37
N
m
V
bu erda m- har bir sinovda tekshiriluvchi tomonidan to`g`ri topilgan raqamlar soni, N
- sonlarning dasturdagi mikdori.
Ikkinchidan; - bu operativ xotirada materialning saqlanish muddati:
S
l
T
bu erda l - tajriba boshlanishdan tekshiriluvchining birinchi xatoga yo`l qo`yguncha
o`tgan tasma(lenta) uzunligi, S - tasmaning o`tish tezligi
(bu erda S q5 mm G` s.)
Uchinchidan: - bu operativ xotirada qayta esga tushurishning aniqligi (A).
Ne
P
Ne
A
bu erda P - tekshiriluvchining xatolari soni.
Tajriba boshlangunga qadar o`zi yozib oluvchi tasmaga 30 ta uch xonali (1-
bosqich uchun), 60 ta 2 xonali (2-bosqich uchun) va 30 ta 1 xonali (3-bosqich uchun
) sonlar yozib tayyorlab qo`yiladi.
1-bosqich – 1 sinovdan, ikkinchisi 2 ta va 3-bosqich 1 ta sinovdan iborat. V, T
va A ko`rsatkichlari solishtirilib, vazifaning murakkabligi operativ xotiraga qanday
ta`sir etishi haqida xulosa chiqariladi.
Xotirani tajriba yo`li bilan o`rganish qanday amaliy ahamiyatga ega?
Inson xotirasining tiplari sof holda juda kam uchraydi. Ko`p hollarda ular bir-
biri bilan qo`shilib ketgan bo`lib, ulardan biri boshqasiga nisbatan etakchilik qilish
mumkin.
Ana shu etakchi xotira tipini aniqlash uchun qatorning ushlab qolingan a`zolari
metodidan foydalaniladi. Bu metodning mohiyatiga ko`ra tekshiriluvchiga qator
so`zlar o`qib beriladi, so`zlardan esda qoldirilganlarini qayta esga tushirib aytib
berishi kerak. Xotirada qoldirilgan so`zlar soni (m) ni hisoblab, qayta esga tushirish
koeffitsientini (Kv) topish mumkin.
%
100
N
m
К
в
Etakchi xotira tipini aniqlash uchun qo`zg`atuvchi material turli usulda ko`rsatilishii
mumkin. (ko`rish, eshitish, yoki aralash). eksperimentator materialni ko`rsatishi,
o`qib berishi, yoki tekshiriluvchiga materialni o`qib berilayotganda pichirlab
takrorlab turishi, havoda qo`li bilan yozib turishiga ham ruxsat berilishi mumkin. Har
bir sinovdan so`ng tekshiriluvchi eslab qolgan so`zlarini tartibidan qat`iy nazar
varaqqa yozib chiqadi.
Tajriba natijalarini tahlil qilishda qayta esga tushirish koeffitsienti taqqoslanib,
xotiraning etakchi tipi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: