II. BOB. GOLOGRAFIYANING AMALIYOTDA QO’LANILISHI
2.1. Golografiyani qo'llash usullari.
Golografiya usulidan hozir juda ko’p sohalarda foydalaniladi.
Lekin ularning
eng muhimi - ma'lumotlarni yozish va saqlash. Golografiya oddiy mikrofotografiya
usuliga qaraganda, bir xil hajmga yuzlab marta ko’p ma'lumotni
yozishga imkon
beradi. Masalan, o’lchamlari 32x32 mm bo’lgan fotoplastinkaga, har birining yuzasi
1 mm
2
dan bo’lgan 1024 ta gologrammani, ya'ni 1024 betli kitobni joylashtirish
mumkin. Golografik xotirali EHM, golografik elektron mikroskop, golografik kino
va televideniye, golografik interferometrlar kabi istiqbolli sohalar endigina rivojlana
boshlamoqda. Yorug’lik ko’plab atomlar tomonidan chiqariladi hamda ko’plab
elektromagnit nurlanishlarning yig’indisidan iborat bo’ladi.
Bu nurlanishlar
mustaqil ravishda amalga oshirilgani uchun yorug’lik vektorining hamma
yo’nalishlar bo’yicha taqsimoti bir xil bo’ladi. Yorug’lik to’lqinlarining qutblanish
mexanizmini yaxshiroq tasavvur qilish uchun mexanik to’lqinlarning qutblanishi
bilan tanishaylik. Bo’ylama to’lqinlar (tovush to’lqinlari)
holida tebranish
to’lqinning tarqalish yo’nalishi bilan mos keladi. Ko’ndalang to'lqinlar holida esa
tebranish to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikular bo’ladi. Shu bilan birga
to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikular bo’lgan yo’nalish cheksiz ko’pdir.
Qutblagichlar. Endi yorug’lik to’lqinlarining tabiatini aniqlash uchun yuqorida
keltirilganga o’xshash tajriba o’tkazib ko’raylik. Yorug’lik to’lqini holida «tirqishli
to'siq» vazifasini nima bajarishi mumkin, degan savol tug’iladi. Bu vazifani ba'zi
kristallar, masalan, turmalin o’tashi mumkin. Bunday kristallar anizotropik
xususiyatlarga ega bo’lganliklari uchun, yorug’lik tebranishining ma'lum
yo’nalishidagisini o’tkazib, boshqalarini o’tkazmaydi.
Boshqacha aytganda, ular
yorug’likni qutblash xususiyatiga ega va shuning uchun ularni qutblagichlar
deyiladi. Yorug’lik to’lqinining qutblanish xususiyatiga egaligi uning ko’ndalang
to’lqin ekanligini isbotlaydi. Tabiiy yorug’lik ikkita dielektrikning (misol uchun
havo va suv) chegarasiga tushganda bir qismi qaytadi, bir qismi esa sinib ikkinchi
muhitda harakatlanadi. Bu nurlarning yo’liga turmalin plastinka qo’yib, ularning
qisman qutblanganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Tajribalar qaytgan nurda
tushish tekisligiga perpendikular bo’lgan tebranish singanida esa tushish tekisligiga
parallel tebranish (strelkalar bilan ko’rsatilgan) ustunroq bo’lishini ko’rsatdi.
Dostları ilə paylaş: