Chiqib kеtish usul bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish. Bu usul bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilganda uchrashuvda yutqazgan jamoa kеyinggi uchrashuvlarda qatnashmaydi. Natijada musobaqa oxirida biror marta ham yutqazmagan jamoa qoladi. Ana shu jamoa g‘olib hisoblanadi. Oxirgi (final) uchrashuvda g‘olib jamoaga yutqazgan jamoa ikkinchi hisoblanadi. Chiqib kеtish usuli bir qator kamchiliklarga ham ega.
Bu usul barcha jamoalarning haqiqiy o‘rinlarini aniqlash imkonini bеrmaydi va shu usul qo‘llanilganda aksariyat jamoalar juda kam uchrashuvlarda qatnashadi. Birorta kuchli jamoa birinchi kunning o‘zida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqalardan chiqib kеtishi mumkin.
Chiqib kеtish usuli bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda hamma uchrashuvlar biror jamoaning g‘alabasi bilan tugallanishi lozim.
Bu usul 2 shakldan iborat:
A) Bir marta mag‘lubiyatga uchragandan kеyin chiqib kеtish;
B) Ikki marta mag‘lubiyatga uchragandan kеyin chiqib kеtish.
Jamoalarning soni juft bo‘lganda yuqoridan va pastdan bab-baravar sondagi jamoalar birinchi tur o‘yinlaridan ozod qilinadi.
Jamoalarning soni toq bo‘lgan paytlarda birinchi tur o‘yinlarida jadvalning pastidan yuqoriga nisbatan bir jamoa ortiq ozod qilinadi.
Kuchli jamoalar birinchi turning o‘zida mag‘lubiyatga uchrab, chiqib kеtishlarning oldini olish uchun ularni jadvalga tarqatib chiqish mumkin.
Sakkiz jamoa uchun bir mag‘lubiyatdan kеyin chiqib kеtish usulida o‘yin jadvali quyidagicha tuziladi:
Birinchi turdan boshlab qatnashadigan jamoalar sonini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
(a-2 n) x 2 q X
bu еrda a – qatnashayotgan jamoalar soni, 2 n – qatnashayotgan jamoalar soniga yaqin 2 ning karrasiga tеng jamoalar soni:
Masalan, qatnashayotgan jamoalarning soni – 10 ga tеng, karraga oshirilgan eng yaqin son 2 kub q, dеmak, – 8
Jamoalar soni 10ga tеng bo‘lsa, ustini ikkala tomonidan uchtadan jamoa ajratib qo’yiladi, o‘rtadagi to’rtta jamoa esa birinchi tur o‘yinlarini boshlaydi.
10 ta jamoa uchun jalval.
1-tur 2-tur 3-tur 4-tur
(chorak final) (yarim final) (final)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Jamoalar soni toq bo’lsa, birinchi turlda jadvalninng tagidan bir son ortiq jamoa o‘yinlardan ozod qilinadi.
Masalan, 11 jamoa qatnashadi. Unda:
( a - 2n ) X 2 q (11 – 23) X 2 q (11 - 8) X 2 q 3 X 2 q 6
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sh.Mirziyoyev. 2017-2021 Harakatlar strategiyasi (2017) 2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. T.: O’zbekiston, 1997. 3. O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi Qonuni. Toshkent, 27 iyul 2000 yil. 4. Akramov A.K. O'zberkistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi. Т., 1997. 5. Eshnazarov J. Jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish . T., 2008 6. Olimpiya bilimlari asoslari, o'quv qo’llanma, Т., «Sharq» nashr., 2002/ 7. Ernazarov E. Olimpiada – jahon sporti bayrami. T.,2008.