Jismoniy tarbiya nazariy asoslari. Jismoniy tarbiya nazariyasining
asosiy
tushunchalari: jismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya tizimi,
jismoniy kamolot va jismoniy madaniyat. Shu tushunchalar orqali jismoniy
tarbiya nazariyasining mohiyati va asosiy qonuniyatlari o‘rganiladi. Ular doimo
o‘zgarib
kengayib
va
chuqur
mazmun
aks
ettirib
keladi.
Jismoniy rivojlanish - tarbiyaning ta’sirida organizmda biologik shakllar
va funksiyalarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon
organizm va uning yashash muhiti tuzilishi, o‘zgarishi hamda miqdor va sifat
o‘zgarishlar qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida jismoniy
xususiyatlar ishlab chiqarish, madaniyat fan va sport sohasida yuksak
natijalarga erishish imkoniyatini yaratdi. Nasldan naslga o‘tadigan tabiiy
xayotiy kuchlar va organizmlarning tuzilishi, inson jismoniy rivojlanishi uchun
asos bo‘ladi. Lekin jismoniy rivojlanishning yo‘nalishi, uning harakteri,
darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlar va qobiliyat
turmush sharoitlari va tarbiyaga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Jismoniy rivojlanish
qonunlarini egallash, ulardan jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalanish-
jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir.
Jismoniy tarbiya - aniq bir maqsadni ko‘zlab inson jismoniy holatini
o‘zgarishi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasidir. Jismoniy tarbiya-pedagogik
jarayon, inson organizmini takomillashtirishga, harakat malakasini va
ko‘nikmasini, mahoratini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyat xayot sharoitlari,
ov jismoniy tarbiya vujudga kelishining asosiy sababi bo‘lgan. Insonning
ibtidoiy jamoa davridanoq yashash uchun kurashga, jamoada o‘z o‘rnini
topishga hamda ov qilishda jismoniy harakatlar qo‘l kelgan. Ongsiz ravishda
bo‘lsa ham odamlar o‘zlarining jismoniy sifatlari tezkorlik, kuchlilik,
chidamlilik, chaqqonlik, botirlik xislatlarini rivojlantirishga harakat qilganlar.
Jismoniy barkamollik - har tomonlama rivojlanishning, harakatlarga
tayyorgarlikning oliy darajasi bo‘lib, ishlab chiqarish va harbiy hamda turmush
sharoitlariga moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini ta’minlaydi.
Jismoniy barkamollik tushunchasini yana shunday izohlash mumkinki, bu
insonni har qanday sharoitda ham og‘ir jismoniy yuklamalar bajara olish
qobiliyati bilan birga o‘zida ahloqiy sifatlar, insonparvarlik, onglilik hamda
jamoatchilik
xislatlarini
o‘zida
mujassam
bo‘lishidir.
Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas bir qismi, hamda
jismoniy tarbiya vositalarini yaratish va foydalanishda jamiyat erishgan
muvaffaqiyatlarning yig‘indisidir. Millatning jismoniy madaniyat va sport
sohasida erishgan yutuqlari, aholining ommaviy jismoniy tarbiya va sportga
jalb etilishi, mamlakatda yoshlarni qolaversa aholini hamma qatlamini jismoniy
tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlovchi vositalar-sport inshootlari,
jihozlari, jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi
mutaxassis kadrlar etarliligi ham jismoniy madaniyat saviyasini belgilaydi.
Sport – inson jismoniy barkamolligini ta’minlovchi vosita bo‘lib, bir xil
shakldagi jismoniy mashqlar va xarakatlar majmu’idir. Sport trenirovkasi
pedagogik hodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita
yo‘naltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda,
bu jismoniy tarbiyaning “sport orqali”, sport vositasida amalga oshiriladigan
jarayondir. “Sport trenirovkasi” termini bilan bir qatorda “sportchini
tayyorlash” termin ham qo‘llaniladi. Bularning tushunchasi bir-biriga juda
yaqin, biroq bir xil emas.
|