4. Mavzuni mustahkamlash:
Darsni mustahkamlash va predmetlararo aloqani yo'lga qo'yish uchun magnit va u bilan bog'liq hodisalar aks etdirilgan badiiy asar va kinolardan parcha aytib beriladi. Bunday parchani Beruniy asarlaridan olish mumkin.Ular haqida darslikning shu bobga kirish suhbatida aytib o'tilgan.Bunga qo'shimcha ravishda Jyul Vernning «O'n besh yoshli kapitan» asarida oshpaz Negoroning kema kompasi yoniga temir bo'lagini tiqib qo'yganligi, natijada uning strelkasi burilib, boshqa tomonga qarab qolganligi, natijada kemaning Afrikaga borib qolganligini aytib berish mumkin.Unga qiziqqan o'quvchilar romanni o'qib, Dik Send qanchalik dovyurak, mard bo'lmasin, lekin bilimi yetishmasligi oqibatida shunday aldanib qolganligini tushunib yetadilar.Bundan yoshlarni chuqur bilimlar olishga intilish hissi kuchaytiriladi.
Bundan tashqari mavzuga doir tarqatma materiallari tayyorlab ham yangi mavzuni mustahkamlash mumkin.
Darsni mustahkamlashda Yerning janubiy va shimoliy magnit qutblarini xaritadan
Kursatib magnit qutbdan Toshkentgacha yoki janubiy va shimoliy magnit qutblari orasidagi masofalarni ham topishimiz mumkin.
Atamalarni izohlash:
Magnit
Beruniy
Sun’iy magnit
Doimiy magnit
Globus
Magnit maydon
5. O’quvchilarni baholash .
6. Uyga topshiriqlar.
2.2 Fizika fanidan ochiq dars mashg’ulotlarini o’tkazishda qo’llaniladigan metodlar.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda . O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayoni-da yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi . Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi .
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda , unga turli - tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluv-chilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi . Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi , ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini ortirib ,ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi , o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib , ularning mazmuni
metodlar ni oshirishda aqliy hujum , kichik guruhlarda ishlash , bahs- munozara , muammoli vaziyat ,yo’naltiruvchi matn , loyiha , Rolli o’yinlari kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi .
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar ham deb atashadi . Inter- faol metodlar deganda ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlash-ga undovchi , ta’lim jarayoning markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi .Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi . O’quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi . Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning quyidagilarda namoyon bo’ladi :
ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish -o’rganish ;
o’quvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi ;
ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi ;
o’qish shiddatini o’quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi ;
o’quvchining tashabbuskorligi va mas’ulyatining qo’llab -quvvatlanishi ;
amalda bajarish orqali o’rganilishi ;
ikki taraflama fikr - mulohazalarga sharoit yaratilishi ;
Ochiq dars jarayonlarida quyidagi metodlardan foydalanish mumkin .
,, AQLIY HUJUM “ metodi
,, Aqliy hujum “ metodi - biror muammo bo’yicha o’quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab , ular orqali ma’lum bir yechim-ga kelinadigan metoddir . ,, Aqliy hujum “ metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud . Og’zaki shaklida o’quvchi tomondan berilgan savolga ta’- lim oluvchilar o’z javoblarini aniq va qisqa bayon etadilar . Yozma shaklida esa berilgan savolga o’quvchilar o’z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli qilib tarzda yozadilar . Javoblar doskaga ( magnitlar yor-damida ) yoki ,, pinbord “ doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi . ,, Aq-liy hujum “ metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo’yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir . Ushbu metod to’g’ri va ijobiy qo’lla-nilganda shaxsni erkin , ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.
,, Aqliy hujum ”metodidan foydalanilganda o’quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo’ladi , shu jumladan o’quvchilarda muloqot qilish va muno-zara olib boorish madaniyati shakllanadi .O’quvchilar o’z fikrini faqat og’zaki emas , balki yozma ravishda bayon etish mahorati , mantiqiy va tizimli fikr yu-ritish ko’nikmasi rivojlanadi .Bildirilgan fikrlar baholanmasligi o’quvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib keladi . Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi .
,,Aqliy hujum ” metodi o’qituvchi tomondan qo’yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi :
O’quvchilarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yil- ganda , mu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi .
Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib qo’yilganda – ya’ ni yangi mavzuga o’tish qismida amal-ga oshiriladi .
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo’yilganda mavzudan so’ng , darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi .
,, Aqliy hujum “ metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar :
Bildirilgan fikr- g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi ;
Bildirilgan har qanday fikr-g’oyalar , ular hatto to’g’ri bo’lmasa ham inobatga olinadi ;
Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart ;
Quyidagi ( 1-chizma ) ,, Aqliy hujum “ metodining tuzilmasi keltirlgan .
,, Aqliy hujum “ metodining bosqichlari quyidagilardan iborat :
Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ualrga shu savol bo’yicha o’z javoblarini ( fikr ,g’oya va mulohazalarni ) bildirishlari so’raladi ;
O’quvchilar savol bo’yicha o’z fikr –mulohazalarni bildirishadi ;
O’quvchilarning fikr - g’oyalari ( magnitafonga , videotasmaga , rangli qog’ozlarga yoki doskaga ) to’planadi ;
Fikr –g’oyalar ma’lum belgilar bo’yicha guruhlanadi ;
Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va tog’ri javob tanlab olinadi ;
,,Aqliy hujum “ metodining afzalliklari :
Natijalara baholanmasligi o’quvchilarda turli fikr g’oyalarning shaakllanishiga olib keladi ;
O’quvchilarning barchasi ishtirok etadi ;
Fikr – g’oyalar vizuallashtirilib boriladi ;
Ta’lim oluvchilarning boshlang’ich bilimlarini tekshirib ko’rish imkoniyati mavjud ;
Ta’lim oluvchilarda mavzuga kirish uyg’otadi .
,, kichik guruhlash” metodi
,, Kichik guruhlarda ishlash “ metodi - ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o’quv materialini o’rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish .
Ushbu metod qo’llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab , darsda faol ishtirok etish huquqiga , boshlovchi rolida bo’lishga , bir - biridan o’rga- nishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi .
,, Kichik guruhlarda ishlash “ metodi qo’llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtini tejash imkoniyatiga ega bo’ladi .Chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi . Quyida ,, Kichik guruhlarda ishlash ishlash “metodining tuzilmasi keltirilgan (2-chizma )
,, Kichik guruhlarda ishlash ” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat :
Faoliyat yo’nalishi aniqlanadi . Mavzu bo’yicha bir- biriga bog’liq masalalar belgilanadi .
Kichik guruhlar belgilanadi .O’quvchilar guruhlarga 3-6kishidan bo’linishlari mumkin .
Kichik guruhlar topshiriqlarni bajarishga kirishadilar .
O’qituvchi tomonidan aniq ko’rsatmalar beriladi va yo’naltirilib turiladi .
Kichik guruhlar taqdimot qiladilar .
Bajarilgan topshiriqlar muhkama va tahlil qilinadi .
Kichik guruhlar baholanadi.
,, Kichik guruhlarda ishlash ” metodining afzalliklari ;
O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirish olib keladi ;
Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi ;
Vaqtni tejash imkoniyati mavjud ;
Barcha o’quvchilar jalb etiladi ;
O’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi ;
fggh
,, Loyiha “ metodi - bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida , belgilangan mavzu bo’yicha axborot yig’ish , tadqiqod o’tkazish va amalga oshirish ishalrini olib borishidir . B u metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish , qaror qabul qilish , amalga oshirish , tekshi-rish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar . Loyiha ishalab chiqish yakka tartibda yoki guruh bo’lishi mumkin , lekin har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan nati- jasidir .Bu jarayonda ta’lim oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yan- gi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqni yechimini topishdan iborat . Ta’lim oluvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo’lishi va u ta’lim oluvchilardan mavjud bilimarini boshqa vaziatlarda qo’llay olishini talab qiladigan topshiriq bo’lishi kerak.
Loyiha o’rganishga xizmat qilishi , nazariy bilimlarni tadbiq etishi , ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish , tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo’lishi kerak .Quyidagi chizmada ,,Lo-yiha “ metodining bosqichlari keltirilgan (3- chizm ).
,,Rolli o’yinlar “ metodi - o’quvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har- xil shart-sharoitlarini sahnalashtirib berish orqli ko’rsatib beruvchi metoddir .
,, Rolli o’yinlar “ metodida o’quvchilar o’qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan senariydagi rollarni ijro kifoyalanishsa , ,,Ishbop o’yin” metodida rol ijro etuvchilar ma’lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini o’zlari hal qilishadi .
Rolli o’yinda ham ishbop o’yin kabi muammoni yechish bo’ycha ishtirok-chilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo’lga qo’yilgan .Rolli o’yinlar o’quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi .
Rolli o’yinlar o’quv jarayonida o’quvchilarda mativatsiyani shakllantirishga yordam beradi . Quyida ,, Rolli o’yin “ metodining tuzilmasi keltirilgan (4- chizma ) .
Xulosa
Prezident Sh. Mirziyoyev o’z maruzalarida axborot - kommunikatsiya texnalogiyalarni rivojlantirish uchun qulay shart- sharoit yaratish va shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muhimligini bir necha bor ta’kidlagan. Iqtisodiyot, konsalting va boshqa yo‘nalishlar masalalarining innovatsion yechimlari uchun yuqori texnologiyalar zarur bo‘ladi.
Ushbu texnologiyalarning rivojlanishida fizika muhim rol o‘ynaydi. “Fizikani qanday o‘qitish kerak?” maqolasida akademiklar R. Sagdeyev, V. Fabrikant, L. Gribov, S. Kapitsa shunday yozadi: “Fizikaning o‘zi fan sifatida kuchli matematik apparatga tayanib, nisbatan kam sonli tajriba prinsiplari asosida har qanday bilim sohasi uchun intilishi kerak bo‘lgan narsani namoyish etadi. Siz mantiqiy ravishda juda ko‘p oqibatlarni chiqarib tashlashingiz va dastlabki ma’lumotlardan yakuniy natijani aniq bashorat qilishingiz mumkin. Fizika kursini izchil o‘rganish, boshqa fanlarda ham juda samarali bo‘lgan fikrlash, intuitsiya, mantiqiy usulni rivojlantiradi”(“Izvestiya”,1975,30-sentabr).
Maqolada 45 yil oldin aytilgan masalalar hozirgi kun uchun ham dolzarb. Unda ko‘tarilgan g‘oyalar zamonaviy mutaxassislar tayyorlashda ham muhim ekanligiga e’tiborni qaratmoqchimiz. Maqolada texnika oliy o‘quv yurtlarida fizika kurslari o‘quv soatlarining kamayib ketishi masalasi ko‘tarilgan. Hozirgi vaqtda ham texnika oliy o‘quv yurtlarida fizikaga ajratilgan soatlar miqdorini oshirish masalasi ko‘tarildi.
XXI asr nanotexnologiyalarni sanoatda qo‘llash asri deb tan olingan. Shu bilan birga, nanotexnologiyani qo‘llash samaradorligida asosiy rol funksional materiallar va ularga asoslangan mahsulotlar zimmasiga yuklangan. XXI asrda magnit materiallari axborot texnologiyalari, elektron asboblar, ekologik toza, energiya tejamkor texnologiyalar, shuningdek, texnikalarning eng so‘nggi yutuqlarini ta’minlaydi.
Fizikaning qo‘llanilishiga misollarni yana juda ko’p davom ettirish mumkin. Texnika oliy o‘quv yurtlarida yuqori sifatli, kompetentli va yuqori texnologiyali mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘quv dasturiga: magnitostrukturaviy tahlil, magnit defektoskopiya, kvant texnologiyasi, mikromagnetizm, nanotexnologiya, robototexnika asoslari fanlarini kiritish zarur deb hisoblaymiz. Bu esa raqamli iqtisodiyot uchun fizik, texnologik, kvant kompyuter texnologiyalarini egallagan, zamon talabiga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash imkonini beradi.
Buning uchun avvalo fizikadan oliy texnika o‘quv yurtlaridagi mavjud kamchiliklarni hal etish kerak. Fizikadan dars soatlari kamayib ketgan, buni tuzatish lozim.
Foydalanilayotgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni 1-ilovasi https://lex.uz/docs/-3107036
2. Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib - intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. - 104 b.
3.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni (23.09.2020 yil-dagi O’RQ-637-son). https://lex.uz/docs/-5013007
4.Mamadaliyev.B “Fizika o’qitish uslubiyoti” Qo’qon 2001.65-67 bet , 71-73 bet
5.Yusupov A. “Fizikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar” Toshkent. “O’qituvchi”—2002 yil 110 bet.
6. Azizxo’jayeva N.N. “O’qituvchi mutaxassisligiga tayyorlashtexnologiyasi”. - T. 2000. 56 bet.
7.Yo’ldoshev.J.F., Usmonov S.A “Pedagogik texnologiya asoslari”-Toshkent-“O’qituvchi”-2004 yil. 89 bet.
8. Ishmuhamedov R.J.. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. – T.2004.192 bet
9. Ag’zamov A., Yusupov A. “O’quvchilarga bilim berishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” Toshkent-“O’qituvchi”—2004 yil.123 bet.
10.Yusupov A., Qodirov M. “Fizika darslarida innavatsion pedagogik texnolgiya elementlarini qo’llash”. Andijon. 2004 yil.88- bet.
Foydalanilgan internet saytlari
https://www.yenka.com/technology/
http://www.virtulab.net/index.php?option=com_content&view=article&id=349:2009-08-22-11-55-36&catid=40:17-&Itemid=100
https://phet.colorado.edu/en/simulations/projectile-motion
http://www.hozir.org/pedagogik-va-axborot-texnologiyalarining-talim-jarayoniga-jori.html?page=2
https://hozir.org/mavzu-kompyuterli-oqitishni-maqsadli-yonalishlari-reja.html
Dostları ilə paylaş: |