Excel ishchi menyusi boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Excel 2003 versiyasining ishchi menyusi quyidagi boʻlimlardan tashkil topgan:
Pravka boʻlimidagi „Zapolnit“ va „Ochistit“ boʻlimlari kataklarning belgilangan yoʻnalishda nusxasini oladi yoki tozalaydi. Udalit list boʻlimi belgilangan varaqni oʻchiradi. Peremestit \ skopirovat list Excel ishchi kitobi sahifasini kerakli joyga siljitadi yoki nusxasini yangi sahifada hosil qiladi. Qolgan boʻlimlar Microsoft Office guruhidagi dasturlar uchun umumiy boʻlgan vazifalarni bajaradi.
Vid boʻlimining Stroka formul boʻlimi formulalar bilan ishlash satrini ekranda hosil qiladi yoki aksincha.
Vstavka boʻlimi katak, satr, ustun va varaq ustida amallar bajarish uchun moʻljallangan boʻlib, ularning mazmuni quyidagicha:
Format boʻlimi Excel dasturida formatlashni asosan katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi. Boʻlim bandlarida satrlarning balandligi, ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va yoʻqotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom berish vazifalari amalga oshiriladi. Stil bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi, katakda maʼlumotlarning berilishi va tuldirish usullari aniqlanadi. Katakda yozuvlarning alifbosi va oʻlchamini belgilash mumkin.