8-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojlanish qonuniyatlari. Reja: 1.Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha.
2.Bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar.
3.Psixik taraqqiyot qonuniyatlari. Yaqin va uzoq taraqqiyot zonasi.
4.Psixik taraqqiyot va ta’lim.Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari, inqiroz davrlari.
Tayanch tushunchalar:Go’daklik davrida psixik rivojlanish. Jonlanish kompleksi. Ilk yoshdagi bola nerv sistemasining rivojlanishi, senzitiv davr. Ilk yoshda miyaning rivojlanishi. Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi. Ilk yoshda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayolning rivojlanishi. Nutqni egallashi va tushunishining senzitiv davri. Vaziyatli nutq. O’yin va ta’limiy faoliyat davomida muloqot doirasining kengayishi.Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida ma’lum notekislik mavjuddir. Bu notekislik, birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan muhit bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bolalarning individual imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, ayrim bolalar psixik taraqqiyot uchun ko‘p pog‘onali oilada o‘sib rivojlansalar, boshqa bir bolalar faqat ishlaydigan ota-onasidan tashqari hech kimi yo‘q oilada o‘sib rivojlanadilar. Biz bilamizki, bolaning psixik jihatdan rivojlanishida uning katta odamlar bilan qiladigan faol munosabatlari juda katta o‘rin egallaydi. Bola katta odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘zining son-sanoqsiz savollariga javob oladi. Binobarin, u yangi-yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik jihatdan rivojlana- di. Yuqoridagi birinchi holatda, ya’ni bola ko‘p kishilik (buvilik va buvalik) oilada o‘sib rivojlanganda tez-tez katta odamlar bilan faol munosabatga kirishib, ulardan ko‘p narsalarni bilib oladi. Ikkinchi holatda esa, o‘z holicha qolib ketib, psixik jihatdan yaxshi rivojlana olmaydi. Bu bolalarning notekis rivojlanishida- gi tashqi sabablardir. Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni layoqatlar bilan tug‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan rivojlanishlariga ta’sir qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyatlar har xil bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, ya’ni turli sohalarga nisbatan bo‘lgan tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir xil bo‘lmaydi. Masalan, bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib tug‘ilsa, boshqa bir bola musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘iladi. Kimning qaysi sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘ilishi genetika fanining muhim muammolaridandir. O‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalarning psixik taraqqiyotlari nisbatan sekinlik bilan yuzaga kelsa, ya’ni uzoq muddat davomida jiddiy o‘zgarishlar sezilmasa, ayrim davrlarda bolalarning psixik taraqqiyotlari qandaydir sakrash yo‘li bilan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik taraqqiyotlaridagi ana shunday sakrash yo‘li bilan amalga oshiriladigan jadal davrni taraqqiyotning krizis (inqiroz) davri deb ataladi. Psixik taraqqiyotning ana shunday inqiroz davrlari bir xil sharoitda yashaydigan hamma bolalarda aniq bir yosh davrida maydonga keladi. Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida paydo bo‘ladigan inqiroz davrlari hamma bolalarni ma’lum yosh davrlariga ajratish imkoniyatini beradi. Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan: 1.Podsholik davri - 5 yoshgacha. 2.Qullik davri - (6-12 yoshgacha). 3.O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan. Podsholik davrida bolaning yoshligi, uning aytganini kattalar tomonidan bajarilishi, bolaning «shirin» qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o‘ziga rom qilishi e’tiborga olinadi. 6-12 yoshgacha bo‘lgan davrda bolani xulq-atvorga o‘rgatish, kishilar bilan o‘zaro munosabatlarda qoida-qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga o‘rgatish, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh berish, kattalarning mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan. Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish, ularni hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosabatlarda samimiy bo‘lish lozimligi nazarda tutiladi.Shveysariyalik psixolog J. Piaje bolaning aql-idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlariga qarab: sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha);
operatsiyalardan ilgarigi tafak- kur davri (2-7 yoshgacha)
aniq operatsiyalar davri (7-12 yoshgacha);
rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi.
j.Piaje (1896—1980-yy.) Fransuz olimi, psixolog A. Valon bolaning jismoniy rivojlanishiga qarab (homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri - 0-6 oygacha, his-tuyg‘u davri - 6 oydan 1 yoshgacha; sensomotor davri - 1-3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri - 3-5 yoshgacha; farqlash davri - 6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan. Bola tug‘ilgandan to maktabga borguncha bo‘lgan vaqt mobaynida o‘z boshidan uch xil o‘zgaruvchan sharoitni kechiradi. Bir yoshli davr, uch yoshli davr va yetti yoshli davr sharoiti bir-biridan keskin farq qiladi. L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga taya- nadi va bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi: Chaqaloqlik davri - 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi.
Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, 1 yoshdagi inqiroz.
Ilk bolalik davri - 1-3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz.
Maktabgacha davr - 3-7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz.
Maktab yoshi davri - 8-12 yoshgacha, 13 yoshdagi inqiroz.
Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14-18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz.