2-chizma
Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror
ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab
chiqarishga qo`shiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga
texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o`zlashtirishga
qo`shiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson
salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek,
nomoddiy
ne`matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo`shiladigan
investitsiyalar kiradi.
Xorijiy investitsiyalar ko`lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya`ni xalqaro
investitsiyalar ko`rinishiga ham ega bo`ladi. Xalqaro investitsiyalar – jahon
mamlakatlari o`rtasida xarakatda bo`lgan investitsiyalardir.
Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o`rtasidagi faol
harakati zamonaviy jahon xo`jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib
turuvchi xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon
Xorijiy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud:
KAPITAL
INNOVATSIYA
IJTIMOIY
asosiy fondlarni
vujudga
keltiruvchi va
takror ishlab
chiqarishga,
shuningdek, ishlab
chiqarishning
boshqa shakllarini
ishlab chiqarishga
qo`shiladigan
investitsiyalar
inson salohiyatini,
malakasi va ishlab
chiqarish
tajribasini
oshirishga,
shuningdek,
nomoddiy
ne`matlarning
boshqa shakllarini
rivojlantirishga
qo`shiladigan
investitsiyalar
texnika va
texnologiyalarning yangi
avlodini ishlab chiqish
va o`zlashtirishga
qo`shiladigan
investitsiyalar
12
xo`jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaktda
xalqaro investitsiyalarning o`rtacha yillik o`sish sur`ati 30%dan oshadi. Bu
ko`rsatkich jahon savdosi o‘sishi sur`atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro
investitsiyalar o`zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo`lgan ishlab
chiqarish, pul va tovar shakllarida jamgarilgan zaxiralarni mujassamlashtiradi.
Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga,
hamda davlatlararo harakatda bo`ladi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish,
rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chikkan holda guruhlashtiriladi.
Quyilish ob`ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.Real
investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘`larini korxonaning moddiy va
nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy
kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog`liq bo`lib, ko‘pchilik hollarda
investitsion loyixalar doirasida amalga oshiriladi. SHuning uchun shaxsiy
mablag‘`lar bilan birga qarzga olingan mablag‘`lar xam foydalanilishi mumkin.
Nomoddiy investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga
oshirilib, kadrlarni tayyorlash va kayta tayyorlashga, ilmiy-tadkikot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini
yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi.Fan-texnika taraqqiyotini tezlashuvi bilan
intellektual salohiyat ishlab chiqarishni eng kuchli omiliga aylandi, uning jiddiy
unsuri bo`lib qoldi. XX asr boshlarida fan ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish
uchun sarflanadigan qo‘yilmalar oshib bordi. SHuning uchun ham jahonda real
investitsiyalar tarkibida ilmiy izlanishlar, fan, ta`lim, kadrlar tayyorlash uchun
sarflanadigan harajatlar o`sib bordi. Masalan, AQSH, Yaponiya va boshqa
rivojlangan mamlakatlarda fan va ilmiy izlanishga sarflanadigan qo`yilmalar o`sish
sur`atlari asosiy fondlarga sarflanadigan investitsiyalardan ustundir. Jahon bozoriga
kirib borish, keng ko`lamda marketingni rivojlantirish, batafsil axborotga ega
bo`lish, yuqori darajadagi komp‘yuter tizimlarini tashkil etishni, yuqori malakali,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va mazkur sohada dunyodagi rivojlangan
davlatlar darajasiga erishishni talab etadi. Shuning uchun xam jadal sur`atlar bilan
13
rivojlanish real investitsiyalar tarkibida fan, texnika, ta`lim, kadrlarni kayta
tayyorlash uchun sarflanadigan real investitsiyalar asosiy o`rinlardan birini egallashi
zarur.
Asosiy fondlarga sarflangan real investitsiyalar maqsadi sarflanish yo`nalishlari
va boshqa ko`rsatkichlarga ko`ra hududlararo, tarmoqlararo, texnologik, qayta ishlab
chiqarish tarkiblariga ega. Asosiy fondlarga sarflangan investitsiyalarni, ularning
aktiv (mashinalar, asbob-uskunalar) va passiv (bino, inshootlar) qismlarini tashkil
etish uchun sarflangan umumiy harakat yig`indisidagi ulushi investitsiyalarning
texnologik tarkibini tashkil etadi. Qayta ishlab chiqarish tarkibi investitsiyalarning
kanday maqsadlarga yo`naltirilganligi; yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni
kengaytirishga, rekonstruktsiyaga va yangi texnika bilan qayta kurollantirishga jalb
qilingan harajatlarni umumiy harajatlardagi har birining nisbiy jihatdan ulushini
ko`rsatadi. Investitsiyalarning hududlararo va tarmoqlararo tarkibi esa ularning
nisbiy jihatdan hududlar va tarmoqlar bo`yicha taqsimotini bildiradi.Rivojlangan
mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy qismini shaxsiy investitsiyalar tashkil
etadi. Davlat sektorida real investitsiyalar sarfi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy
muvofiqlashtirish siyosati asosida kreditlar, subsidiyalar ajratiladi, davlat kapital
qo‘yilmalari muvozanatlashtiriladi va real investitsiyalar o`zlashtiriladi.Davlat
tomonidan o`zlashtiriladigan investitsiyalar dastlabki bozor infratuzilishini va u
bilan bog`liq bo`lgan tarmoqlarni rivojlantirishga sarflanadi. Investitsiyalarni
samaradorligini oshirish asosiy kapitalni aktiv elementlarini vujudga keltirish va
o`stirish hisobiga amalga oshiriladi. Investitsiyalar yo‘naltirilaetgan sohalar va
ularni ishlatishdan olinadigan natijalarga kura real va moliyaviy investitsiyalarga
bulinadi. Real investitsiyalar deb real kapitalning o‘sishiga olib keladigan, ya`ni
ishlab chiqarish mablag‘lari, material boyliklarning o‘sishini ta`minlash uchun
qo‘yilgan qo‘yilmalarga aytiladi. Moliyaviy investitsiya deb aktsiyalar,
obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar uchun qo‘yilgan
qo‘yilmalarga aytiladi. Bu qo‘yilmalar buyum ko‘rinishdagi kapitalning o‘sishini
uzida mujassam etmasada, lekin foyda shu jumladan spekulyativ foyda ya`ni
qimmatli qog‘ozlar kursi o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda keltiradi.
14
Moliyaviy investitsiyalarning ikki xil ko‘rinishida bo‘ladi. Aktsiyalarni sotib olish
real moddiy ko‘rinishdagi kapitalni yaratmaydi. Lekin kelajakda spekulyativ
ko‘rinishda foyda olish mumkin bo‘ladi. Aktsiyalarni sotishdan tushgan mablag‘ni
ishlab chiqarish uchun, asbob uskunalr sotib olish uchun sarflaganda u real kapitalga
aylanadi va real investitsiya ko‘rinishini oladi. Shu sababdan qimmatli qog‘ozlarni
oldi-sotdi operatsiyalari natijasida olinadigan spekulyativ foyda keltiruvchi
moliyaviy investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni sotish natijasida pul ko‘rinishdagi
real moliyaviy investitsiyalarni farqlash lozim.
Real investitsiyalarni tavsiflash ularni hajmi va daromad keltirishi asosida
amalga oshiriladi. Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to`lov va moliyaviy
majburiyatlarning barcha turlarini o`zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy
aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari
qimmatli qog`ozlardir: ulushli (aktsiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real
investitsiyalardan farqli o‘laroq moliyaviy investitsiyalarni ko‘prok portfel‘
investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi bo`lib
moliyaviy
aktivlarning
mukammal
yig‘masini (investitsiyalar portfelini)
shakllantirish va qimmatbaho qog`ozlar bilan amalga oshiriladigan turli
operatsiyalarni
boshqarish
hisoblanadi.Moliyaviy
investitsiyalar
shaxsiy
kompaniyalar va davlat idoralari tomonidan muomalaga chiqarilgan aktsiyalarga,
obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog`ozlarga va bank depozitlariga, uzoq
muddatga jalb kilinadigan qo‘yilmalardir. Moliyaviy investitsiyalarning asosiy
qismi, kapitalni noishlab chiqarish sohasiga sarflanishini bildiradi. Moliyaviy
investitsiyalar aksariyat holatlarda real investitsiyalarning manbai bo`lib xizmat
qilishi mumkin. Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratuzilmasi rivojlangan
mamlakatlarda, qimmatli qog`ozlar bozori orqali kapitalni sohalar bo`yicha
taqsimlanishida muhim ahamiyatga bo`lgan davlatlarda ko`proq tarqalgan.
Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy investitsiyalarining tarkibida asosiy o`rinni
shaxsiy investitsiyalar tashkil qiladi.
Shaxsiy investitsiyalar, tadbirkorlar, xususiy firmalar, kontsernlar va aktsioner
tashkilotlar tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarga sarflanadigan mulkdorlik va
15
intellektual boyliklarni anglatadi. Yetuk qimmatli qog`ozlar bozori mavjud bo`lgan
mamlakatlarda shaxsiy investitsiyalarni ko`pgina qismi maxsus investitsiya fondlari
tomonidan sarflanadi. Xorijiy investitsiyalarning moliyaviy shakli (portfel‘
investitsiyalar) milliy iqtisodiyotda istiqbolli korxonalarni aniklash va keng
mikyosda investitsiyalashni amalga oshirishga asos bo`la oladi.
Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha
bo`lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga beriladi)
bo`ladi. Masalan, oddiy aktsiyalar umuman biror – bir muddat bilan cheklanmaydi.
Masalan, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli
qo‘yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilda qaytarish muddati bilan uzoq
muddatli qo‘yilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog`ozlarni sotib
olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o`tgandan so`ng, investor uzoq muddatli
vositalardan qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko`pincha
investorlar ana shunday vositalarni tanlaydilar va o`z pullarini qisqa muddatlarga
qo`yishni xohlaydilar.
Mulk shakllaridan kelib chikib investitsiyalar xususiy, davlat, qo`shma va
xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining
va fuqarolarning mablag‘`larini tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga qo‘yilishini
anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining
mablag‘`larini hududiy joylashtirilish bo`yicha investitsiyalar ichki va tashqi
investitsiyalarga bo`linadi.
Xorijiy investitsiyalar davlat yoki xususiy investitsiyalar shaklida bo`lishi
mumkin. Birinchi shaklda davlat investitsiyalari ishtirok etib, bunda bir davlat
boshqa davlatga kreditlar yoki boshqacha shakldagi qarzlar berishi mumkin. Bunday
munosabatlarga xalqaro huquq normalari qo`llaniladi. Ikkinchi shaklda esa, bir
mamlakat xususiy firmalari, kompaniyalari yoki fuqarolari boshqa mamlakatning
tegishli sub`ektlariga beradigan investitsiyalar tushuniladi. Davlat investitsiyalari
deb davlat tomonidan milliy daromadning davlat byudjetining mablag‘lari
ko‘rinishida mamlakat iktisodiningrivojlanishi uchun sarflaetgan mabalaglariga
tushuniladi. Xususiy investitsiyalar deb xususiy kompaniyalar, axoli va tadbirkorlar
16
tomonidan mabalglarning qo‘yilishiga aytiladi. Investitsiya munosabatlari shu
darajada murakkab va ko`p qirraliki, ko`pincha davlatlar o`rtasidagi munosabatlar
xususiy shaxslar o`rtasidagi munosabatlar bilan uzviy bog`langan bo`ladi. Bunday
aloqa investor huquq va talablarni davlatga topshirganda yaqqol ko`rinadi.
Maqsadiga ko`ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel‘ investitsiyalarga
bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni to‘g`ridan-to‘g`ri eksporti bo`lib,
investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda
korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy
investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo‘ladi.
Xalqaro statistikada investitsiyalarni BXIlar turiga kiritish bo`yicha har xil
yondashuvlar mavjud. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini
belgilovchi ko‘rsatkich sifatida ular ega bo`lgan aktsionerlik kapitalining hissasi
ko‘rsatkichidan foidalaniladi. Bu ko‘rsatkich AQSHda 10%, Frantsiya va Buyuk
Britaniyada 20%, Germaniyada 25%dan 50% gacha, O`zbekistonda esa 49%
darajasida belgilangan. Shuningdek, shu korxonaning boshqaruvida bevosita amalga
oshirilayotgan investitsiyalarning uzoq muddatli ekanligi xam uning muhim
belgilaridan
biridir.
Investitsiyaning
bu
ko‘rinishi
tavakkalchilikni,
investitsiyalardan foydalanish samaradorligi uchun ma`suliyatni davlat va axoli
zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari o‘rtasida taqsimlashning
eng yaxshi va sinalgan usuli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |