Guruhda ishlash -fanning maqsad va vazifalarini tushuntiradi.
-mavzuga oid atamalar izohlanadi.
-egalik qo’shimchalarining ma’no nozikliklarini ajratib misollar keltiradi.
O’qituvchi-talaba, 50 minut
4
Mustahkamlash va baholash uchun savollar. 4.1. Otlarda ko’plik qo’shimchasi yana qanday ma’nolarda qo’llaniladi?
4.2. Mavhum va atoqli otlar ko’plik qo’shimchasini olganda qanday ma’nolarni anglatadi?
4.3. Kelishik qo’shimchalarining uslubiy xususiyatlarini sanab bering.
4.4. Qaratqich va tushum kelishigining turli ma’nolarda qo’llanishini izohlang.
4.5. Gul ochildi, gul bargi, gul keltirdi jumlalarini qiyoslang.
4.6. Tushum kelishigi bilan chiqish kelishigi qo’shimchalari qo’llanishidagi o’xshash va farqli tomonlarini qiyoslang.
O’qituvchi, 10 minut
5
Umumiy yakuniy xulosalar chiqarish. Ko’plik ma’nosining ifodalanishidagi uslubiy imkoniyatlar. –lar qo’shimchasining fe’l, olmosh, ravishlarga qo’shilib kelishi va uslub xususiyatlari. –lar qo’shimchasining so’zlashuv, ilmiy va publitsistik uslublarda qo’llanish xususiyatlari.
Kelishik qo’shimchalarining belgili va belgisiz, pleonastik qo’llanishi va o’zaro sinonimlik munosabati. Kelishik qo’shimchalari va ko’makchilarning funktsional almashuvi. Bularning nutq uslublarida qo’llanish xususiyatlari. Egalik ma’nosining ifodalanishi va ularning pleonastik qo’llanishi, funktsional almashinuvi. Bulardan uslubiy maqsadlarda foydalanish.