Bolalar jamoasining shakllanish boskichlari. Jamoaning vujudga kelish
uchun turt boskich zarur. Jamoaning shakllanish boskichlarida dastlab ukituvchi
butun guruxga talab kuyadi xamda mazkur jarayonda jamoa faollarining
shakllanishiga aloxida e’tibor karatadi. Navbatdagi boskichda muayyan darajada
shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni kuyadi.
Uchinchi boskichda esa jamoa umumiy xolda jamoaning xar a’zosidan muayyan
tarzdagi faoliyatni olib borishni talab kiladi. Sunggi (turtinchi) boskichda esa
jamoaning xar bir a’zosi uz oldiga mustakil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda
etuvchi talabni kuyish layokatiga ega buladi. Ushbu jarayon moxiyatini
kuyidagicha bayon etish mumkin
Jamoaga kuyilayotgan talablar mazmunidagi fark jamoa rivojlanishi
boskichini aniklovchi yorkin tashkiliy kursatkich sanaladi. Jamoaning amaliy
faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular urtasidagi
ijodiy xamkorlik, shuningdek, ularning xulk-atvori axlokiy kamolot darajalarini
kursatuvchi muxim belgilar sifatida namoyon buladi. Jamoani shakllantirishda
uning xayotini belgilovchi ichki jarayonining moxiyatini inobatga olish zarur.
Jamoaning shakllanish boskichlarini belgilash shartli xisoblanadi, zero,
jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oralikka ega emas. Shunga karamay
ukituvchiik nuktai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan boskichlarga
ajratish juda muximdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish boskichlarga ajratish
aloxida axamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining xar bir boskichi
jamoa a’zolariga nisbatan samarali ukituvchiik ta’sir kursatishning makbul shakl
va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jamoa rivojlanishining birinchi boskichi. Mazkur boskichda talab fakat
ukituvchilar tomonidan kuyiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlangich
nuktasidir. Ushbu davrdagi jammoa xali tarbiyalovchi jamoa bulmay, balki
«tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki gurux) xisoblanadi. Ushbu boskichda ukuvchilar
ukituvchi tomonidan talablarning kuyilishiga e’tiborsiz karaydilar. Jamoa
a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil kilish va ularni muayyan (yagona)
maksad atrofida birlashtirishga erishish orkaligina jamoa karor topadi.
Ukuvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan
tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muxokama kilish, kilinajak ishlarni
rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi,
shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bulishi, shuningdek, ukuvchilarda
jamoa faoliyatiga nisbatan kizikishni paydo bulishiga olib keladi. Bolalarning
jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois suz
yuritilayotgan boskichda ukituvchining asosiy maksadi jamoa a’zolarini oddiy
tarzda uyushtirishdan iborat buladi.
Ushbu boskichda ukituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga
birday talabni kuya olishi, u tomonidan kuyilayotgan talabning kat’iyligi, izchilligi
xamda murosasizligi muxim omil xisoblanadi. Bu vaziyatda ukituvchining
«xukmdorlik» davri uzok davom etishi mumkin emasligi, bir karashda intizomning
vujudga kelganligi ma’lum bulsada, ayni vaktda gurux a’zolarining faolliklarini
rivojlantirish uchun zarur buluvchi sharoitning xali mavjud bula olmaganligini
xisobga olish zarur.
Jamoa xayotining birinchi boskichida jamoa faolining paydo bulishi ushbu
davr uchun xarakterli xodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruxning shunday
a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofik tarzda xarakat kiladilar, ukituvchi
faoliyati va talabiga nisbatan xayrixoxlik bilan munosabatda buladilar. Faollar
ukituvchining yakin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.
Jamoa rivojlanishining ikkinchi boskichi. Ushbu boskich jamoa faolining
ukituvchi talabini kullab-kuvvatlash xamda uz navbatida uning uzi bu talablarni
jamoa a’zolari zimmasiga kuyishi bilan tafsiflanadi. Endilikda ukituvchi jamoada
paydo bulgan va u bilan boglik muammo, masalalarni yolgiz uzi xal kilmaydi.
Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orkali bu ishga uni jalb etadi.
Ushbu boskichda jamoa xayotini tashkil kilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni,
jamoa uz-uzini boshkarishga utadi.
Ukuvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi
mazkur davrining muxim xususiyati sanaladi. Ikkinchi boskichda jamoaning
muxim ishlarini ukuvchilar tomonidan mustakil rejalashtirilishi, tadbirlarni
utkazishga tiyyorgarlik, uni utkazish xamda faoliyat natijalarini muxokama kilish
jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini kursatuvchi omillar sanaladi.
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (ragbat)larning paydo
bulishi, ijodiy xamkorlik va uzaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan
rivojlanishiga olib keladi.
Jamoada mustakil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli
bekiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida xurmat kozona olishi,
ularga namuna bulishi, uz burchlarini anik va puxta bajarishi xamda uz
mavkelaridan
nourin
foydalanmasliklari
juda
muximdir.
Bu
urinda
A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini
eslab utish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (xukuklar)ga ega bulsada,
ayni paytda uning uziga xam oshirilgan talablarning kuyilishi maksadga
muvofikdir.
Jamoaning rivojlanishi bu boskichda tuxtab kolishi mumkin emas, chunki
faoliyat kursatayotgan kuch jamoaning bir kismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning
rivojlanishi ushbu boskichda tuxtatib kolinsa, jamoa faolining guruxning boshka
a’zolari bilan karama-karshi kuyish xavfli tugilishi mumkin. Bu boskichda
jamoaning barcha a’zolarining aloxida faollik kursatishga erishishlari zarur
sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi boskichi. Jamoa faliyatida bu boskich
anchagina sermaxsul xisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniklashiga kura, bu davrda
butun jamoa «ayrim uzini chetga olib koluvchi, injik shaxs»larga talab kuya
boshlaydi.
Jamoa ishiga ushbu boskichda fakat faolgina emas, balki uning butun
a’zolari kizikadi. Jamoa xayotidagi uchinchi boskich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan
ifodalanadi. Ukituvchi mazkur yunalishda maksadga muvofik va izchil ish olib
borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu
maksadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning
a’zolari xatti-xarakati jamoa bulib muxokama kilinadi, turli mavzularda suxbatlar
va ma’ruzalar uyushtiriladi, ukuvchilar urtasida samarali axborot vositalari
yordamida ijtimoiy-goyaviy, axlokiy, estetik, ekologik, xukukiy, iktisodiy va
xokazo bilimlarning targiboti tashkil etiladi. Ukituvchi jamoa a’zolarining
birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga xissa
kushish imkonini beradigan uzaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir
kursatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Jamoaning xar bir a’zosida ijtimoiy axamiyatli faoliyatni maksadga
muvofik ravishda tashkil etish kunikmasini xosil kila olishi jamoa a’zolari orasida
barkaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Jamoada barkaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi -
uning a’zolarini ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega bulgan ishlarni tashkil
etishda faol ishtirok etishlaridir.
Jamoa rivojlanishining uchinchi boskichda kursatib utilgan xususiyatlar
shundan dalolat beradiki, ushbu boskichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning
xar bir a’zosi bir-birlariga nisbatan axlokiy mazmundagi talablarni kuya
boshlaydilar.
Jamoa rivojlanishining turtinchi boskichi. Bu boskich uning barcha a’zolari
jamoa oldida turgan vazifalar asosida uz-uzlariga talablar kuya olishlari bilan
tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, xar bir boskich jamoa a’zolarining uziga nisbatan
muayyan talab kuyishi bilan tavsiflanadi, ammo kuyilgan xar bir talab uziga xos
yunalishi (masalan uyindan umuminsoniyat baxti yulida kurashishiga intilish
urtasidagi fark) bilan ajralib turadi.
Turtinchi boskich jamoa a’zolarining uziga nisbatan yuksak axlokiy
talablar kuya olishlari bilan axamiyatlidir. Jamoaning xayoti va faoliyati mazmuni
jamoa a’zolarining xar biri uchun shaxsiy extiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya
jarayoni uz-uzini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Birok bu xolat jamoaning
muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va urnini pasaytirmaydi. Turtinchi
boskichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir.
Mazkur boskichda jamoa oldiga istikbolli, yuksak va murakkab talablarni kuyish
uchun mutlako kulay sharoit yaratiladi.
Bugungi kunda ukituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshkalar) bolalar
jamoasining rivojlanish jarayonining moxiyatini taxlil kilar ekanlar, uni kuyidagi
uch boskichga buladilar:
a) jamoani dastlabki jipslashtirish;
b) jamoani shakllantirish asosida uning xar bir a’zosini individual
rivojlantirish;
v) jamoaning umumiy faoliyatini yulga kuyish.
Jamoa xayotida muxim urin tutuvchi xar bir boskichni ajratib kursatish
yukorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida
jamoaning yetakchi axamiyatini ta’kidlaydi.
A.S.Makarenko jamoa a’zolari urtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining
ichki xususiyatlariga katta axamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng
muxim kuyidagi belgilarni ajratib kursatgan edi:
1) major - doimiy tetiklik, ukuvchilarning faoliyat (xarakat)ga tayyorliklari;
2) uz jamoasining kadriyatlari moxiyatini tushunish, uning uchun
gururlanish asosida uz kadr-kimmatini anglash;
3) jamoa a’zolari urtasidagi dustona birlik;
4) jamoaning xar bir a’zosida karor topgan dustona birlik;
5) tarbiyali, ishchan xarakatga yullovchi faollik;
6) xissiyotni boshkara olish xamda mulokot odobiga amal kilish kunikmasi.
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga
kuyiladigan yagona talablar muxim axamiyat kasb etadi.
Yagona talab ukuvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashkari
ishlar vaktidagi, shuningdek, jamoat joylari xamda oiladagi xulk-atvor koidalarni
uz ichiga oladi.
Puxta uylab kuyilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi
maktabda muayyan tartibning urnatilishini ta’minlaydi.
Ukituvchilar tomonidan kuyilgan talablar kuyidagi sharoitlarda ijobiy natija
beradi:
1. kuyilayotgan talablar ukuvchi shaxsini xurmat kilish tuygusi bilan
uygunlashgan bulishi kerak.
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni xisobga olgan
xolda kuyilishi lozim.
3. Jamoaga nisbatan kuyilayotgan talablar anik bulishi lozim.
4. Ukuvchilarning tashki kiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi xamda
muomalasiga nisbatan kuyilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni
shakllantirishga xizmat kilishi shart.
Ukuvchi kuyilayotgan talablar xajmi va tizimini bilibgina kolmasdan, talab
kuyish metodikasini xam uzlashtira olgan bulishi kerak.
Ukuvchilar jamoasiga nisbatan talablarni kuyish metodikasi bolalarni
talablar mazmuni bilan tanishtirish, talablarning axamiyatini tushuntirish, tajriba
orttirish xamda ukuvchilar faoliyat, shuningdek, kuyilayotgan talablarning
bajarilish xolatini muntazam suratda nazorat kilib turishdan iborat.
Ukuvchilarni talablar bilan tanishtirish kupincha umumiy majlislarda
amalga oshiriladi, bunda ta’lim muassasasining direktori yoki ukuv ishlari buyicha
direktr urinbosari istikbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar
mazmuni bilan ukuvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim xollarda
amalda kursatish, keyinrok sinflar buyicha sinf majlislari yoki maxsus suxbatlarni
uyushtirish asosida amalga oshiriladi.
Xulk-atvorni tarkib toptirishga yunaltirilgan talablar bilan tanishtirish
mazkur talablar ustida mashk kildirish bilan kushib olib borilishi kerak. Xulk-
atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga karaganda ancha murakkab ish. Ukuvchilar
talablar moxiyatini yaxshi anglashlari mumkin, birok aksariyat xollarda ularga
rioya kilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashk kildirish madaniy xulk-
atvorni odatga aylantiradi.
Talablarning kuyilishi jarayonida ularga ukuvchilarning amal kilishi
ustidan nazorat urnatish lozim. Nazorat kilib borish turli shakllar yordamida
amalga oshiriladi, chunonchi, xulk-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik
uchun stendda baxolarni kayd etib borish va boshkalar. kuyilayotgan talablarning
bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib
borilishi va xakkoniy bulishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan ukuvchilarni
ogox etib borish maksadga muvofik xisoblanadi.
Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan
chambarchas boglik. Xar bir ukituvchining jamoani shakllantirish borasidagi
xarakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan
extiyoji mazmunidan kelib chikadi.
Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun ukituvchi ukuvchilar
faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulk-atvorini kuzatib borishi xar bir
ukuvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layokatini aniklash zarur.
Jamoa faolini shakllantirishda ukuvchilarning jamoadagi obrusini xam
inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning uzlari, albatta, ukituvchi
ishtirokida va raxbarligida tanlasa maksadga muvofik buladi. Ukituvchi jamoa
faoli bilan maslaxatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.
Jamoa faolining xar bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash,
ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan xisobot berib borishlariga
erishish maksadga muvofik. Ukituvchi aynan faolga oshirilgan talab kuyadi.
Ukuvchilar jamoasida faol raxbarligida uz-uzini boshkarish jamoa a’zolaridan
ayrimlarining boshkasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak.
Shu bois ukituvchi faolni maksadga muvofik faoliyat yuritishini nazorat
kilib borishi lozim.
Ukuvchilarning uz-uzini boshkarishi bu ukituvchilar tomonidan tashkil
kilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshkarishda ukuvchilarning faol ishtirok
etishidir. Uz-uzini boshkarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yigilishi,
konferensiyasi xamda turli komissiyalar (masalan, ukuv komissiyasi yoki tozalik
komissiyasi) faoliyati muxim urin tutadi.
Ukuvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muxim urin tutadi. Jamoa
an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek kullab-kuvvatlanuvchi barkarorlashgan
odatlar bulib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati xamda jamoaning
ijtimoiy fikri yorkin ifodalanadi.
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bulinadi:
a) kundalik faoliyat an’analari;
b) bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari ukuvchilarning ukuv faoliyati (uzaro yordam
turlari), va mexnat faoliyati (kuchatlar utkazish, xasharlar uyushtirish va
boshkalar)ni uz ichiga oladi.
Bayram an’analariga ijtimoiy axamiyatga ega turli vokea xamda xodisalar
bilan boglik sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustakillik bayrami», «Navruz
bayrami», «Xotira va kadrlash kuni» va boshkalar)ni nishonlash maksadida tashkil
etilgan faoliyat kiradi.
An’anaviy bayramlar ukuv muassasalarida turlicha utkaziladi. Ukuvchilar
an’analar moxiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bulsalargina
uning ta’sir kuchi yukori buladi.
An’analarning yuzaga kelishida ukuvchilarning unga nisbatan munosabati
katta axamiyatga ega. Maktab raxbariyati va ukituvchilar ukuvchilar jamoasiga
muayyan sanalarga bagishlab xaddan ziyod ortikcha tadbirni uyushtirish talabini
kuymasligi zarur.
Tadbirlarni tashkil etish va utkazishda ukituvchilar jamoasi yoki ukituvchi
tomonidan ushbu jarayonda ukuvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish,
ularni an’analarni davom ettirishga urgatish masalasiga aloxida e’tibor karatishlari
pedagogik jixatdan ijobiy natijalarni beradi.
Jamoa va uning shaxsni shakllanishidagi urni va roli muammosi yuzasidan
olib borilgan ilmiy tadkikotlar shaxs va jamoa urtasidagi munosabatlarning
rivojlanishi borasida kuyidagi andozaning yaratilishini ta’minlaydi
Ukuvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali axamiyat kasb etuvchi umumiy
maksad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan ukuvchilar birlashmasi,
guruxidir. Ukuvchilar jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-xunar
kollejlari ukuvchilari jamoasi)ga rasmiy saylangan (tayinlangan) ukuvchi xamda
ukituvchilar yulboshchilik kiladi. Ular sirasiga gurux raxbari, gurux faollari
(xususan, gurux yetakchisi (starosta), «Kamolot» tashkilotining gurux bulimi raisi,
tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muxarriri va boshkalar).
Bolalar
jamoalarida
rasmiy
yetakchilar
bilan
birga
norasmiy
yulboshchilarning mavjudligi kuzga tashlanadi. Odatda rasmiy yulboshchilar
tarkibini a’lo baxolarga ukiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi ukuvchilar
tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda,
ayrim sifatlariga kura tengdoshlarini uz ortlaridan ergashtira oladilar. Bunday
ukuvchilar boshkalardan jismonan kuchliligi, kat’iyatliligi, xech narsadan
chuchimasligi, uziga bulgan ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy liderlarning
ma’naviy-axlokiy kiyofasi boshka ukuvchilarga jiddiy ta’sir kursatadi. Shu bois
sinf raxbari xamda maktab pedagogik jamoasi bunday liderlarning faoliyatini
bevosita va bilvosita nazorat kilib borishlari zarur.
Ukuvchilar uyushmasiga pedagogik raxbarlik, yukorida kayd etilganidek,
aksariyat xolatlarda sinf raxbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf
raxbari guruxning umumiy xamda xar bir a’zosining individual xususiyatlarini
bilishi, ularni inobatga olgan xolda jamoaga yondashishi zarur. Sinf raxbarining
norasmiy liderlar va ularning shaxsi xakida tulakonli ma’lumotlarga ega bulishi
pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
Yukorida bildirilgan fikrlardan kuyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan gurux bulib,
u ijtimoiy axamiyatga ega bulgan umumiy maksad asosida birlashadi xamda
mazkur maksadni amalga oshirish uchun yunaltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa uzida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan konuniyatlarga buysunadigan uzok
muddatli, murakkab jarayon bulib, u kupchilik tadkikotchilarning e’tirof etishlariga
kura turt boskichdan iborat buladi.
4. Jamoani shakllantirish uziga xos metodika asosida amalga oshriladi.
Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning kuyilishi, jamoa faoli
(aktivi)ni tarbiyalash masalasi aloxida axamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustaxkam bulishi, uning a’zolari urtasida uzaro yordam
xamda xamkorlikning karor topishida jamoa an’analari muxim axamiyat kasb
etadi.
Adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |