-sahifa nomi uchun teg;
-saytning eng pastki qismi (podval) uchun zarur bo’lgan teg.
Asosan bu tegning ichiga “copyright” kabi ma’lumotlar yoziladi;
-sayt navigatsiyasi uchun teg ;
- asosan sektsiyalar (o’ng yoki chap menyular) yaratish uchun
ishlatish mumkin bo’lgan teg;
-sahifadagi asosiy ma’lumotlarni chiqarish uchun;
- yangiliklar , kommentariyalar maqolalarning kontentlarini
chiqarish uchun.
Bu teglarni kerakli joylarda to’g’ri ishlatish sayt strukturasini tushunarli
(tartibli) bo’lishiga olib keladi.
Hozirgi kunda saytlarni formalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, ya’ni
formalar saytlarning asosi bo’lib qilgan. Formalar asosan ro’yxatdan o’tishda ,
kommentariyalar yozishda , qandaydir blankalarni to’ldirishda zarur bo’ladi.
Foydalanuvchilar formalarni to’latib , serverga jo’natish jarayonida kiritilgan
ma’lumotlarning to’liqligi va to’g’riligini tekshirish uchun alohida skriptlar
yoziladi. HTML5da yangi Web Forms 2.0 nomli formalar bilan ishlash uchun
tartib qoidalar ishlab chiqilgan. Yangi “required” va “email” nomli atributlar
orqali avtomat tarzda foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar tekshiriladi. Hattoki
elektron pochta adreslari to’g’ri kiritilganligi to’g’risida ma’lumot beradi. Bu
atributlardan boshqa yana bir necha forma ma’lumotlarini tekshiradigan atributlar
mavjud(url, data, datetime, week, month, number,..).
Saytlar orqali videolar ko’rmoqchi bo’lib, videoga oid saytni ochsangiz, u
yerda flash player qidirishni boshlaysiz. Ortiqcha ish bajarasiz va vaqtingizni yo’q
joydan sarflaysiz va bir hisobda pulingizni ham (yuklab olish uchun ketadigan
megabaytlar). HTML5 tuzuvchilari multimedia yo’nalishida ham yangi teglar
yaratishdi va bu teglarni