2. Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish Barcha korxona va tashkilotlar pul mablag’larini o’zlari tanlagan banklaridagi tegishli hisobvaraqlarida shartnoma asosida saqlaydilar, ya‟ni bankka topshirilgan naqd pul bank kassasiga kirim qilinadi, topshirilgan pul summasi korxona hisobvarag’iga yoziladi. Tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi aholidan naqd pulning qabul qilinishi majburiy ravishda nazorat kassa apparatlarini qo’llash orqali amalga oshiriladi. Naqd pullarning to’liq va o’z vaqtida topshirilishi bankning pul muomalasi bo’limi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Naqd pulni operatsiya kuni mobaynida qabul qilish uchun bank muassasalarida kirim kassalari tashkil etiladi. Kassaning kirim operatsiyalari deb korxona va tashkilotlardan tushadigan naqd pul tushumini turli naqd pul ko’rinishdagi badallar, fuqarolarning naqd pul omonatlari, ish haqiga olingan pul mablag’larining tarqatilmay qolgan qismi kabi to’lovlarni naqd pul ko’rinishida bank kassa xodimi tomonidan qabul qilinishiga aytiladi. Bank tomonidan naqd pul quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi: a) Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholidan 0402001 shakldagi badalnomalar bo’yicha kvitansiyalar berish bilan.
Fuqarolar omonatga pul qo’yganlarida omonat daftarchasiga shu to’g’rida yozib qo’yiladi, daftarcha ko’rsatilmagan taqdirda pul qo’yuvchiga 0402004 shakldagi kvitansiya beriladi. b) Transport korxonalari va tashkilotlaridan 0402003 shakldagi naqd pul badalnomalari bo’yicha 0402003 shakldagi kvitansiya berish bilan; v) Xayriya fondlariga o’tkaziluvchi naqd pulli badallar 0402001 shakldagi badalnomalar bo’yicha 0402004 shakldagi kvitansiyalar berish bilan 0402001 shakldagi badalnomalar mas‟ul ijrochining imzosidan tashqari nazoratchining imzosi bo’lishi kerak. Mazkur operatsiyalar buxgalteriya xodimlari tomonidan alohida daftarga qayd etilishi lozim. g) Boshqa barcha tushumlar 0482005 shakldagi kirish kassa orderlar bo’yicha 0402004 shaklidagi kvitansiyalar berish orqali qabul qilinadi. 152 Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tanishib chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat – bu badalnoma, ya‟ni pul topshirganlik haqidagi e‟londir. Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badalnomaning o’zi 3 qismdan iborat:
1. Badalnomaning o’zi.
2. Order.
3. Kvitansiya.
Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko’rsatkichlar to’ldirilishi shart. Ya‟ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob, ya‟ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvarag’i nomeri, operatsiya mazmuni, ya‟ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, pul summasi to’liq ko’rsatilishi va imzo qo’yilishi kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qilayotgan mas‟ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba‟zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko’rsatuvchi mas‟ul ijrochi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi uning uchala qismi bir xil, to’liq va to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o’tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o’z imzosini qo’yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali bankda yuritiladigan sintetik hisob yuritish hujjati hisoblanadi, har bir mijozdan qabul qilingan badalnoma ketma-ket tartibda qayd etib boriladi. Kassaning kirim jurnalida uni rasmiylashtirilayotgan sana, badalnoma nomeri, pul topshirgan korxonaning hisobvarag’i nomeri, topshirilishi lozim bo’lgan pul summasi va nima maqsadda pul topshirilayotganligi, ya‟ni hisobot simvoli ko’rsatiladi. Shundan so’ng qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalikda ichki tartibda kassa bo’limiga uzatiladi. Pul qabul qilish uchun bankda kirim kassalari bo’lib, hujjatlar aynan shu kassa kassiriga beriladi. Kirim kassa kassiri pul topshiruvchi mijozni chaqirib, undan pul qabul qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi. Kassirning stoli ustida pul qo’yuvchidan qabul qilib olinayotgan puldan boshqa hech qanday pul bo’lmasligi kerak. Kassir ilgari qabul qilib olgan barcha pullar stol tortmasida metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi lozim.
Kirim kassa kassirining stoli shunday jihozlangan bo’lishi kerakki, mijozga pul qayta sanalayotganligini kuzatib turishga imkon bo’lishi kerak. Pulni qabul qilib olgandan keyin kassir kvitansiya va kirim kassa hujjatlarida order, badalnoma, kirim, kassa jurnali, ko’rsatilgan summani sanalganda chiqqan summa bilan qiyoslaydi. Ular bir-biriga mos bo’lsa, kassir kvitansiya, badalnoma va unga tegishli bo’lgan orderga imzo qo’yadi, kvitansiyaga bank muhrini bosib, pul topshirgan shaxsga qaytarib beradi.
Bu kvitansiya mijozga undan pulni qabul qilib olganlik haqidagi tasdiqlovchi hujjat bo’lib hisoblanadi. Badalnomalarni o’zida olib qolib, badalnomaga tegishli bo’lgan orderni kassaning kirim jurnali bilan birgalikda yana bank nazoratchisiga qaytaradi. Lekin ba‟zan shunday hollar ham bo’ladiki, mijoz topshirgan pul summasi kirim kassa hujjatlarida ko’satilgan summa bilan to’g’ri kelmasligi mumkin. Topshiruvchi bergan naqd pul summasi bilan kirim kassa hujjatida ko’rsatilgan summa o’zaro mos kelmasa, topshiruvchiga hujjatni qayta rasmiylashtirib kelish taklif etiladi. Kassir dastlabki hujjatning ustidan chiziq tortadi va shu hujjat kvitansiyasining orqa tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib, kvitansiyaga imzo chekadi. Badalnoma, order va kvitansiya operatsiya xodimi yoki bank nazoratichisiga beriladi, kassa jurnalida dastlab yozilgan summani o’chirib, badalning yangi summasini yozib qo’yadi, shundan so’ng yangi olingan hujjatlarni rasmiylashtirib, yana kassaga jo’natadi.
Kvitansiyalar yo’riqnomada belgilangan tartibda saqlanadi. Kirim hujjatlar esa yo’q qilinadi. Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan bo’lsa, kassir buning sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarini kvitansiyalar bilan birga operatsiya xodimlariga qaytaradi. Kvitansiyalarda qanday sabablarga ko’ra pul topshirilmagani ko’rsatilib, bank muassasasi rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadi. Bunday hollarda kassa daftarlaridagi yozuvlar o’chiriladi, kirim hujjatlari yo’q qilinadi.
Kassirlar o’zlari qabul qilgan va topshirgan pul summalarini 0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kuni oxirida kirim kassasining har bir xodimi, ya‟ni kassiri qabul qilingan hujjatlar asosida 0482109 shakldagi ma‟lumotnomani tuzadi va undagi summani o’zi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Ma‟lumotnomani kassir imzolaydi va unda ko’rsatilgan kassa aylanmalarini operatsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi.
Bu qiyoslash kassa jurnalida kassirning va kassir ma‟lumotnomasida operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi. Operatsiya kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 0482109 shakldagi ma‟lumotnoma bilan birga kassa mudiriga 0482155 shakldagi daftarga imzo chekilgandan so’ng topshiradi.
Kassa mudiri esa qabul qilingan pul summasini kassirning ma‟lumotnomasi bilan qiyoslaydi, qabul qilingan summani 0482155 – shakldagi daftarga yozib qo’yadi, ma‟lumotnomaga imzo chekib, uni bosh buxgalterga beradi. Ma‟lumotnoma tekshirilgandan so’ng bosh buxgalter yoki uning o’rinbosari tomonidan imzolanib, bu kunning kassa hujjatlariga tiqib qo’yiladi.