MICROSOFT WORD PROTSESSORI BILАN TАNISHISH
WORD for Windows, MICROSOFT WORD, WinWORD yoki oddiygina qilib WORD (kelgusida qisqaroq qilib WORD) yordamida engilgina tashrif qoozlaridan tortib, gazetalarning asl maketi yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin. Ushbu tizim poligrafiyada xaqiqiy inqilob bo’ldi desak, mubolaa bo’lmaydi. Harf o’lchamlari, ularning ko’rinishi, matn rangi va foni, hujjatlarni ramkalash, rasm va fotosuratlarni joylashtirish, matnlarni ro’yxat va jadval ko’rinishida rasmiylashtirish, murakkab hujjatlarni hosil qilish - bularning hammasi foydalanuvchiga yengillik yaratadi. Bundan tashqari, video va audioyozuvlar ishni yanada ko’rkamroq qilish, imlo xatolarini avtomatik ravishda tuzatish imkonini beradi.
Kompyuter uchun tuzilgan dasturlarda, odatda, darchalardan foydalaniladi. Darchalar majmui "panel" deb ataladi. Dastur menyusi esa ro’yxatda ko’rsatilgan buyruqlar ishini ta’minlaydi.
WORD dasturini quyidagicha ishga tushirish mumkin:
1). Microsoft Office panelida Microsoft WORD panelini ishga tushirish;
2). "PUSK" menyusidagi "PROGRАMMPI" menyusidan Microsoft WORD ni tanlash.
WORD dan chiqish amali Alt+F4 yoki "Fayl" menyusidagi "Vpixod" buyrug’i orqali amalga oshiriladi.
WORD ning oynasi (1-rasm) WINDOWS ning darchalariga o’xshash va uning tarkibiga matnlarni taxrirlash va formatlash uchun qo’llaniladigan barcha elementlar kiradi.
WORD oynasining asosiy elementlari quyidagilardan tashkil topadi:
- sarlavxalar paneli - yuqoridagi eng birinchi panel bo’lib, hujjat nomini saqlaydi. Shuningdek, ushbu panelda shuningdek hujjatning menyusi tugmachalari va oynalarni boshqarish tugmachalari joylashgan.
- menyu qatori - yuqoridan ikkinchi o’rinda turuvchi va har biri o’z menyusiga ega menyular ro’yxati. Bu menyularni WORD ning juda ko’p buyruqlari uchun ishlatish mumkin. Bu menyular "Sichqoncha"ning o’ng tugmasi orqali ishga tushiriladi.
1-rasm. WORD ning umumiy ko’rinishi.
Har bir menyu quyidagi vazifalar uchun mo’ljallangan:
"Fayl" menyusi - ochish, yaratish, saqlash, hujjatlarni chop etish va WORDdan chiqish;
"Pravka" menyusi - bekor qilish, yo’qotish, nusxalash, joylashtirish, matnni izlash va almashtirish, shuningdek, boshqa matnga o’tish;
"Vid" menyusi - hujjatni ko’rish rejimini tanlash buyruqlari, uskunalar paneli va hujjat matni masshtabi tasvirini sozlash;
"Vstavka" menyusi - turli ko’rinishdagi matnlar va grafik tasvirlarni hujjat matni ichiga joylashtirish;
"Format" menyusi - matnlar va grafiklarni formatlash (grafiklarning rangi va o’lchovini o’zgartirish);
"Servis" menyusi - hujjatlarni tekshirish va WORD dasturlarini sozlash;
"Tablitsa" menyusi - jadvallarni xosil qilish, to’rilash va formatlash;
"Okno" menyusi - ochiq hujjatlar (fayllar) oynasini tartibga keltirish va kerakli hujjatli oynani ishlatish;
"Spravka" menyusi - WORD dasturi bilan ishlashga doir ma’lumotlarni so’rashga xizmat qiladi;
Standart uskunalar paneli (odatda uchinchi qator, 2-rasm). WORDning juda zarur uskunalarini o’z ichiga oladi. Harqanday uskuna "Sichqoncha" ning chap tugmasi vositasida ishga tushiriladi;
2-rasm. Standart uskunalar paneli.
Formatlash uskunalar panelida (to’rtinchi qator, 3-rasm) uskunalar tugmalari joylashgan. Bu tugmalar yordamida shriftning o’lchovi, ko’rinishi, (oma, yarim to’q, tagiga chizilgan) va turini tanlash mumkin. Chop etilgan matnni tekislashni tanlash va shu kabi ko’pgina boshqa uskunalar joylashgan.
3-rasm. Formatlash uskunalar paneli.
Shu yerda panellar soni o’zgaruvchan ekanligini anglab olish muximdir.
Koordinata chizii (4-rasm) - uskunalar panelidan pastroqda joylashgan bo’lib, unda xat boshini ko’rish va o’rnatish parametrlari hamda hujjat maydonining kengligi tasvirlanadi;
4-rasm. Koordinata chizii.
Hujjatning ishchi varai - kursor bilan oq fazo (matn qaerda xosil bo’layotganini ko’rsatadi).
Xolatlar paneli - ekranning eng pastki satri (5-rasm) - kursor matnning qaerida turganligi xaqida axborotni beradi (qaysi betda, hujjatda qancha bet bor va xokazo).
5-rasm. Xolat panelining ko’rinishi.
Bundan tashqari muayyan bir menyuni chaqirganda, aynan shu menyu nima ish bajarishini ham ushbu panel ko’rsatib turadi. Ishchi o’rinda vertikal aylanuvchi yo’l (hujjatning o’ng tomoni) va gorizontal aylanuvchi yo’l (xolatlar qatori ustida) bor. Ular hujjatlar ustida xarakatlanishni amalga oshiradi. Har bir yo’lda kursor bo’lib gorizontal yo’lda yo’lda kursor bo’ylab, uning vazifasi gorizontal yo’lda o’ngdan chapga, vertkal yo’l bo’ylab esa pastdan yuqoriga yo’naltirlgan xarakatni taominlash kiradi shuningdek u hujjatning kaysi kismi bilan ishlayotganligini aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |