5. RAVISHLARDA MODAL FORMA YASALISHI.
Ravishlarda modal forma yasalishi qiyos qilinmagan harakat (yoki
predmet) belgisining odatdagi miqdordan kam ekanligi, noaniqligi, belgiga
munosabat kabi modal ma'nolar –roq, -gina (-kina, -qina) qo'shimchalari
orqali ifodalanadi. Masalan: ko'proq, ozroq, sekinroq, ko'pgina, shundoqqina,
andakkina kabi.
Qiyos qilinmagan belgining kuchliligi, takrorlanib turishi, juda, nihoyatda,
behad, g'oyat kabi so'zlarni ravish oldida qo'llash yo'li bilan hosil bo'ladi.
Masalan: juda tez, nihoyatda ko'p, behad jim kabi. Bunday ravishlar kuchaytirma
ravish deyiladi. Ravishlarni takrorlash yo'li bilan ham kuchaytirma ravishlar,
ya'ni, modal ma'no ifodalanishi mumkin. Masalan: kam-kam, tez-tez, ko'p-ko'p
kabi.
40
MAVZUGA OID MUAMMOLI SAVOLLAR.
1. Ravish deb nimaga aytiladi?
2. Harakat belgilari turlarini tushintiring.
3. Ravishlarning yasalishini tushuntiring.
4. Ravishlarda modal shakli deganda nimani tushunasiz?
5. Ravishlarda darajani tushuntiring.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O'zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun qayta ishlangan
2-nashri)-Toshkent: O'zbekiston, 1991-y.
2.
U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. Hozirgi o'zbek tili. -
Toshkent: O'zbekiston, 1992-y.
3.
A. Aliyev, K. Sodiqov, O'zbek adabiy tili tarihidan, (Universitet talabalari
uchun darslik).-T.: O'zbekiston, 1994-y.
4.
B. Abdurahmonov, S.Mamajonov, O'zbek tili va adabiyoti, (Oliy o'quv
yurti talabalari uchun darslik).-T.: O'zbekiston, 1995-y.
5.
A. Hojiyev, So'zning morfem tarkibi masalalariga doir “O'zbek tili va
adabiyoti” jurnali, 1998-yil.
|