Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#43700
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
qx max saq qayta

MEVA - UZUMNI OFTOBLI  

HAVODA QURITISH 

 

Quritish  konservalashning  eng  qadimiy  usullaridan  hisoblanib,  asosan  xilma-xil, 

ammo  tez  buziladigan  mahsulotlarni  qayta  ishlashda  qo’llaniladi.  Quritish  tarixiga 

nazar  tashlasak,  bu  soha  to’g’risidagi  ma’lumotlar  eramizdan  oldingi  6-8  asrlarga 

to’g’ri  keladi.  Quritib  olinadigan  mahsulotlar  ichidagi  eng  qadimgisi  o’z  turlaridan 

olingan  mayiz  va  kishmish  mevalar  ichidan  esa  eng  qadimiysi  o’rikni  quritish 

hisoblanadi. 

Quritishda  xom  ashyodagi  namlik  darajasi  shunday  kamayadiki,  quritilgan 

mahsulot  uzoq  saqlanadi,  chunki  so’nggi  kamaygan  mahsulotlarda  mikroorganiz-

mlarning  rivojlanishi  juda  sekin  boradi.  SHuning  uchun  quritilgan  mevalar  mus-

tahkam, uzoq saqlanish qobiliyatiga ega bo’lgan mahsulotga aylanadi va yil davomida 

undan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Quritilgan meva-uzumlar yuqori ta’mli 

xususiyatlariga  ega  oziq-ovqat  mahsulotlariga  aylanadi  va  o’z  sifatlarini  uzoq  vaqt 

yo’qotmaydi. 

Ular ombor, idish va tashishga uncha talabchan emas. Mevalarni quritish ayniqsa 

uzoq yerlarda  joylashgan, tashishda mahsulotlarni isrof bo’ladigan xo’jaliklar uchun 

qulay va foydalidir. 

Meva-uzum  maxsus  quritish  maydonchalariga  yoki  bog’  va  tokzorlarning  qator 

oralarida ham quritilishi mumkin. Ularning yerda, padnislarga, qo’shimcha moslama-

larda, inshootlarda quritish-ni amalga oshirsa bo’ladi. Quritishda bir necha jarayonlar 

o’tadi: mevalar  ustidagi namlik yuqoriga harakat qila boshlaydi hamda qizigan havo 



 

 

 



29 

bilan quriyotgan mahsulotlar o’rtasida issiq almashinishi bo’lib o’tadi. Mevalar usti-

dagi  mavjud  namlik  50-60%  sarf bo’lgunicha davom etadi, so’ng ichki nam qatlam-

laridan oz namli qatlamlarga suv harakati boshlanadi.  

Mahsulotning  quritish  tezligiga bir qator omillar ta’sir etadi: harorat, namlik, is-

siq  havoning  harakati  tezligi,  mahsulotning  shakli  va  katta-kichikligi,  quritish  may-

donchasidagi uskuna-jihozlar va boshqalar. 

Atrofidagi havo haroratining xaddan tashqari yuqoriligi mevalarda qattiq po’stloq 

paydo  bo’lishiga  olib  keladi.  SHuning  uchun  amalda  mahsulotlar  40-90

0

S  atrofida 



quritiladi.  Tarkibida  qand  va  efir  moylariga  boy  bo’lgan  mevalar  juda  past  haro-

ratlarda  quritiladi.  YUpqa  kesiligan  mahsulotlar  tezroq  quriydi.  Havoning  nisbiy 

namligi,  yerdagi  yoki  tokchalardagi  padnislar,  ulardagi  mahsulot  miqdori,  barchasi 

quritish  tezligiga  ta’sir  etadi.  Quritish  maydonchasi-yaxshi  shamol  esadigan,  janub 

tamonga  qiyalikka ega bo’lgan, hamda bog’dan baland bo’lgan yer tanlanadi. Uning 

kattaligi keladigan xom ashyo miqdoriga bog’liqdir. Maydoncha tekislangan, shibba-

langan va somonli loy bilan suvalgan bo’lishi kerak. Bir mavsumda 100 tonna meva 

yoki  uzumni  quritish  uchun  quyidagilar  bo’lishi  lozim:  0,6  gektar  quritish  may-

donchasi; 5-6 ming dona satxi 90x60 sm li taxta padnislar; hajmi 100x100 sm li 10-

12  ta dudlash qutisi yoki sig’imi 27-30 kub metr keladigan (3,5x3,5x2,5 metr) dud-

lash  kamerasi;  ishqor  eritmasiga  botirib  olish  uchun  300-400  litr  suv  sig’adigan 

qozon; mevalarni navlarga ajratish va to’g’rash uchun ishlatiladigan 5-6 ta stol; 200-

250 kg kaustik soda va 150-180 kg oltingugurt. 

Mevalar  tez  qurishi  uchun  ularni  po’sti  tozalanadi,  to’g’raladi,  blanshirovka  qi-

linadi, oltingugurt bilan dudlanadi va so’ngra quritiladi. 

Meva-uzum aslida ikki marta quritiladi. Birinchi martta mevaning turiga qarab 1-

2  kundan  to  5-6  kungacha  oftob  tik  tushadigan  joyga  yoyib  qo’yiladi.Keyin  ularni 

nami qochgandan so’ng xom ashyo solingan padnislar shtabellarga taxlanib, 4-10 kun 

davomida  obdon  quritiladi.  Quritish maydonchasida padnislar yerga, har qatorda bir 

juftdan yoki so’kchaklarga bittadan qo’yiladi. Padnislarning qo’sh qatorlari orasidagi 

eni  0,6  metrli  yo’l  qoldiriladi.  Uzum  soyada  quritiladigan  bo’lsa,  har  bir  shtabelga 

16-18 padnis taxlanadi. 

Uzumni oftobi, objush, shtabel, soyagi usullari mavjud. Uzumni quritib quyidagi 

mahsulotlar  olinadi;  bedona  -  ishqor  va  oltingugurt  ishlatilmay,  oftobda  Oq  kish-

mishdan  quritilgan  mayiz;  sabza-ishqor  eritmasiga  botirilib,  va  oltingugurt  angdridi 

bilan  dudlanib,  so’ngra  shtabelda  quritilgan  Oq  kishmish;  soyagi-maxsus  xonalarda 

Oq  kishmishdan  soyada  quritiladi.  Bunda  ishqorga  botirilmaydi,  oltingugurt  bilan 

dudlanmaydi: shig’oniy-qora kishmishdan quritilgan mayiz: girmiyon-Kattaqo’rg’on, 

Sultoni,  Nimrang  kabi  yirik  boshli  uzum  navlaridan  tayyorlanadi.  Quritishdan  avval 

uzum  qaynoq  ishqorga  botirib  olinadi  va  ochiq  joyga  yoyib  qo’yiladi:  shtabel 

girmiyon-Katta-qurg’on,  Sultoni,  Nimrang  kabi  navlardan  oltingugurt  bilan  dudlab 

tayyorlanadi, keyin shtabellarga taxlab quritiladi: qora vassarga-qora uzum navlaridan 

dorilanmay  oftobda  quritiladi;  chillaki-CHillaki  va  Terbosh  nav  uzumlaridan  dori-

lanmay  oftobda  quritiladi:  avlon-  har  xil  uzum  navlaridan  dorilanmay  faqat  oftobda 

quritilgan mayiz.  



 

 

 



30 

Uzumni  turli quritish usullarida tayyor mahsulotning chiqish miqdori 22 dan 30 

foizgacha tashkil etadi. 

O’rikning bir qator navlaridan turli usullarda turshak, quraga va qaysa nomli quri-

tilgan  mahsulotlar olinadi. Quritish 8-12 kun davom etadi, tayyor mahsulotning chi-

qish miqdori usullarga qarab 22-35 foizni tashkil etadi. Olmaning barcha navlaridan 

qoqi  qilaverish  mumkin.  Quritishning  quyidagi  usullari  bor:  oddiy  usulda  quritish-

bunda  mevaning  po’sti  archilmaydi,  kaliforniya  usulida  po’sti  archilmaydi,  doira 

shaklida  tug’raladi,  frantsuz  usulida  quritishda  mevaning  po’sti  archiladi,  urug’dan 

tozalanadi,  doira  shaklida  kesiladi.  Quritish  usullariga  qarab  6-8  kun  davom  etadi. 

Quritilgan  tayyor  mahsulotning  chiqish  miqdori  usullarga  qarab  14-20  %  ni  tashkil 

etadi. 


Quritilgan  mahsulotlarni  turli  idishlarga:  qop,  yog’och  va  karton  quti  hamda 

qog’oz  qoplarga  joylanadi.  Ularni  idishlarga  joylashdan  oldin  nami  baravarlashtiri-

ladi, so’ngra tanlangan idishlarga joylanib saqlashga qo’yiladi. Quritilgan mahsulotni 

saqlashdagi harorat 0Q10

0

 S va havoning nisbiy namligi 50-60% bo’lishi lozim. 



 

 

 




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin