3-mavzu. Prokariotlarning morfologiyasi va hujayra tuzilishi Reja


Spora hosil bo‘lishining umumiy sxemasi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix28.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#90739
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
portal.guldu.uz-Mikrobiologiya va virusologiya

Spora hosil bo‘lishining umumiy sxemasi. Spora bakteriya hujayrasining 
teng bo‘linmasligi va sitoplazma membranasining bo‘rtib chiqishi va nukleoidning 
oz miqdordagi sitoplazma bilan birga, hujayraning shu qismida to‘planishidan 
hosil bo‘ladi. 
Spora hosil bo‘lishida bir qancha o‘zgarishlar ro‘y beradi, avval nukleoidlar 
morfologiyasi o‘zgarib, yumaloq tanachalarga aylanadi. Protoplazmaning bunday 
holati prospora deyiladi. Prospora ikki qavat sitoplazma membranasi bilan 
qoplanadi. Bu ikki qavat orasi peptidoglikandan tuzilgan - korteks bilan to‘ladi. 
Inog‘omova (1983) spora hosil bo‘lishini elektron mikroskopda ko‘rilgan
manbalar asosida quyidagicha tushuntiradi (20-rasm): 
1) eng avval xromatin ipchalari bir erga yig‘iladi; 
2) sporani ajratuvchi to‘siq (septa) hosil bo‘ladi; 
3) ona hujayraning protoplastini septa o‘rab oladi; 
4) korteks shakllanadi, ya’ni prospora ikki qavat membrana bilan o‘raladi; 
5) spora qavatlari shakllanadi; 
6) ona hujayra erib ketadi va ichidan etilgan spora ajralib chiqadi. 
Spora qavati maxsus sintezlangan oqsil, lipid va glikopeptidlardan hosil 
bo‘ladi. Elektron mikroskop yordamida tadqiq qilinganda yana bir qavat
ekzosporum qavati borligi aniqlandi va u har xil shaklli moddalardan tashkil 
topadi. Hosil bo‘lgan sporaning diametri hujayra diametriga teng yoki sal kattaroq 
ham bo‘ladi. 
Ba’zi bakteriyalarda spora hujayraning bir uchida hosil bo‘ladi, hujayra 
kengayib, baraban tayoqchasi shaklini oladi. Bu xildagi spora hosil bo‘lishiga 
plektridial tipda spora hosil bo‘lishi deyiladi. 
Ba’zi batsillalarda esa spora hujayra markazida hosil bo‘lib, sal kengayadi 
va hujayra dugsimon shaklga kiradi, bunday holat ko‘pgina Clostridium avlodiga 
kiruvchi bakteriyalarda uchraydi. Bu xildagi spora hosil bo‘lishiga klostridial 
tipda spora hosil bo‘lishi ham deyiladi.


Bakteriya hujayrasida hosil bo‘lgan spora ko‘pincha kattalashmaydi, hujayra 
ham avvalgi holatini o‘zgartirmaydi. Bu tipdagi spora hosil qilish batsillyar tipda 
spora hosil bo‘lishi deyiladi va bu tipdagi spora hosil bo‘lishi Bacillus avlodi 
vakillarida uchraydi. 
Etilgan spora vegetativ hujayra devori parchalanganidan so‘ng tashqariga 
chiqadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin