3.2Ijtimoiydorixonalarnitashkiletish,joylashtirish tartibi,vazifasi va funksiyalari Ijtimoiy dorixona — O’z logotipiga ega bO’lgan, dorixona assortimentidagi ijtimoiy ahamiyatga ega barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar, hamda O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yxatidan O’tkazilgan boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi, Sog’liqni saqlash tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Ijtimoiy dorixona yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bO’linmasi (filial) shaklida tashkil etiladi. Ijtimoiy dorixonaning yagona logotipi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ijtimoiy dorixona O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlariga ko’ra, Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etishdagi asosiy talablar:
• dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji, chakana savdosini amalga oshirish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va berish uchun lisenziyaning mavjudligi;
• aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar rO’yxatiga kiruvchi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan cheklangan
21
narxlardan oshmaydigan tarzda, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan to’liq hajmda ta'minlash;
• davlat-xususiy sheriklik hamkorligi shartlari asosida cheklangan savdo ustamalarini qo’llash yo’li bilan Ro’yxatga kirmaydigan, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash;
• dori vositalari bilan shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda ta'minlash;
• dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ijtimoiy dorixonalarning tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari qoshidagi oilaviy poliklinikalar va qishloq shifokorlik punktlarida joylashgan filial tarmoqlari orqali ta'minlash;
• maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari orqali qishloq shifokorlik punktlari mavjud bo’lmagan tog’li, yetib borish qiyin hududlardagi aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berishni ta'minlash;
• dorixona assortimentidagi ro’yxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning uzluksiz savdosini amalga oshirish maqsadida ularning ikki oylik zaxirasi mavjudligi.
Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish tartibi:
• Ijtimoiy dorixonalar dislokatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagilar ijtimoiy dorixonalarni joylashishining asosiy omillari hisoblanadi:
- viloyat, tuman, shaharning ma'muriy-hududiy tuzilishi; - hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari;
- shahar, tuman va qishloq aholi punktlaridagi aholining soni;
- ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;
- ijtimoiy dorixonalarni xizmat kO’rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan xizmat kO’rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km, qishloq hududida 5 - 10 kmdan ko’p bo’lmagan masofada).
Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining oilaviy poliklinikalari va qishloq shifokorlik punktlarida joylashtirilishi lozim.