JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/ Volume–13_Issue-1_September_2022 48 yurtimizda ham imkoniyati cheklangan shaxslarga yurtboshimiz tomonidan juda ko‘p
shart-sharoitlar yaratilmoqda va ularning sog’lom shaxslardan ajralmasliklari uchun
qo‘llab-quvvatlamoqda. Imkoniyati cheklangan bu har xil kasallik turiga bo‘linadi.
Bular;
1. Eshitish(kech-kar,eshitish zaif,kar).
2.Ko‘rish (ko‘rish qobiliyati zaif ko‘r).
3. Nutq(turli darajada) aql.
4.Kechikkan psixoverbal rivojlanish(ZPR).
5.Mushak-sklet tizimi.
6. Hissiy-irodaviy soha turlariga bo‘linadi. Bizning tanlagan mavzuyimiz
imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti
hamkorligi. Biz bu mavzuda imkoniyati cheklangan bolaga ota-ona va maktabgacha
ta’lim tashkilotidagi hamkorlik qay darajada muhim va bolaning hayotida qanday
imkoniyatlarni yaratadi shular haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Eshitishda nuqsoni bor bolalar ko ‘pincha nutq faoliyatida muammolari borligi
bilan tengdoshlari qatoridan ajralib turadi. Chunki bolaning nutqi eshitish orqali
rivojlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borgan eshitishida nuqsoni bor bola
guruhda ko‘p tendoshlari tarafidan kamsitilishi orqali ulardan ta’limiy faoliyatlarda
orqada qoladi va bolaning o‘zida qo‘rquv paydo bo‘lib qoladi. Bu vaziyatda guruh
tarbiyachi pedagogi ham psixologik mahoratga ega bo‘lishi kerak.
RESULT Bola uchun ota-ona hamkorligi juda ham muhim ayniqsa bu imkoniyati
cheklangan bo‘lsa. Bolaning tarbiylanishida va sog’lom o‘sib ulg’ayishida oilaning
o‘rni beqiyosdir.
So‘nggi yillarda jamiyatning nogiron kishiga ya’ni imkoniyati cheklangan
shaxsga munosabati tubdan o‘zgara boshladi, uni jamiyatning teng huquqli va munosib
a’zosi deb tan olindi lekin baribir ham bugungi kunda imkoniyati cheklangan
shaxslarning o‘zining qo‘shimcha muammolari bor. Odatda, oilada imkoniyati
cheklangan bola tug’ilishi bilan ota-ona tashvishga tushadi va moddiy, maishiy,
moliyaviy muammolari ko‘payadi.Shu vaziyatda ko‘pincha bola tengdoshlariga
qo‘shilmaslik oqibatida o‘z qobig’iga o‘ralib qolib ketadi. Masalan bir oilada
imkoniyati cheklangan bola tug’ilsa u kamdan kam holatlarda bolani ota-ona
qo‘rqmasdan ta’lim tashkilotlariga qo‘sha oladi. Keyingi tarafini ko‘radigan bo‘lsak
ota-ona ko‘pincha bolasi imkoniyati cheklangan bo‘lganligidan uyaladi bunday
vaziyatlarda ko‘pincha Bolani ota-onasi o‘zim ta’lim va tarbiya beraman deb bolasini
ta’lim tashkilotlariga qo‘shmaydi va odamlarni ko‘ziga ko‘rsatmaydi bola o‘zi bilan
o‘zi qolib ketish natijasida sezilarli darajada yomon oqibatlar kuzatiladi. Biz
imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona hamkorligi qanchalik
muhimligini ko‘rib chiqamiz.