Baland-past, issiq-sovuq va hokazo. VAQTNI MOSLASHTIRA OLISH HAQIDAGI BILIMLARNI ANIQLASH BO‘LIMI BO‘YICHA TEST-SAVOLNOMA Testning maqsadi: Bolaning vaqtni moslashtira olishini bilish hamda hafta kunlari va sutkadagi vaqtlarni bilishini aniqlash: Ko‘chada qachon qorong‘i bo‘ladi?
Hozir ertalabmi yoki kunduzimi?
Yilning qaysi faslini yaxshi ko‘rasan va nima uchun?
Kecha haftaning qaysi kuni edi?
Qachon quyosh chiqadi?
Yilning qaysi oylari (kuzgi, qishki, bahorgi, yozgi) senga yoqadi? Nima uchun?
Bir daqiqa ko‘pmi yoki kammi? Nima uchun?
Bir yil ko‘pmi yoki kammi? Nima uchun?
Bir daqiqa ichida o‘rin yig‘ishtirish, pol yuvish mumkinmi?
Bir soat ko‘pmi yoki kammi? Nima uchun?
Bir soat ichida ko‘ylakni yuvish mumkinmi? Uy qurishchi?
Kun uzunmi yoki oymi?
Haftada necha kun bor?
Izoh: Agar bola elementar matematik tasavvurlarini rivojlanish darajasini aniqlash testlari bo‘yicha birorta ham savol- ga javob berolmasa yoki faqat 1—2 ta savolga javob bersa, un- da bu bolaning tafakkur darajasini aniqlash maqsadida «Nima uchun?» testidan o‘tkazish kerak. Agar bola mana shu testning 3 ta savoliga ijobiy javob bersa, bu uning tahlil qila olishi va mustaqil xulosalar chiqarishidan dalolat beradi.
«NIMA UCHUN?» TESTI. TABIAT HAQIDAGI TASAVVURLARNING SHAKLLANISHI BO‘LIMI Testning maqsadi: Bolalaning mantiqiy tafakkuri, tahlil qilish va taqqoslash hamda xulosa chiqarishni bilish darajasi- ni aniqlash. Nima uchun qor qo‘lga olganda erib ketadi?
Nima uchun hayvonlar va o‘simliklar jonli tabiatga kiradi?
Nima uchun tosh, qum, suv jonsiz tabiatga kiradi?
Nima uchun fil ovqatni og‘zi bilan olmaydi?
Nima uchun bahor kelishi bilan hamma narsa uyg‘onadi va jonlanadi?
Nima uchun qishda daraxtlarda barg bo‘lmaydi?
Nima uchun sigir, it, qo‘y uy hayvonlari hisoblanadi?
Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlardan qaysi birlariga yashash qiyinroq va nima uchun?
Nima uchun hayvonlarga mo‘yna kerak?
Qalam bilan ruchka nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi?