Tranzit-oraliq podstansiya (promejutochnaya TP) tayanch podstansiyalar ichki elektr ta’minotining ikki tarmog`idan elektr energiyani olib, tarmog`larning tayanch podstansiyalari oralig`ini energiya bilan ta’minlaydi.
Shoxobcha podstansiya (otvetvlennaya TP) yopiq shoxobchalangan bo`lib, tayanch podstansiyalar ichki elektr ta’minotining ikki tarmog`idan elektr energiyani olib, tarmog`larning tranzit podstansiyalari oralig`ini energiya bilan ta’minlaydi.
Boshi berk podstansiya (tupikovaya TP) boshqa podstansiyalar elektr ta’minotining ikki tarmog`idan elektr energiyani olib, tarmog`larni mazkur podstansiyagacha bo`lgan oralig`ini energiya bilan ta’minlaydi.
Pasaytiruvchi podstansiya elektr qurilmalarining elektr ta’minotiga va elektr iste’molchilarga mo`ljallangandir.
Ba’zi hollarda podstansiyalar boshqa elektr ta’minoti qurilmalari bilan birlashtirilib uyg`unlashtiriladi: jumladan, rayon podstansiyasi bilan, yoki tarmoqlar bilan bog`lanadi. Bunday podstansiya birlashgan podstansiya deb ham yuritiladi.