Word dasturida ishlash. Boshlangich sinf oqituvchilarini meyoriy xujjatlarini tayyorlashda Word dasturidan foydalanishni orgatish


Arifmetik amallarni orgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 54,64 Kb.
səhifə8/9
tarix16.12.2023
ölçüsü54,64 Kb.
#183654
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Word dasturida ishlash. Boshlangich sinf oqituvchilarini meyoriy-fayllar.org

5. Arifmetik amallarni orgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.

Matematika fanlarini oqitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini oqitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, oqitish jarayonini optimallashtirishga keng yol ochib beradi.
Keyingi on yillikda matematika fanini oqitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yonalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi orgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy oyinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Matematika oqitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yonalishi ayrim oquv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, oqitishning boshqa usullari qollanganda tasavvur qilish, koz oldiga keltirilishi qiyin bolgan materiallarni tushunarli bolishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida oquvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi korinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur organish va oquv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil boladilar.
Kop holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan oz kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bolgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.
Axborotlarni ifodalash va uzatishga bolgan ehtiyoj soz, yozuv, tasviriy sanatda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda.
Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog`ozlarda, magnit tasmalarida, yani EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, suratlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir.
Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga oxshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni oqitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda.
Haqiqatdan oqituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina oz darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin.
Buning natijasida oquvchilarda fanga bolgan qiziqish ortadi, otilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va ozlashtirish jarayoni tez kechadi.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga moljallangan bolsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar boyicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi.
Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar boyicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin.
Exceldagi avtomatik toldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi.
Funksiya qiymatlarini malum qadam bilan hisoblash matematikaning juda kop bolimlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq korishlari mumkin.
Excel dagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qollash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik tog`ri tartibda kiritilishini taminlaydi. Bu esa oz navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda organishlariga juda katta yordam beradi.
Malumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni korgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.


Yüklə 54,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin