Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə39/62
tarix24.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#193445
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

2-topshiriq: Yusuf oyog‘I chiqib ketib buzilib qolgan aravachani tuzatishga urinadi. Oldiniga u g‘ildirakni aravachaning yoniga qo‘yib, uning o‘qiga o‘rnatmoqchi bo‘ladi. Juda ko‘p marta urinishlardan keyin g‘ildirak arava o‘qining tashqariga chiqib yotganuchiga tasodifan kirib qoladi. Aravacha endi yurishi mumkin. Yusuf juda xursand. Tarbiyachi uni maqtaydi: «Barakalla, Yusufaravanio‘zingtuzatding-ga, aytchi, qandayqilibtuzatding?»: Yusuf : «Mana, ko‘rib turibsiz-ku, tuzatdim-da!» — deydi. (Aravachani ko‘tarib, g‘ildirakni aylantirib ko‘rsatadi). «Sen bu ishni qanday bajarganingni yana bir marta ko‘rsatibbergin!» – deydi tarbiyachi (u bildirmasdan harakat qilib aravachaning g‘ildiragini o‘qidan chiqarib qo‘yadi). Yusuf yana g‘ildirakni aravachaga yaqinlashtiradi, lekin bu safar uni aravachaning o‘qiga darrov kiygizib qo‘yadi. – «Mana, tuzatdim!» — deydi quvonch bilan bola, lekin. Bu ishni qanday bajarganini bu gal ham so‘zlab bera olmaydi.
Savollar
1. Bolaning harakatlariga qarab, uning yoshi taxminan nechada ekanligini aniqlang.
2. Mazkur epizodda fikrlash faoliyatining qanday xususiyatlari namoyon bo‘ladi? Bundan qanday pedagogik xulosa chiqarish kerak?
3- topshiriq: Olti yoshli Nozimaga xolasi shunday masala berdi: «To‘rtta qushcha uchib kelib daraxtlarga qo‘nishdi. Har bir daraxtga bittadan qushcha qo‘ngan edi, bitta qushcha ortib qoldi, bitta daraxtga ikkitadan qushcha qo‘ngan edi – darax tortib qoldi, daraxtlar nechta edi?» Nozima masalani takror-takror aytib berdi-yu, lekin uni sira hal qila olmadi. Shunda xolasi kog‘ozdai uchta daraxt va to‘rtta qushcha shaklini qirqib yasadi. Nozima mana shu daraxt va qushchalar yordamida masalani tez, to‘g‘ri yechdi.
4- topshiriq: Quyidagi bola tafakkuriga hos bo‘lgan xususiyatlarni yoshga oid ravishda ajrating va ( aniq yoshni ko‘rsating) izohlang. Ushbu xususiyatlarni operatsional va konkret operatsional bosqichlarning qay biriga taluqligini toping.

    1. Rigidlik va aniqlik.

    2. “Xozir va shu yerda” ga yo‘nalganlik.

    3. Egiluvchanlik.

    4. Intuitivlik

    5. Ko‘p qirraliligi

    6. Ego markazlashuv (Egotsentr)

    7. Ko‘zga yaqqol tashlanuvchi belgilarga diqqatni qaratish.

    8. “ Hozir va shu yordam” ning chegarasidan chiqish.

    9. Ego markazlashuvni (Egotsenrizimni) pasayishi.

10) Sabab – oqibatlarni aloqadorligini qidirish.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin