2 4
!
Siz bilan biz tanishmoqchi bo‘lgan
xalq qo‘shiqlari kundalik
hayotimizni bezovchi ko‘ngil mulki hisoblanadi. Xalqimiz o‘z
quvonchini, shodligini yoki g‘am-hasratini qo‘shiqlarda yorqin
aks ettirgan. Xalq og‘zaki bisotidan lirik qo‘shiqlar va termalar
yillar davomida sayqallanib bizgacha yetib kelgan va hozir ham
sevilib ijro etilyapti.
Xalq qo‘shiqlarida milliy urf-odatlarimiz nafislik va nazokat
bilan aks ettiriladi. Kundalik hayotda onalarimiz allani kanda
qilmay kuylayotganlari yoki to‘ylarimizning «yor-yor»siz o‘t-
mayotgani buning isbotidir.
Qo‘shiq – jon ozig‘i. Uni tinglaganingizda ruhingiz yengil
tortadi, jon orom oladi. Buning asosiy sababi mazkur qo‘shiqlar
xalqning jonli tilini o‘zida mujassam etgani, rang-barang xalqona
iboralar bilan bezalib, ularning hikmat darajasiga ko‘tarilgani
bilan izohlanadi. Tabiat va uning farzandi bo‘lmish inson ruhi-
yatidagi mushtarak jihatlar, ona tabiatdagi har bir o‘zgarishning
odamlar kayfiyatiga ta’sir qilishi, kishilar o‘z hayotini tevarak-
atrof hodisalari bilan chambarchas bog‘liq holda tasavvur qilishi
bu qo‘shiqlarda yaqqol aks etadi.
Dostları ilə paylaş: