1.8. TASVIRIY SAN’ATNING JANRLARI
Tasviriy san’atga oid har bir asar o ‘zining g‘oyaviy m az-
muni va sujetiga ko‘ra biron-bir janrda ifodalanadi. Shunga k o ‘ra
tasviriy san’atning tarixiy, portret, harbiy, maishiy, manzara,
qush va hayvonlar tasviri (anamalistik) ham da naturm ort kabi
janrlari mavjud (9-
a, b, d, e, f g, h
rasmlar).
Tarixiy janr.
Tarixiy janrda yaratilgan asarlar eng aw alo
tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, tarixiy munosabatlami ifodalaydi.
Bu san’at M isr m e’morcbiligi bilan, ya’ni malika Nefertiti
maqbarasidagi rangli b o ‘rtm a tasvirlardan boshlanib, bugungi
kundagi m etropoliten zallariga ishlangan tasviri argacha rivojlanib
keldi. Bu janr portret va m anzara janriga juda yaqin turadi. Tarixiy
janrda qadimgi haykaltaroshlar, rassomlardan tortib, Uyg‘onish
9-a
rasm. I.
Yevenko. Tarixiyjanr. 1953-y.
9-A rasm.
V. Kaydalov. Harbiyjanr. 1947-y.
davri, Yevropa, Osiyo va mamlakatimiz rassomchiligining yetuk
ustalari ijod qildilar.
Harbiy janr.
Harbiy sarkardalar va jang manzaralarini ifoda-
lagan asarlar harbiy janrga mansub bo‘ladi. Bu janr ham juda qadimdan
Sharq va G ‘arb xalqlari san’ati taraqqiyotida o ‘z o ‘rnini topgan.
37
9- d
rasm.
R. Ahmedov.
Portret janri.
1953-y.
Portret janri.
Tasviriy san’atning eng murakkab janrlaridan
biri odam yuzini tasvirlash b o ‘lib, bu rassomdan shakl, nisbat
va ranglaming m ohir ustasi b o ‘lish bilan birga, inson shaxsini
yaxshi tushunishi, uning psixiologik holatini idrok eta olishi,
his-tuyg‘ularini bila olishi, ten rangini rasm ishlayotgandagi holatga
mos holda ifodalash malakalariga ega boMishini talab etadi.
Chunki, asardagi kishining kimligini, yoshini, fe’l-u atvorini,
amal-unvonini, hatto gavda tuzilishi, boy-kam bag‘alligini ham
ifodalab berishi lozim.
Manzara janri.
Bu janrdagi san’at asarlari asosan tabiat,
dengiz ko‘rinishlarini o ‘ziga xos badiiy, real uslublarda tasvirlaydi.
C hunki tasvirdagi ranglar, asosan, tabiatdan olinadi. Tabiat
ko'rinishlari esa ranglar vositasida o‘z ifodasini topadi. Bu jan r
|