Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
 
2. «O`zbekistonda tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish tajribasi»
holati tahlili jadvali.
№ 
Tahlil yo`nalishi 
Tahlil natijalari 
1

Tabiiy monopoliya 
sub`ektlari 
faoliyatining 
maxsus 
nazorat 
inspektsiya organlari va 
ularning asosiy vazifalari 
O`zbekiston 
iqtisodiyotida 
ham 
yoqilg`i-energetika 
kompleksining ayrim tarmoqlarida maxsus nazorat inspektsiya 
organlari ham tuzilgan. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 8 iyuldagi 220-sonli qarori bilan 
neft va gaz mahsulotlarini ishlatilishini nazorat qiluvchi 
«O`zdavneftegazinspektsiya»si tashkil etildi. Mazkur qarorga ko`ra, 
inspektsiyaning asosiy vazifasi neft va gaz mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlarini tizimli ravishda o`rganish, sifat va texnik 
tomonlarini kuzatish, mahsulotlardan samarali va ratsional 
foydalanishi yuzasidan takliflar va tegishli tavsiyalar tayyorlash 
vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 
22 fevraldagi 2812-sonli Farmoniga ko`ra, «O`zdavenergonazorat» 
agentligi tashkil etilib, uning asosiy vazifasi elektr energiyasi va 


ko`mir mahsulotlaridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish, 
tarmoqqa investitsiyalarning kirishi va raqobatli xizmat ko`rsatishi 
uchun shart-sharoitlarni yaratishda ko`maklashish kabi vazifalar 
belgilab berilgan. 
Xuddi shu kabi nazorat organlari O`zbekiston havo va temir 
yo`llari tizimi bo`yicha hamda kommunal sohasida mavjud bo`lib, 
ushbu nazorat inspektsiyalarining funktsiyasi ham yuqoridagilar kabi 
tegishli tizim faoliyati ustidan kuzatish olib borish, tarmoqlarning 
ishlab chiqarishi uchun xavfsizlikni ta`minlash, kelajak yo`nalishini 
belgilashda faol ishtirok etish kabi vazifalarni bajarishga qaratilgan. 
2

Amalga 
oshirilayotgan 
asosiy 
chora-tadbirlar 
O`zbekiston 
Respublikasining 
«Tabiiy 
monopoliyalar 
to`g`risida»gi qonuni talablari ijrosini ta`minlash maqsadida 2007 
yilda Qo`mita tomonidan o`tkazilgan tekshirishlar soni o`tgan 
yilning shu davriga nisbatan bir muncha kamaygan bo`lsada, biroq 
tekshirishlar natijasida aniqlangan qonun buzilish holatlari salmog`i 
58 foizdan 86 foizgacha o`sgan. 
Keyingi yillarda ayrim tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyati 
ustidan olib borilgan nazorat va tahlil ishlari natijasida qonunning 
bir qator moddalari buzilganligi aniqlanib, qonun talablariga 
muvofiq ularga nisbatan katta miqdordagi jarima summalarini 
qo`llashga va qonun talablariga rioya qilishlari yuzasidan tegishli 
ko`rsatmalar berilishiga olib kelgan. 
3

Qonun 
buzilish 
holatlarining tahlili 
Agar ilova qilinayotgan jadvalga e`tibor bersak, qonun 
buzilish holatlarining aksariyat tarkibini, tabiiy monopoliya 
sub`ektlari tomonidan o`z mavqeidan suiiste`mol qilish maqsadlarda 
foydalanishi, belgilangan narxlarga rioya etmaslik (7-modda) yoxud 
ularni oshirishga harakat qilishlari (69,8%), yoki xizmat ko`rsatishni 
asossiz rad etish (9-modda), iste`molchilarning huquqlarini 
kamsitish, ulardan ortiqcha haq undirish (16-modda) bilan bog`liq 
shartlarni qo`yishlari (12,9%) tashkil etadi. 
Bu holatni ayrim vazirlik bo`yicha olib ko`rsak, 1999, 2001 va 
2007 yillarda O`zbekiston Pochta va Telekommunikatsiyalar 
agentligi tizimida qonun talablariga rioya etilishi tahlil qilinganda, 
bu davrlarda tahlil qilingan korxonalarda qonun buzilish holatlari 
71,4 foizdan 82,7 foizga o`sganligi, noqonuniy daromadlar miqdori 
10 barobarga (403,6 mln. so`mga) oshganligini ko`rish mumkin.
4

Qonun 
buzilish 
holatlarining ro`y berish 
sabablari 
Bunga sub`ekt o`z monopol mavqeidan foydalanishi, avvalgi 
yillardagi jarimalardan tegishli xulosa qilmasdan narxlarni yana 
asossiz ravishda shakllantirishi, yuqori noqonuniy daromad olish 
bilan shug`ulanishi, iste`molchilar haq-huquqini mensimasliklari va 
h.k.larni sabab sifatida ko`rsatish mumkin.
Tabiiy monopoliya sub`ektlari haligacha qonun talablarini 
to`liq tushunib yetmaganlar. Bu esa o`z navbatida qonun 
talablarining bajarilishini ustidan nazorat qilishni kuchaytirish, 
kuzatuv, tushuntirish ishlarini muntazam olib borilishini zaruriyat 
qilib qo`ymoqda. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin