Biznesni soliqqa tortish


Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 62,27 Kb.
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü62,27 Kb.
#190608
1   2   3   4
BIZNESNI SOLIQQA TORTISH ON

Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma bo‘lib, bu shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi. Bitimning amal qilish muddatida investorlar quyidagi soliqlarni to’lashadi:



  1. Foyda solig’i

  2. Yer solig’i

  3. Suv resursrlaridan foydalanganlik uchun soliq

  4. Yagona ijtimoiy to’lov

  5. Aksiz solig’i

  6. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to’lovlar

Foyda solig’i, Yer solig’i, Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yagona ijtimoiy to’lovini to’lashda, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha to’lanadi.
Aksiz va Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar esa rezidentlar uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi.
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi holatlar inobatga olingan holda amalga oshiradi.
1. Foyda solig‘i mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan daromad bo‘yicha va faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha olingan daromad bo‘yicha alohida-alohida to‘lanadi. Mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan daromadlar yuzasidan foyda solig‘i solish obyekti bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli bo‘lgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymatidir;
2. Chet ellik investor yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun quyidagi soliqlar va maxsus to‘lovlar to‘laydi:
1) Mahsulot taqsimotiga oid bitim tuzilganda va muayyan natijaga erishilganda, bitim shartlariga muvofiq belgilangan bonuslar;
2) Mineral xomashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xomashyoning bir qismi tarzida to‘lanadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
3. Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanadi;
4. Investorlarga va mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan operatorlarga yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan beriladigan tovarlarga, bajariladigan ishlarga va ko‘rsatiladigan xizmatlarga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi;
5. Mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishga mo‘ljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq chet ellik investor tomonidan yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek chet ellik investor tomonidan olib chiqiladigan, mazkur bitimga muvofiq unga tegishli bo‘lgan mahsulot bojxona to‘lovlarini solishdan ozod qilinadi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lanadigan yig‘imlar bundan mustasno. Olib kirilgan moddiy-texnika resurslaridan belgilangan maqsadga nomuvofiq foydalanilganda, shu jumladan ular o‘zga shaxsga berilgan taqdirda, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha bojxona to‘lovlari bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Agar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarining bajaruvchisi bo‘ladi. Bunda litsenziya olgan investor bir oylik muddatda davlat soliq xizmati organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi bo‘lib qatnashadigan ishtirokchi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor etishi shart.
Investorlar, shuningdek ularning pudratchilari va ikkilamchi pudratchilari Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan barcha turdagi soliqlar va bitimlarda belgilangan yer qaʼri uchastkalarida izlash va qidirish ishlarini bajarish bilan bogʻliq boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadilar.
Investor bitimning amal qilish muddati ichida, yuqorida ko’rsatilgan ishlarni istisno etganda, qonunchilikka muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi.


Yüklə 62,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin