Tarbiyachi bolalarga tushuntiradi. 1 2 3 4 5 6 7 . Bolajonlar hafta kunlari
nechta ekan?
Bolalar: Hafta kunlari yettita. Ular dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba,
juma, shanba va yakshanba kunlari. Qizchaning akasi payshanba kuni qaytib keladi.
Chunki, dushanba kunidan keyin, seshanba, keyin chorshanba, va undan keyin
payshanba kuni keladi.
-
Raxmat sizga bolajonlar. Siz birinchi topshiriqni uddaladingiz. Endigi navbat
ikkinchi topshiriqqa.
2-topshiriq. Doskaga sonlar qatoriga raqamlar qo‘yilgan.
A) Tarbiyachi bolalarga sonni aytadi, bolalar ulardan oldin va keyin keladigan
sonlarni aytishini taklif qiladi. Aytilgan sondan kattasi va kichigini aytish so‘raladi.
Masalan
, 2 va uning o‘ng va chap tomondagi qo‘shnisini toping. Endi
6, 8, 4, 3
sonlarining qo‘shnilarini toping va ayting.
B) Jadval bilan ishlash. 5 sonini shakllar ichidagi sonlar bilan taqqoslash.
5 < 5 > 5 =
C) Kartochkalar bilan ishlash. < , > belgilarini to‘g‘ri joylashtir.
8 7; 6 9 ; 7 9; 8 8; 4 7; 9 3
3 -topshiriq. Grafik diktant.
Tarbiyachi tomonidan geometrik figuralar ketma-ketlikda aytib turiladi.
Bolalar qog‘ozda shu figuralarni tasvirlashlari kerak.
4-topshiriq. Ikki xonali sonlarni aytib ber.
Tarbiyachi bolalarga 5 ta ikki xonali sonlarni aytishni taklif qiladi. Bolalardan
qaysi biri 5 ta ikki xonali sonlarning nomini xatosiz ayta olsa, topshiriq bajarilgan
hisoblanadi.
5-topshiriq.
Endi bolalar shakllarni joylashuvini chamalab, tahlil qilamiz va
qaysi belgilari o‘zgarganini aytamiz.
Shakllarning ba’zi belgilari bilan bir-biridan farqini ayting.
- bitta belgisi bo‘yicha;
- ikkita belgisi bo‘yicha;
- uchta belgisi bo‘yicha o‘zgarsin.
Dostları ilə paylaş: