Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə37/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Nazorat savollari:
1.1.Jonli so’zlashuv tiliga xos bo’lgan so’zlarga misollar keltiring.
1.2. Tovush tushish hodisasiga misollar keltiring.
1.3. Tovush orttirilishi hodisasiga misollar keltiring.
1.4. Tovush almashinishi xodisasiga misollar keltiring.
1.5. So’zlashuv uslubiga xos gap tuzing.
1.6. Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo’lib turdingiz? O’zim girgitton bo’lay? Kim ozor berdi? Ayting. Ushbu gap qaysi uslubga xos.
1.7. So’zlashuv uslubiga oid gap yozing.
1.8. Ko’p ma’noli so’zlar, sinonim (ma’nodosh) so’zlar va iboralarni so’zlashuv uslubida ishlatilishini tushuntiring.
1.9. So’zlashuv uslubi uchun xarakterli bo’lgan otlarni yasovchi affikslarni ayting.
1.10. Qanday so’zlar so’zlashuv uslubiga xos?
1.11. Qanday so’zlar so’zlashuv uslubida qo’llanilmaydi?
1.12. So’zlashuv uslubida keng qo’llanadigan fe’llarni ayting.
1.13. Xoliniso, bolam,jon bolam. Bo’ylaringdan o’rgulay,bolam! Meni yana tashlab ketasanmi?
Berilgan matn qaysi uslubga xos?
1.14. So’zlashuv nutqida ishlatiladigan so’zlarni ayting.
1.15. Jonli tilda keng ishlatiladigan qisqartma so’zlarni ayting.
1.16. Jonli tilda qaysi fe’llar ko’chma ma’noda ishlatiladi?
1.17. Tuzlamoq, yiqilmoq, cho’zmoq fe’llari jonli tilda qaysi ma’noda ishlatiladi?
1.18. Oddiy so’zlashuv uslubiga xos so’zlarni toping.
1.19. So’zlashuv nutqiga xos iboralarga misollar keltiring.
1.20. Qaysi uslubda til vositalaridan erkin foydalaniladi?
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. So’zlashuv uslubi adabiy tilning boyishida manba bo’la oladimi?
2.So’zlashuv uslubining grammatik, leksik-frazeologik va fonetik xususiyatlari haqidagi fikrlar sizni qoniqtiradimi?


Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. B. O’rinboev. O’zbek tili so’zlashuv nutqi sintaksisi masalalari. T.: «Fan» nashriyoti, 1974 y
2. A. Shomaqsudov, I. Rasulov, R. qo’ng’urov, H, Rustamov. O’zbek tili stilistikasi. T.: «O’qituvchi» nashriyoti, 1983 y.
3. B. O’rinboev. O’zbek so’zlashuv nutqi. T.: «Fan» nashriyoti, 1982 y.
4. Q. Samadov. O’zbek tili uslubiyati. Guliston-1992 y.
5. Yo. Tojiev, N. Hasanova, H. Tojimatov, O. Yo’ldosheva. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari (ommabop qo’llanma). Toshkent-1994 y.
6. I. Toshaliev. O’zbek tili uslubiyati.-Toshkent: Universitet, 1996 y.
7. M. Hamroev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G’ulomaova, Sh.Yo’ldosheva. Ona tili.- Toshkent, 2007.
8. E.Qilichev. “O’zbek tilining amaliy stilistikasi” (pedagogika oliygohlarining filologiya faqulteti talabalari uchun o’quv-qo’llanma). Toshkent «O’qituvchi», 1992.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin