Units (Birliklar) –uzunlikning kiritish va chiqarish o‘lchov birliklarini tanlash navbatdagi o‘lchov birliklarini taklif etadi: Decimal (detsimetrlik); Engineering (muhandislik); Architectural (arxitekturali); Fractional (fraktsionli); Scientific (ilmiy). Decimal (detsimetrlik) o‘lchov birligini tanlash tavsiya etiladi.
• Angle (Burchaklar) -Burchakni kiritish va chiqarish o‘lchov birliklarini tanlash navbatdagi o‘lchov birliklarini taklif etadi: Decimal Degrees (detsimetrli gradusli); Deg/Min/Sec (graduslar/minutlar/sekundlar); Grads (gradlarda); Radians (radianlarda); Surveyor (yorug‘lik tomonlariga nisbatan). Decimal Degrees (burchakli detsemetrli) o‘lchov birligini tanlash tavsiya etiladi.
• Angle Measure (Burchakni o‘lchash ) –burchakni o‘lchashni boshlash topshirig‘i burchakni noldan o‘lchashning navbatdagi yo‘nalishlarini taklif etadi: East (sharqiy); North (shimoliy); West (g‘arbiy); South (janubiy); Other (ixtiyoriy). East (sharqiy) yo‘nalishni tanlash tavsiya etiladi.
• Angle Direction (Burchakni o‘lchash yo‘nalishi) –burchak yo‘nalishining musbat yo‘nalishi tanlanganda, navbatdagi burchaklar yo‘nalishlarirni taklif etadi: Counter Clockwise(soat miliga teskari); Clockwise (soat mili bo‘yicha). Counter Clockwise (soat miliga teskari) yo‘nalishini tanlash tavsiya etiladi.
• Area (chegara) –chizmaning chegaralarini aniqlashga imkon beradi.
«Quick Setup» («Tez sozlash») varianti tanlanganda dastur faqat o‘lchov birliklari (Units)va chegara (Area)ni tanlashni tavsiya etadi. .
«Загрузка» dialog oynasidan chiqishda (1-rasmga qarang.) Yana o‘lchov birliklari : (metrik [mm], yoki inglizcha[futlar, dyumlar]) ni tanlash tavsiya etiladi.
1.2.3. AutoCAD-2004 dasturining ish stoli 3-rasmda AutoCAD-2004ning ish stoli tasvirlangan.
Ish stoliga quyidagilar kiritilgan:
• TUSHUVCHI MENYU QATORI –menyuning eng yuqori qatori;
• ASBOBLAR PANELI –yuqorida, ish stolining o‘ng va chap tomonida.
Keyingi ishlarda foydalaniladigan asosiy asboblar paneli: