Uskunani tanlash va uning ishchi ko‘rsatgichlarini aniqlash.
Uskunini tanlashda asosan uning beshta element tanlash tushuniladi: nasos, quvurlar kalonnasi, shtangalar kalonnasi, tebratma-dastgoh va elektrodvigatellar. Bu elementlarni tanlashda ularning otimal ish rejimiga mos kelishi lozim, shundagina uskunining FIK yuqori bo‘ladi. Uskuna detallarini tanlashda asosan tushirilishi kerak bo‘lgan chuqurlik va olinadigan suyuqlik miqdoriga asoslaniladi. Undan tashqari suyuqlik tarkibidagi qum, suv, kimyoviy aktiv komponentlar va gazning bo‘lishi ham ta’sir qiladi. Quduqdan olinadigan maksimal suyuqlik miqdori, mumkin bo‘lgan depressiya va mahsuldorlik koeffitsentidan kelib chiqiladi.
Uskunani tanlashda besh bosqichga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich: nasosni tanlash - unga nasosning uzatishi, plunjer diametri, plunjer yurish yo‘li va kalonnaning bir marta to‘liq tushishi hamda ko‘tarilish soni. Oxirgi ko‘rsatgich tebranma-dastgohning pasportidagi berilganlardan olinadi.
yurish yo‘lini aniqlab shtangalar tanlanadi, so‘ngra ularning deformatsiyaga uchrashi hisoblanadi.
Uchinchi bosqich: quvurlar kalonnasini tanlash bunda nasos tipiga qarab aniqlanadi (ya’ni suqma nasos yoki quvur nasosi) tanlangan quvurlar ham mustahkamlikka hisoblanadi.
To‘rtinchi bosqich: tebranma-dastgohni kon xususiyatlariga qarab tanlash. Uchinchi bosqich nitijalariga asosan shtangalar harakt yo‘li aniqlanadi, ya’ni shtangalar deformatsiyasini ham hisobga olgan holda. Agar yuqoridagi ko‘rsatgichlarga to‘g‘ri keladigan dastgoh mavjud bo‘lmasa birinchi va ikkinchi bosqichlarga asoslanib kerakli nasos rusumi bilan (suyuqlik uzatishiga qarab) tanlanadi.
Tebranma-dastgoh hisoblangan yuklanishdan ortiqroq yuklanishga chidamli bo‘lishi kerak, chunki quduqlarni ishlatish paytida ayrim detallarni o‘zgartirilishi mumkin.
Beshinchi bosqich: Elektrodvigatelni tanlash - krivoshipga ta’sir qiluvchi kuchni bilgan holda elektrodvigatelni tanlash (undan tasmali uzatma va reduktor uzatmalari orqali uzatiladigan aylanish momenti) tasmali uzatma va reduktorni hisobga olib elektrodvigatelni krivoshipga kanday aylanma moment etib kelishini bilish mumkin. YUqorida ko‘rib o‘tilgan usullardan uskuna va ish rejimini tanlash murakkabligi sababli Adonin diagrammasidan foydalaniladi. Diagrammada quduqdan olinadigan mahsulot miqdori va mahsulotning ko‘tarilishi lozim bo‘lgan balanligidan keltib chiqqan holda uskunani tanlash mumkin.
Diagramma bo‘yicha tanlashda birinchi navbatda nasos diametri va tebranma-dastgoh tipi tanlanadi. Buning uchun Q va H o‘qlaridan mahsulot chiqishi va nasosning tushish balandligini aniqlab, ikki o‘qlar kesishtiriladi. Odatda suqma nasoslar 1000 metrdan chuqur bo‘lgan quduqlarda ishlatiladi, chunki ularni ta’mirlashda butun NKQlar kalonnasini ko‘tarish shart emas.
Bunday nasoslarni ko‘p yillar ishlatish natijasida shtangalarning harakat yo‘lini uzunlatish kerak degan xulosaga kelinadi. Undan tashqari uskuna o‘lchamlari, uning og‘irligini va fundamentini soddalashtirish zarur.
Oxirgi paytlarda uskunalarda mikroprotsessarlar keng qo‘llanilmokda. Ular har bir axborotni tahlil qilib kerakli ish rejimini o‘zi tanlaydi.
Tebranma- dastgohlarning boshqa turlari ham mavjud:
1. Ko‘pchilik tebranma-dastgohlarda muvozanatlantiruvchi yuklar balansirda, reduktor krivoshipida yoki har ikalasida ham bo‘lishi mumkin. Bunday tebranma-dastgohga: ustun, rama, balansir (yuklari bilan), ikkita shatun, ikkita krivoship (yuklari bilan), reduktor, tasmali uzatma, tormoz, elektrodvigatel, kanatlar kiradi.
Bunday uskunalarning asosiy kamchiligi bu ularning og‘irligidir. SHuning uchun ularga murakkab va og‘ir fundament darkor. Ba’zi bir botqoq yoki ko‘p suv bosadigan joylarda bunday fundament qo‘yishning imkoniyati yuq..
2. Tebranma-dastgoh uskunalarining konstruksiyasini soddalashtirish-ning yana bir usuli balansirdan voz kechishdir.
Balansirsiz tebranma-dastgoh krivoshiplari V shaklida bo‘ladi. Bunday uskunalar quyidagilardan tashkil topgan: rama, ustun, kanatli shkiv, krivoship (yuk bilan), shatun, reduktor, tormoz, tasmali uzatma va elektrodvigatel.
3. Uskunalarda muvozanatlashtiruvchi sifatida pnevmatik muvozanatlashtiruvchilar ham ishlatiladi. Bunday muvozanatlashtirish silindr ichidagi havoning bosim o‘zgarishi evaziga ro‘y beradi. Muvozanatlashtiruvchi asbob silindr (porshen va shtok) va ressiverdan iborat. Silindrni to‘ldirib turuvchi kompressor o‘rnatilgan. Balansir pastga harakat qilganda ressiverdagi havo siqiladi va ma’lum bir potensial energiyaga ega bo‘ladi. SHu energiya ham balansirni ko‘tarishga yordam beradi. Bunday uskunalarni ishlatish murakkab va katta e’tibor talab qiladi, bu esa uning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Uskuna afzalligiga esa chuqur quduqlarni ham ishlatish mumkinligi va ish rejimi o‘zgartirilganda osson muzonatlashishi misol bo‘la oladi.
4. SHtangalar kalonnasining yurish yo‘lini oshirish uchun (10 metrgacha) ferma shaklidagi uskunadan foydalaniladi. Fermaning yuqori qismida reversiv reduktorli elektrdvigatel o‘rnatilgan. Reduktor valiga esa shkiv o‘rnatilgan. SHkiv orqali kanat o‘tgan va bir uning bir uchi ferma ichida harakatlanuvchi yukka o‘rnatilgan.
Quduqni ta’mirlash kerak bo‘lsa, uskuna o‘rnatilgan relslarda chetga chiqariladi.
Muvozanatlashtirilmagan shtangali nasos chuqur bo‘lmagan quduqlarda ishlatiladi. SHtangalarning yuqoriga harakatlanganida nasosdan moy gidrotsilindrga uzatiladi. SHtangalar pastga harakatlanganda shtangalarning og‘irligi bilan porshen moyini silndrdan bakka siqib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |