok bo‘lgan. O‘zbek xalqining shonli farzandiga 1965yil 9-mayda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi
O‘zbekistonlik jangchilar 1943-yil yozida bo‘lgan Kursk va Oryol rayonidagi janglarda, Dnepr daryosini kechib o‘tishda oldingi saflarda bo‘lishdi. Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko‘rsatgani uchun 26 nafar o‘zbek yigitiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Ular safida buxorolik Sharif Ergashev va Xalloq Aminov bor edi. Belorusiyani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarning birida 1943-yil noyabrda Gomel shahri atrofida iste’dodli o‘zbek shoiri Sulton Jo‘ra 33 yoshida mardlarcha halok bo‘ldi.
.
O‘zbekistonlik jangchilar 1944-1945-yillarda Belorusiya, Ukraina, Moldaviya, Boltiqbo‘yi respublikalari va Rossiya Federatsiyasining g‘arbiy viloyatlarini ozod qilishda ishtirok etdilar. O‘zbekistonliklar yevropadagi Qarshilik ko‘rsatish harakati saflarida, Polsha, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya, Italiya, Gretsiya, Avstriya, Yugoslaviya, Fransiya va boshqa davlatlarni fashizmdan ozod etishda faol qatnashdilar, partizan qo‘shilmalarida jang qildilar. 1945-yil 9-mayda gitlerchilar Germaniyasi butunlay taslim bo‘ldi. Berlinni zabt etgan jangchilar orasida Sovet It- tifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan toshkentlik Sobir Rahimov Botir Boboyev va Solih Umarov, marg‘ilonlik Tojiali Bo boyev ham bo‘lgan. O‘zbekistonlik jangchilarning 1 706 nafari “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun” jangovar medali bilan taqdirlandi.