10-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja



Yüklə 141,27 Kb.
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü141,27 Kb.
#179014
1   2   3   4   5   6   7
10-MAVZU

Abu Rayhon Beruniy
xloqning paydo bo’lishi masalasini moddiyunchilik-dahriylik yo’nalishi bo’yicha talqin etishda asosan ingliz tabiatshunosi Charlz Darvin(1809-1882)ning evolyusion nazariyasiga tayanishdiki, unga muvofiq odam hayvonot olamidan uzoq tadrijiy taraqqiyot natijasi o’laroq paydo bo’ladi. Shuning uchun ham ana shu jaryonning mahsulidir. Darvinning ushbu ta’limoti keyinchalik tabiatshunoslar, faylasuflar tomonidan rivojlantiriladi. Ana shundaylardan biri rus anarxisti, faylasufi P. A. Kropatkin (1842-1921)dir. U o’zining “Adolat va axloqiylik” nomli asarida o’zaro yordam,(vzaimopomosh) haqqoniylik (spravedlivost) kabi axloqiy instiktiv hissiyotlar hayvonot dunyosiga xos bo’lib, ular keyinchalik kishilik jamiyati taraqqiyoti jarayonida tom ma’nodagi axloqiylik tamoyillari sifatida shakllanadi degan darvincha qarashni bayon etadi.1
Hozirgi zamon ilm –fani kashfiyotlari moddiyuncha dahriylik g’oyasining asossizligi va olamni Yaratuvchi ibtido Kuch-Xudoning mavjudligini isbotlab berishga xizmat qilmoqda. Bu o’rinda aniq fanlar sohasida inqilob qilgan Albert Eynshteyn (1882-1944)ning quyidagi e’tirofini esga olish xarakterlidir: “ Men o’zimning nisbiylik nazariyamni kashf qilganimdan so’ngina Yaratuvchi kuch- Xudoning mavjudligiga ishonaboshladim”2
XX asrning 60-70 yillarida tabiatshunos olimlar – G. Xaken, I. Prigojin, I. Stengerslar tomonidan ilgari surilgan va olamning tuzilishi, paydo bo’lishi haqidagi mavjud tasavvurlarni o’zgartirib sinergetika ta’limoti “ yo’qdan bor bo’lmaydi va bordan yo’q bo’lmaydi” degan moddiyuncha –dahriylik g’oyasining puch ekanligini ko’rsatib beradi.
Talaba rejaning ikkinchi savoli bevosita birinchi savolning manqiy davomi ekanligini yaxshi anglab olmog’i zarur. Chunki axloqiy tafakkurning barcha bosqichlarida axloqning mohiyati, uning amal qilishi masalasi asosiy tadqiqot doirasi, bahs mavzui bo’lib kelgan.
2. Axloqiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
Ilk axloqiy qarashlar bundan uch yarim ming yillar ilgari yuzaga kelgan bo’lib, to bugungi kunga qadar uning nazariy – falsafiy ta’limot sifatida shakllanishi quyidagi davr bosqichlarida kechadi:

  1. Qadimgi davr axloqiy tafakkuri;

  2. O’rta asrlar, uyg’onish davri axloqiy ta’limotlari taraqqiyoti

  3. Yangi davr (XVII-XVIIIasrlar) axloqiy ta’limotlari.

  4. Hozirgi davr (XIX-XX asrlar axloqiy fikr taraqqiyoti.

Dastlabki axloqiy qarashlar nazariy –falsafiy yo’nalishda qadimgi Sharq – Shumer, Bobil, Misrda shakllana boshlagan. Bundan ushbu mintaqalardan topilgan mix xatlar bilan giltaxtalarda yozib qoldirilgan matallar, maqollar shaklidagi yodgorliklar guvohlik beradi.
Shumerliklar o’zlarinning ezgulik, haqiqat tamoyillari bo’lmish ma’budalariga atab qo’shiqlar madh etilgan va ular keyinchalik alqov-gimnlarga aylangan. Va ular xalqni hamjihatlikda yashashga, ezgulikka yo’naltiruvchi axloqiy norma , qoidalar vazifasini o’tgan.
Qadimgi Misr va Bobilda axloqqa doir qarashlar epos, xalq dostonlari, pandnomalarda bayon etilganki, ularning ayrimlari bizgacha yetib kelgan.Xususan,“Pxotatep o’gitlari” , “Xo’jayinning o’z quli bilan hayotning mazmuni haqida suhbati”, “Gilgamish” eposi,” Arfisi qo’shig’i” kabi bitiklarda “baxt”, “burch”, “adoloat”, “hayotning mazmuni” kabi axloqiy mezoniy tushunchalar tavsiflanadi, axloqiy me’yorlar xususida fikr yuritiladi.
Talaba mazkur savolni o’rganishda mintaqamizdagi dastlabki axloqiy qarashlar barcha dunyoviy fanlar uchun yakka xudolik g’oyasi asosi bo’lib xizmat qilgan diniy falsafiy ta’limot xususida batafsilroq to’xtalmog’i lozim.
Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur zardushtiylik dini negizida shakllangan bo’lib, uning asosiy g’oyasi “Avesto” da o’z ifodasini topgan. Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi azaliy kurash mazkur g’oyaning asosini tashkil etadi. Bunda Axuramazda ezgulik, Axriman yovuzlik kuchlarining timsoli sifatida ko’rsatiladi va ezgulik xudosi madh etiladi. Chunki faqat ugina kishilarga baxt-saodatga erishtiradi, kamolat sari yetaklaydi.
Shunga ko’ra “Avesto” da ilgari surilgan, “ezgu so’z, ezgu fikr va ezgu amal” g’oyasi mohiyatan axloqiy qoida, tamoyillarki, bular har bir kishini ana shu g’oya asosida yashashga yo’naltiradi.
Bu o’rinda “Avesto” dan quyidagi istibohni keltirib o’tamiz: “Yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtojlik va xavf—xatar ostida qolganda ko’maklashish, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashiga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o’z maslakdosh birodarlari bilan do’stlik va hamjihatlikda yashashga intilish ezgu amaldir.
Inson o’z fikr–xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, chunki bunday hasadda u kishi yaxshi niyatini yo’qotadi, burch va adolatni unutadi va nojo’ya harakat qiladi.
“Avesto”da insonning axloqsizligini yovuzlik, yomonlikka qo’l urushi uchun ham oldindan jazo bo’lishi va u dunyoda bunday kishilarga beriladigan jazo haqida fikr yuritiladi. Unda keltirilishicha, odamzot hayotining ikkinchi davri Zardushtning diniy islohotlari bilan bog’liq faoliyati bo’lib, u din va imon uchun beomon kurashlar bilan xarakterlanadi, 3000 yillik kurashlardan so’ng Zardushtning farzandi boshchiligida dunyoda osoyishtalik va farovonlik davri yuzaga keladi. Ahriman yengiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim boshlanadi va o’liklar tirilib, Xudo huzuriga o’z qilmishlari haqida hisob bergani borishadi. Hamma ishlardan voqif bo’lgan Xudoning oldiga yuboriladi va hisob-kitob qilinadi. Ezgu amal bilan mashg’ul bo’lganlar jannatga kiritiladi, yovuz ishlar bilan shug’ullanganlar jahannam azobiga mahkum bo’ladilar.
Shuni ta’kidlash kerakki, yakka xudolik, oxirzamon, jannat va do’zax haqidagi g’oya birinchi bo’lib zardushtiylik tomonidan ilgari surilgan bo’lib, bu keyinchalik barcha dunyoviy dinlarning asosiy g’oyasiga aylanadi.
Qadimgi davr axloqiy tafakkuri Hindiston, Xitoy va Yunonistonda yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tariladi. Vedachilik, yo’ga, jaynchilik, buddachilik, lokayata deb ataladigan diniy-falsafiy oqimlar qadimgi Hindiston axloqshunosligining shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Bular orasida vedachilik yetakchi oqim hisoblanadi. “Vedalar” diniy-falsafiy mazmunga ega bo’lgan muqaddas bitiklar bo’lib, ularda qadimgi davrda yashagan ma’naviy hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, axloqiy qarashlari haqida muhim ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan.
Vedachilik ta’limotiga ko’ra, jamiyat to’rt tabaqaga-brahmanlar (qohinlar), kshtariylar (harbiylar), va ishchilar (dehqonlar, kosiblar), shchudriylar (qullar). Va har bir tabaqa muayan darajadagi tug’ma axloqqa egadirlar. Ular ichida qohinlar yuksak axloqqa ega bo’lib, axloqan qullar tuban odamlar hisoblanadi.
Yoga, jaynchilik va baddohchilik oqimlari vedachilikdan farqli ravishda axloqiy fazilatlar tug’ma bo’lmasdan, ular har bir shaxsning o’z-o’zini tarbiyalash, kamol toptirish natijasida shakllanadi deb tushuntiradilar.
Qayd etilgan oqimlar orasida buddahchilik yetakchi falsafiy-axloqiy-ta’limot bo’lib, u to hozirgi paytgacha ham Hindiston, Xitoy, Yaponiya ijtimoiy-siyosiy hayotida yetakchi mavqyeini egallab kelmoqda. Buddahchilikning asoschisi Siddxariyxa Gautama laqabi Budda-sanskritcha buddaha-nurlangan miloddan avv. 567-488 y). dirki, u o’z ta’minotini vedalar matnlari asosida yaratadi. Uning ta’limotining negizini quyidagi “to’rt oliy haqiqat” tashkil etadi.

  1. Bu dunyodagi hayot azob-uqubatlardan iborat.

  2. Bu azob-uqubatlarning sabablari bor.

  3. Bu sabablarni anglab olish va xalos bo’lish mumkin.

  4. Azob-uqubatlardan xalos bo’lish, ularni bartaraf etish yo’llari bor va ularni bilib olish mumkin. Va bunda axloqiy me’yor va tamoyillarga qat’iy rioya qilishni ana shunday yo’llaridan biri deb ko’rsatiladi. Bular: har bir kishi yomonlik qilishdan, yolg’on gapirishdan, o’g’rilik qilishdan, his-tuyg’ularga ortiqcha berilishdan, saqlanish, mast qiluvchi ichkiliklardan o’zini tiyish, turmush o’rtog’iga xiyonat qilmaslik, zebu ziynatga berilmaslik.

Xitoydagi axloqiy tafakkur daochilik va konfusiylik ta’limotlari negizida shakllanadi. Daochilikning asoschisi Lao-Szi (miloddan avval. VI-V asrlar) bo’lib, uning falsafiy-axloqiy qarashlari “Dao de szin” nomli asarida bayon etilgan. Uning fikricha, borliqda “dao” deb ataladigan, uning uyg’unligini ta’minlab turadigan obyektiv qonuniyat amal qiladi. Inson ham ana shu qonuniyatga bo’ysindai. U ana, shu qonuniyat tamoyillariga amal qilgan paytda axloqiy komillikka yo’l tutadi, undagi barcha salbiy xislatlar, axloqsizliklar daocha nisbatan xilof xatti-harakatlarning natijasidir. Lao-Szi hamma joyda mavjud, hamma narsani boshqaradigan, hamma hatti-harakatlarga mayoq bo’ladigan «dao» (yo’l, yo’l-yo’riqlar, tartib, qonun) bor deb biladi.Dao- «sirli ezgu amal»- dir. U- tabiat va jamiyatning oliy qonuni. Hukmdorlar daoni bilishni, uning talablarini bajarishi kerak. Kishilardaoga itoat etib, o’z burchlarini bajaradi,ezgu amallarga intiladi. Daoni bilmagan, uni inkor etgan hukmdor nafsning quliga aylanadi. Natijada fuqarolar o’rtasida ahillik yo’qoladi. Ko’rinib turibdiki, dao, Lao-szi nazarida, tabiat va jamiyatga taalluqli umumiy qonun bo’lib, kishilar ushbu qonunga amal qilsa, baxtiyor yashaydi, xalq o’rtasida norozilik bo’lmaydi.
Konfusiylik axloqiy-siyosiy ta’limot bo’lib, uning asoschisi Kun-szi (Konfusiy – miloddan avval. 551-479) dir. Uning axloqiy qarashlari «Shiszin»(«Qo’shiqlar kitobi»), «Suhbatlar va mulohazalar» («Lun yuy») kitobida aforizm, hikmatlar shaklida bayon etilgan.


«Agar xalq faqat qonunlar vositasida boshqarilib, jazolar yordamida tartib saqlanadigan bo’lsa, deydi mutafakkir, xalq jazodan qochadigan bo’ladi, axloq-odobni pisand qilmay qo’yadi. Mabodo xalq ezgu amallar bilan boshqarilib urf-odatlar orqali tartib saqlanadigan bo’lsa, odamlar uyatni biladi, odob doirasidan chetga chiqmaydi» (Mudresы Podnebesnoy. Simferopol 1998, s.58)

Konfusiy ta’limotining markazida davlat va jamiyatni urf-odatlar, «zarur xulq- atvor» olrqali boshqarish turadi.. Demak, Konfusiy qonun va jazo choralaridan axloqiy xulq-atvorni ustun qo’yadi, jamiyatda shakllangan urf-odatlar, an’analar, axloqiy qoidalarga amal qilish- boshqarishning asosidir. To’g’ri, Konfusiy huquqiy xulq atvorni alohida kategoriya sifatida talqin qilmaydi, uning fikricha, xulq- atvor axloqiy tushuncha, ezgu amal, xolos. Biroq bu ezgu amal ijtimoiy- siyosiy hayot, davlat va jamiyatni boshqarish tizimiga chambarchas bog’langan. Mutafakkir xulq-atvor bilan boshqarishni davlat va jamiyatni boshqarishning bosh a’moli darajasiga ko’taradi.Uning xulq atvorni «O’zaro kelishuv» - muroqaba bilan bog’laganini esa hozirgi tolerantlik (bag’rikenglik) nazariyasining ibtidosi deyish mumkin.


Darhaqiqat, xulq-atvor va ezgu amal o’zaro bog’liqdir. Shuning uchun Konfusiy ularni sinonim tushunchalar sifatida ishlatadi. «Ezgu amallar bilan boshqaruvchi Sharq yulduziga o’xshaydi, u boshqa yulduzchalar qurshovida bo’ladi»,- deydi Konfusiy. Ulkan «yulduz» insonparvar bo’ladi, u ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlarni nizolarni oson bartaraf etadi. Insonparvarlik esa yomon xulq-atvordan, zo’ravonlikdan xoli bo’lib, urf-odatlarga zid hatti-harakatlardan o’zini tiyadi. Shuning uchun mutafakkir, «nima xalq-atvorga zid bo’lsa, unga qarab bo’lmaydi, uni tinglab bo’lmaydi, ado etib bo’lmaydi», deb hisoblaydi.
Uning fikricha, inson taqdirini “osmon” qonuni belgilaydi, odamlarning tabaqaga bo’linishi, qismatini o’zgartirib bo’lmaydi. Shu bois kichik kattaga, xizmatchi xo’jayinga bo’ysinmog’i, itoat qilmog’i kerak. Uning uqdirishicha, “jen”, “li” deb ataladigan samoviy axloqiy-insonparvarlik qonuniyatlari mavjudki, kishilar ularga so’zsiz rioya qilishi zarur. «Li» tushunchasi tartib, bo’ysunilishi zarur bo’lgan qoida, dngan ma’noni anglatadi. Tarib bo’lmasa, jamiyat barqaror rivojlanmaydi. Kishilar ushbu qoidalarga bo’ysungan, rioya qilganlarida aloqiy fazilatlarga ega bo’ladi.
Ushbu qonuniyat jamiyatda quyidagi tamoyil bo’yicha amal qilinishi kerak: Imperator-Osmon o’g’li, u osmon ostidagilarning barchasiga ota. Demak, podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o’g’il-o’g’il bo’lishi darkor.
Kishilar ushbu qonuniyatlarni o’rganib, o’zlashtirib olishlari uchun o’zining jamiyatdagi o’rni, mavqyei darajasini va o’z burchlarini yaxshi bilishlari zarur
Talaba axloqshunoslikning alohida ilm sohasi tarzida shakllanishi qadimgi Yunonistonda nihoyasiga yetganligini yaxshi anglab olmog’i lozim
Qadimgi davr axloqiy tafakkuri tizimlashgan ilmiy-falsafiy bilim sohasi sifatida Yunonistonda shakllanadi.
Bunga Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit kabi mutafakkirlar katta hissa qo’shadilar.
Demokrit (eram.avval.460-370)ning axloqiy qarashlari asosida aql insonning ma’naviyati, axloqning negizini tashkil etadi va uning takomili bilan kishi baxtga erishishi mumkin, degan g’oya yotadi. Uningcha donolik (aqllilik) axloqiy fazilatlarni, xususan, yaxshi fikrlash, yaxshi xulq-atvorni hosil qiladi.
Suqrot (eram.aaval. 469-399) axloqining negizining donishmandlik tashkil etadi va u o’zgarmas va mutlaq tabiatiga egadir. Donishmandlik esa o’z-o’zini anglashdan boshlanadideb tushuntiradi. Uning «Kuch bilimda», «O’z-o’zini bil» kabi fikrlari hozirgacha ham “Li” fikrlari o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Suqrot ham Konfusiy kabi tartibli umumiy qonun qoidalarni axloqning asosi deb hisoblaydi. Uningcha “nimaiki qonuni bo’lsa, o’sha adolatlidir”. Bu o’z davrida Afinadagi mavjud tuzum qonun, qoidalarini qattiq tanqid ostiga olgan va shunga ko’ra unga siyosiy ayb qo’yib o’limga hukm etiladi. Uning shogirdlari Suqrotni o’limdan qutqarib qolish yo’lini taklif qilganda, bu unga rozi bo’lmaydi va sud hukmiga bo’ysunishni aytadi.
Suqrot falsafaning markazida axloq masalalari turadi va bu masalalarning qanday tarzda hal qilinishi jamiyat hayoti ravnaqini belgilaydi deb hisoblaydi.
Aflotun (eramizdan avvalgi 347) ning axloqiy qarashlarining falsafiy asosini g’oyalar va jon (ruh) to’g’risidagi ta’limot tashkil etadi. Uning fikricha, bu olamdagi barcha narsa hodisalar, g’oyalar dunyosining soyasidir. Demak, axloq ilohiy asosga ega. Aflotun davlatni boshqarish, siyosatni amalga oshirishda axloqning tutgan rolini o’zining ana shu qarashlaridan kelib chiqgan holda tushuntiradi. Uning bu haqidagi qarashlari “Davlat”, “Siyosat” kabi asarlarida bayon etilgan .
Arastu (eramizdan avvalgi 384-322) birinchilardan bo’lib axloqshunoslikni mustaqil fan sifatida falsafadan ajratib, uning predmeti, vazifalarini belgilab bergan mutafakkirdir. U mazkur ilm sohasini amaliy falsafa deb ta’riflaydi hamda uni “etika” deb nomlaydi.
Arastu ixtiyor erkinligini axloq tizilmasining asosi tarkibiy qismi deb ko’rsatadi. Shuningdek Aflotundan farqli ravishda axloqni ruhning tug’ma xusisiyati emas, balki tafakkur bilan bevosita ixtiyor erkinligi natijasida hosil qilinadigan fazilat talqin qiladi. Arastu inson o’z ma’naviy barkamolligiga o’zida ana shunday fazilatni shakllantirish bilan erishadi, deb hisoblaydi. U bu haqida shunday deb yozadi:


Yüklə 141,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin