Nutqni tinglab tushunish deganda, so‘zlovchining nutqini bevosita yoki texnikaviy vositalar yordamida eshitib idrok etish va fahmlash nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, tinglab tushunish o‘zgalar nutqini (jonli tarzda yoki mexanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab yetish ma’nosini ifodalaydi. Yangi til materiali o‘quvchilarga odatda o‘qish yoki tinglash orqali tanishtiriladi. Tinglab tushunish talaffuz va ohangni ham o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bo‘lib, unda umumiy eshituv idroki (akustik appersepsiya), so‘zlarning tovush tomonini (fonematik) farqlash va mohiyatini anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi, bilib olinadi va tushuniladi. Eshitish sezgisi va analizatori orqali axborot olishning asosiy manbalari sifatida o‘qituvchi nutqi, audio-video vositalardan magnitafon yozuvi, radio eshittirish, ovozli diafilm, kino (video) film (yoki undan parcha) va televizion ko‘rsatuvlar tavsiya etiladi.Tinglab tushunishni amalga oshirish uchun quyidagi uch omil nazarda tutiladi. Tinglovchining o‘ziga bog‘liq omillari (eshitish ko‘nikmasining rivojlanganligi, uning xotirasi va matnni diqqat bilan tinglab, mazmunini tushunganligi), tinglash paytidagi shart-sharoit (nutq tezligi, til materiali hajmi va shakli hamda so‘zlanayotgan nutqning davom etishi) va nihoyat, qo‘llangan materialning lingvistik jihatlari (tinglovchining til tajribasiga mos kelish-kelmasligi) hisobga olinadi, ya’ni tinglab tushunishga beriladigan matn notanish bo‘lib, o‘quvchilar egallagan til materiallarini o‘z ichiga oladi.
TUSHUNISH KO'NIKMALARINI O‘RGATISHNING ZAMONAVIY
METODLARI
Har qanday tilni o’rganishda muhim bo’lgan to'rtta qobiliyatlar orasida tinglab
tushunish ham asosiy o’rin tutadi. Odatda til o‘rgatish va o‘rganish sohasida tilda
gapirish va yozishga asosiy tildan foydalanish omili sifatida qaraladi. Tinglash va o'qish
qobiliyatlari esa ikkinchi o'rinda turadi. Buning bir sababi tinglash qobiliyatini
Dostları ilə paylaş: |