ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanishning keng
imkoniyatlari mavjud. Jumladan, tarbiyalanuvchilariga raqam va harflarni
o‘rgatishda, elementar matematik tushunchalar bilan tanishtirishda, ijobiy va salbiy
ekologik ta’sirlarni bayon qilishda, ta’limiy va rivojlantiruvchi kompyuterli
o‘yinlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Bu vositalardan foydalanishda bolalar
e’tibori namoyish etilayotgan mavzuga qaratiladi. Axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan kompyuterlar, prezentatsiya-slaydlar, televizor, elektron doskalar
yordamida namoyish etiladigan materiallar asosida bolalarga matematik bilimlar
berishda asosiy mavzu sifatida geometrik shakllar, sanoq, vaqt va fazoviy
tushunchalar, mo‘ljal olish, miqdor va matematik munosabat, o‘lcham kabi mavzular
tanlanadi. Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ko‘rsatma-qo‘llanmalarni
to‘g‘ri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham,
bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qo‘shni sonlar orasidagi
bog‘lanishlar va munosabatlar, «teng», «ortiq», «kam», «butun», «qism»)
borasida ham ko‘rsatmalilik asos bo‘lib xizmat qiladi. Hamma mashg‘ulotlarda
kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o‘yinchoqlar, tabiiy materiallardan
keng foydalaniladi. Hamma bolalar o‘yinchoqlar bilan o‘ynashlari uchun
o‘yinchoqlar ko‘p miqdorda tanlanadi. Matematik bilimlar abstraksiyalash yo‘li
bilan o‘zlashtirilishi sababli turli-tuman buyumlardan foydalaniladi. O‘rgatishning
ma’lum bosqichida jadvallar, sxemalar (olmani ikkita va to‘rtta teng qismga bo‘lish
sxemasi) ko‘rsatmali material bo‘lishi kerak. Ko‘rsatmalilikning xarakteri yoshdan
yoshga o‘tish bilangina emas, balki joyga hamda bilimlarni o‘zlashtirishning har xil
bosqichlarida konkret bilan abstrakt orasidagn munosabatlarga bog‘liq holda ham
o‘zgarib turadi. Chunonchi o‘rgatishning ma’lum bosqichida buyumlar to‘plamini
sanash
Dostları ilə paylaş: