Sport psixologiyasi - sport faoliyatining har xil turlarida ularga xos bo`lgan xususiyatlari va sportchi shaxsining psixologik xususiyatlarini o`rganadi. Sport hozirgi zamon xayotida katta o`rin tutadi. O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikni qo`lga kiritib, g`oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy yo`nalishlarni yangi yo`lga solib, aholini har tomonlama muhofaza qilish tadbir va choralarini amaliy jiqatdan olg`a surmoqda. Bu faoliyatlar aholining va aynikqsa yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo`lgan ishtiyoqlarini yanada rivojlantirmoqda.