2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili Strukturaviy o’zgarishlarni mahsulot hajmiga ta’sirining tahlili


-jadval Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə15/19
tarix23.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#134482
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishini tahlili

5.10-jadval
Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili

Nav

Birlik uchun ulgurji narx, so’m.



Naturada ishlab chiqarish, dona



Reja bajarilishi, %



Solishtirma og’irlik, %

Qiymat ifodasida ishlab chiqarish,
ming so’m

Reja

Haq.

Reja

Haq.

Reja

Haq.

Oliy

2500

1420

1490

104,9

56,35

59,84

3550

3725

Birinchi

2200

1100

1000

90,9

43,65

40,16

2420

2200

Jami

X

2520

2490

98,8

100

100

5970

5925

5.10-jadvalga ko’ra reja 98,8 % bajarilgan, yuqori navli mahsulot ishlab chiqarish 104,9 % , birinchi navli – 90,9 %. Biroq bu navlilik bo’yicha reja bajarilganligini tavsiflamaydi. O’rtacha navlilikning rejadagi va haqiqatdagi koeffitsientlarini, shuningdek, mahsulot birligining o’rtacha sotilgan bahosini aniqlash talab qilinadi.



  1. O’rtacha navlilik koeffitsienti:

Reja bo’yicha
Hisobot bo’yicha

  1. Mahsulot birligining o’rtacha sotilgan bahosi:

Reja bo’yicha
Hisobot bo’yicha
Sifat ortishi hisobiga o’rtacha narx 10,47 so’mga oshgan. (2379,5 – 2369,04)
Sifatning mahsulotlar hajmiga ta’siri:
(2379,5 – 2369,04)*2490 = +26,045 ming so’m.
Mahsulotlarning navli tarkibining uni ishlab chiqarish hajmiga qiymat ifodasida ta’sirini hisoblash uchun mahsulot ishlab chiqarish tarkibi tahlilida qo’llaniladigan usullardan ham foydalanish mumkin.
5.11-jadval ma’lumotlari bo’yicha ushbu hisoblashni mutlaq farqlar usulida bajaramiz. Hisoblash natijalari 5.11-jadvalda keltirilgan.


5.11-jadval
Mahsulot nav tarkibining mahsulot ishlab chiqarishga ta’siri (qiymat ifodasida un mahsuloti)

Mahsulot navi

Mahsulot birligi uchun ulgurji narx, so’m

Mahsulot tarkibi, %

Struktura o’zgarishi hisobiga o’rtacha narx o’zgarishi, so’m.

Reja

Haq.

Og’ish , (+,-)

Oliy

2500

56,35

59,84

+3,49

87,25

Birinchi

2200

43,65

40,16

-3,49

-76,78

Jami

X

100

100

-

10,47

Nav belgilangan mahsulotlarning barcha turlari bo’yicha shunga o’xshash hisoblash bajariladi, natijalar umumlashtiriladi.


Mahsulot sifatini oshirishning muhim shartlaridan biri detallar, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlar yaroqsiz bo’lib qolishiga yo’l qo’ymaslik hisoblanadi. Yaroqsizga chiqarishdan yo’qotish odatda mahsulot tannarxi tahlili jarayonida tadqiq qilinadi.
Reklamatsiya etkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga rioya qilmaslikka doir e’tirozlarni ma’lum darajada tavsiflaydi. Reklamatsiya mahsulotlardagi nuqsonlarni bartaraf qilish, texnologiyalar va mahsulotlar konstruktsiyasini yaxshilash, yuqori sifatli materiallarni qo’llash va boshqalar bo’yicha tezkor choralar qabul qilish uchun signal hisoblanadi.
Mahsulotlar butligi deganda tayyor mahsulotning mazkur turi uchun zaruriy instrumentlar, detallar va moslamalar majmui mavjudligi tushuniladi. Masalan, traktor, avtomobil yoki boshqa mashina agar tegishli instrumentlar va ehtiyot qismlari bilan ta’minlangan bo’lsa, iste’molchilar uchun jo’natishga tayyor hisoblanadi. Qonun but bo’lmagan mahsulotlarni jo’natish va ularni hisobotga kiritishni taqiqlaydi. Shuning uchun ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish hamda hamkor korxonalarga uzellar, detallar, priborlar, ehtiyot qismlari, instrumentlar va moslamalar etkazib bermaslik sabablarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin