O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki yo’li bor: 1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish; 2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o’qish dasturlari tashkil etish. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. To’g’ri o’qish. Birinchi sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. Har bir so’z, bo’g’in va tovushni to’g’ri, eshitarli, talaffuz etilishiga erishish lozim.
2. Ongli o’qish. O’quvchi har bir gap, gapdagi so’z, so’zdagi bo’ginlarni o’qish jarayonida uning ma’nosini tushunib o’qishi kerak.
3. Tez va ravon o’qish. Sekin yoki juda tez o’qish emas, balki gapirganday, o’rtacha tezlik sur’atiga amal qilinib, ham to’g’ri, ham ongli, ham sidirig’asiga ravon o’qishni ta’minlash zarur. Agar o’quvchi, labi labiga tegmay, haddan yashqari tez yoki aksincha sekin, tutilib o’qisa ko’r - ko’rona, ma’nosiga tushunmay qolishi mumkin. O’rtacha tezlikda o’qishga o’quvchi harf tovushlarni o’rganayotgan vaqtdan boshlab asos yaratiladi. Biroq dastlabki o’rinda to’g’ri va ongli o’qish jarayonidagi o’rtacha tezlik darajasiga erishiladi.