Himoyaga ruxsat beriladi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
«6x6x6» metodi 
Muammoli ta‘lim usullaridan biri bu ―6x6x6‖ metodi. Ushbu metod yordamida bir 
vaqtning o‘zida 36 nafar tahsil oluvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali 
ma‘lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a‘zosi 
imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. «6x6x6» metodi 
asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 
ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama 
qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. 
Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil 
bo‘ladi. Yangi shakllangan guruh a‘zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi 
tomonidan muammo (masala) echimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib 
beradilar va mazkur echimlarni birgalikda muhokama qiladilar. 
«6x6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: 
– guruhlarning har bir a‘zosini faol bo‘lishga undaydi; 
– ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta‘minlaydi; 
– guruhning boshqa a‘zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil qiladi; 
– ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini 
himoya qilishga o‘rgatadi. 
Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar tahsil oluvchidan iborat bo‘lgan bir 
necha guruhlarda ham qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida «6x6x6» 
metodi qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday 
mashg‘ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham birmuncha ko‘p 
vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotgan mashg‘ulotlarda 


66
guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish 
imkoniyati mavjud. 
«6x6x6» metodidan ta‘lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, 
pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish 
layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirilmasligi 
topshiriq yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. 
«6x6x6» metodi yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 
1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul 
qo‘yib chiqadi. 
2. Tahsil oluvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadilar. Tahsil 
oluvchilarni guruhlarga bo‘lishda o‘qituvchi quyidagicha yo‘l tutishi mumkin: 6 ta 
stolning har biriga muayyan ob‘ekt (masalan, kema, to‘lqin, baliq, delfin, kit, akula) 
surati chizilgan lavhani qo‘yib chiqadi. Mashg‘ulot ishtirokchilariga kema, to‘lqin, 
baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini 
olish taklif etiladi. Har bir tahsil oluvchi o‘zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat 
bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo‘yilgan stuldan joy egallaydi. 
3. Tahsil oluvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot 
mavzusini e‘lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma‘lum 
vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. 
4. O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh 
a‘zolariga maslahatlar beradi, yo‘lyo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan 
berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng 
guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi. 
5. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o‘qituvchi guruhlarni 
qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta 
guruhning har biridan bir nafar vakil bo‘lishiga alohida e‘tibor qaratiladi. Tahsil 
oluvchilar o‘z o‘rinlarini almashtirib olganlaridan so‘ng belgilangan vaqt ichida 
guruh a‘zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning echimi xususida 
guruhdoshlariga so‘zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi 


67
guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriq echimlari)ni muhokama 
qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin