3. Kapital tarkibini takomillashtirish. Bu jami kapital tarkibida ishlab chiqarishga bevosita xizmat qiluvchi kapitalning, tez aylanib turuvchi kapitalning hissasini oshirishni, kapitalni serunum, binobarin tejamkor texnik vositalarda moddiylashuvini talab qiladi.
4. Mehnat motivatsiyasini kuchaytirish. Bu ishchi va xizmatchilar mehnatini rag’batlantirish orqali ularning tejamkor bo’lishga, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashga intilishini yuzaga keltiradi.
Raqobatlashuvchi firmaning ishlab chiqarish omillari narxining oshishiga aks ta’siri.Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma ishlab chiqarish omillaridan birining narxi oshganda qanday qaror qabul qilishini ko’rib chiqamiz.
Bozordagi narx va firmaning boshlang’ich (ishlab chiqarish omillari narxi o’zgarmagandagi) chekli xarajati va firma foydasini maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish hajmi bo’lsin deylik (2-rasm).