Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə29/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

o‘yinlarga e’tiborimizni qaratamiz. Tarbiyachi tayyorlov guruhi bolalariga
matematik bilimlarni rivojlantirishda turli mashg‘ulotlardan va o‘yinlardan
foydalanadi. Asosan nazariy ma’lumotlar (qoidalar...) matematika mashg‘ulotlarida
berilsa, shu ma’lumotlarni mustahkamlash va bolalarga eslatish va takrorlatish uchun
turli xildagi o‘yinlardan foydalaniladi.
Ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar bolalarda
intellektual malakalarning mukammal shakllanishiga zamin yaratadi. «Texnologiya»


yunoncha so‘z bo‘lib, «tecne» - «mahorat», «san’at» va «logos» - «tushuncha»,


«o‘rganish» demakdir. “Texnologiya” so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish
usullari va vositalari xaqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek, ob’ektda sodir
bo‘ladigan sifat o‘zgarishlari tushuniladi. O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan
o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy
ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati
bilan farq qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga matematik bilimlarni
izchillikda va mukammal tarzda yetkazib berish uchun ham interfaol usullarni
qo‘llash zaruriyati mavjud. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko‘zi o‘ngida o‘yin
vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin obrazlarini yorqin
tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy
tashabbusni faollashtirishdan iboratdir. Tayyorlov guruhlarida o‘yinlar rollarni
taqsimlashdan boshlanadi.

Idrokni o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar bolada narsalarning rangi, shakli,
kattaligiga ko‘ra tahlil qilish malakasini shakllantiradi. Bunday o‘yinlar qatoriga

Shakllar ichidan qizil ranglilarni top”, “O‘lchamiga qarab guruhla”, “Nechta



burchaklilar bor?”, “Figurali domino”... o‘yinlari kiradi. Maktabgacha yosh
oxiriga kelib, bolalar rang qatoridagi 7 xil rangni bemalol farqlay oladilar. Ular
asosiy geometrik shakllar (doira, oval, to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak,
uchburchak)ni bilishlari lozim. Namunaga ko‘ra yoki nomi aytilgan ma’lum bir
shakldagi narsalarni ajrata olishlari kerak. Bolalar narsalarning kattaligini farqlashda
ularning o‘lchami bo‘yicha terib chiqishni biladilar, 20 ta tayoqcha, doiracha yoki
boshqa bir xil turdagi kattaligi har xil predmetlarni kattalashib va kichiklashib
boruvchi tartibda qo‘yib chiqadilar. Narsalar kattaligini 3 xil o‘lchamda nomini
ayta oladilar (uzunlik, kenglik, balandlik). Bu ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun
bolalarga shu turdagi o‘yinlar taklif etiladi.
Navbatdagi o‘yinlar guruhi diqqatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar
bo‘lib, ular voqelikning ma’lum jihatlariga qarata diqqatni to‘plashga o‘rgatadi
(diqqatni to‘plamasdan hech bir ishni bajarish mumkin emas). Bu o‘yinlar turkumi
orqali bolalar diqqatining turg‘unligi, ko‘chuvchanligi, bo‘linuvchanligi kabi
xususiyatlari shakllantiriladi. Diqqatning turg‘unligi biror narsa ustida uzoq vaqt
diqqatni to‘plab tura olish, demakdir. Ma’lumki, aqliy rivojlanishida muammolari
bo‘lgan bolalar diqqati muqim bo‘lmay, bolalarda ish jarayonida muqimlilik
bo‘lmaydi. Ya’ni bolalar bir faoliyatda uzoq shug‘ullana olmaydilar. Diqqatni



Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin