1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-Maruza (2)

Kommunikativ motivtengdoshlarining munosabati, fikri. O‘quvchilar 
tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘la olmaydilar. 
Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi, 
zero, bunday yondashuv ham o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni 
susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo‘lgan: 
o‘quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham 
ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas. 
1. kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z 
sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga 
yordam ko‘rsatishga o‘rgatishdan iborat; 
2. o‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo‘yilib, unda 
o‘quvchilarning barcha baho ko‘rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi 


a’lochilarda kibrlanish, past o‘zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. 
Bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni to‘g‘ri qabul qilishga 
o‘rgatib borish zarur. 
3. o‘z-o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o‘quvchi o‘z faolitini 
tahlil etadi. YAkunlangan haftada o‘zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi bo‘lib 
qolaversa ham o‘quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o‘quvchi 
yakunlangan haftada samarali ishlasa, g‘olib chiqqan hisoblanadi. O‘z-o‘zi bilan 
musobaqada barcha o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past o‘zlashtiruvchi 
o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o‘quvchi esa bitta a’lo bahoni 
kam olgan bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o‘zlashtirish uchun emas, balki 
o‘zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi. 
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari. 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma 
vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. SHu bois u turli adabiyotlarda turlicha 
yoritilgan. 
Biroq 
mavjud 
harashlarni 
umumlashtirib 
aytish 
mumkinki, 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning 
maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab 
chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga 
alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga 
o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda 
mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida 
aniqlashtiramiz: og‘zaki javob berish jarayonida «4» baho qo‘yiladi, quyidagi 
holatlar namoyon bo‘lsa: 
1. o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri javoblar berilsa; 
2. material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; 
3. o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega 
bo‘lmagan xatolar yo‘l qo‘yilsa yoki to‘liq bo‘lmagan javob aytilsa. 
Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon 
bo‘lsa: 


1. masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo‘lmasa; 
2. topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan bir-ikki 
xatoga yo‘l qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa. 
Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar 
namoyon bo‘lsa: 
1. ishni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chihara olmasa; 
2. ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan xatolarga 
yo‘l qo‘yilsa. 
Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiharish mumkin: 
o‘quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda 
qo‘yiladi: 
1. «5» baho: a) o‘quvchi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) 
o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) 
egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, 
o‘zma ishlarda xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa 
qo‘yiladi. 
2. «4» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) 
o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni 
amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, 
o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma 
ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa; 
3. «3» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil 
tushuntirish berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) 
savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) 
yozma ishda xatolari bor bo‘lsa. 
4. «2» baho: o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq 
mavzuni o‘zlashtirmagan, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa. 
O‘quv protsessida tinglovchilarni mustaqil ruhda tarbiyalash asosan ijtimoiy-
siyosiy fanlar tsikli zimmasiga, ularni tarbiyaviy ishga tayyorlash esa psixologik-
pedagogik fanlar va xususiy metodlar zimmasiga yuklatiladi. O‘qituvchining 


yoshlarning ma’naviy murabbiysi roli ortib borishi bilan uning o‘ziga g‘oyaviy 
e’tiqodi va uni tarbiyachisi sifatida tayyorlash xarakteriga yuksak talablar qo‘yiladi. 
SHuning 
uchun 
o‘qituvchi – tarbiyachining tayyorgarligiga yuqorida 
ko‘rsatilganidek yondashish yetarli emas, chunki bo‘lajak o‘qituvchilarda tarbiyaviy 
funktsiyalarni tarkib toptirishda tabiiy – matematik ixtisosni beruvchi fanlarning 
tarbiyaviy imkoniyatlarni hisobga olinmagan. 
Vaholanki, mutaxassisligiga doir bilim beruvchi mashg‘ulotlarda bo‘lajak 
o‘qituvchi bir tomondan, o‘zining kelgusi faoliyati uchun zarur bo‘lgan ilmiy 
bilimlar majmuini egallab oladi, ikkinchi tomondan, ana shu konkret bilimlar 
asosida ularda shaxsiy sifatlar: duneharash, ma’naviy qiyofa shakllanadi. 
«….Hozir har bir o‘qituvchi har qachongidan ham ko‘proq darajada, tarbiyachi 
bo‘lishi kerak» degan so‘zlar hozirgi sharoitda ayniqsa actual jaranglaydi. 
Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogi-psixologik oliy o‘quv yurtida tabiat va bilish 
nazariyasiga, jamiyatga ta’lluqli ikkita parallel va o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan juda 
ko‘p bilimlarni egallab va ularni o‘zining amaliy faoliyatida qo‘llab, o‘quvchilarda 
voqelikka dialektik – materialistik yondashish hamda tabiat va jamiyat hodisalarini 
ular nuqtai nazaridan analiz qilish malakalarini tarkib toptirishi kerak. 
O‘quv programmalarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan yanada keng 
foydalanish maqsadida ijtimoiy fanlarni kasbiga doir bilim beruvchi kurslar bilan 
bog‘lanish zarur. Bu faqat yuqori kurs tinglovchilarida emas, balki kurs 
tinglovchilarida ham ijtimoiy fanlarning qonuniyatlarini o‘z ixtisosligida ixtisoslik 
beruvchi fan problemalarida ijodiy qo‘llash ko‘nikmalari hosil qiladi, ularni 
chuquroq o‘rganish shtiyoqini oshiradi. Bunday aloqani amalga oshirish bo‘lajak 
o‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishiga tayyorlashda ham foydali, chunki 
ma’lum bir fan doirasida tinglovchilarga o‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llashdek 
murakkab prolemaning hamma tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan, 
tabiiy-ilmiy tsikldagi fanlarni o‘qitishda ishlab chiharishning ilmiy, ilmiy-texnik 
asoslarini, turli kasblarning mazmuni va ishlash sharoitlarini yaqqol yoritish 
mumkin bo‘lsa, ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini ochib berish zarur. Ijtimoiy 
fanlarning kasbiga doir bilim beruvchi fanlar bilan aloqasini amalda ro‘yobga 


chiqarish tegishli kafedra o‘qituvchilarining birgalikdagi ishlarini rejalashtirishni 
nazarda tutadi. Buning uchun esa tegishli tayyorgarlik zarur, ya’ni ijtimoiy kafedra 
o‘qituvilari kasbiga doir bilim beruvchi fanlar haqida ma’lum tasavvurga ega 
bo‘lishi, aksincha, bu fanlar o‘qituvchilari o‘rganilayotgan hodisalarga dialektik 
yondashish ko‘nikma va malakalarini egallashi, bu malakalarni bo‘lajak 
o‘qituvchilarga singdira bilishi kerak. 
Bo‘lajak o‘qituvchining yuksak darajadagi siyosiy ongliligi, uning kelgusida 
o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishi samaradorligini belgilab beradi. O‘quv 
rejasiga muvofiq pedagogi-psixologik Binobarin, qo‘yi kurs tinglovchilari yetarli 
darajadagi maxsus bilimlar zapasiga ega bo‘lmagan va ixtisosligi bo‘yicha yetarli 
nazariy tayyorgarlik ko‘rmagan holda shu fanni o‘rganishga kirishadilar. Vaholanki, 
dialektik materializm o‘quv programmasining mazmuni ularning tayyorgarligi 
ko‘rgan bo‘lishini taqazo qiladi. Masalan inkorni inkor qonunni o‘rganishda 
bo‘lajak matematika o‘qituvchilariga evklid va noevklid geometriya mohiyatini 
tushunishda dialektrik materializmning metodologik vazifasini ko‘rsatib berish 
muhimdir. Tinglovchilarning o‘z ixtisosligi bo‘yicha bilim beruvchi fanlardan 
tegishli misollarni o‘rganishdan oldin ularga inkorni inkor qonunni mazmunini 
qanday qilib ochib berish mumkin. Ko‘pchilik o‘qituvchilar bu qonunni tahlil 
qilishda evklid geometriya fani rivojlanishining yangi mazmun bilan boyitadi va 
chuqurlashtiradi, bo‘lajak matematik o‘qituvchilarni juda murakkab, ba’zan xato 
harama-harshi fakt, xodisalarni ilmiy tahlil qilish va ularga dialektik yondoshish 
metodlari bilan qurollantiradi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin