Ortostatik sinama
Ortostatik proteinuriyaga shubxa qilinganda va nefroptozda
qo‘llaniladi.
Siydik pufagi to ‘liq bo‘shatilganidan so‘ng, tekshiriluvchi 2 soat
davomida gorizontal xolatni saqlaydi. So‘ngra o‘rnidan turmasdan,
siydikning birinchi (nazorat) porsiyasini topshiradi. Keyingi 2 soat
davomida tekshiriluvchi, maksimal bel lordozini saqlagan xolda( bel
ortida tayoq ushlab turadi) tinmasdan yuradi, so‘ngra siydikning
ikkinchi porsiyasini topshiradi. Ikkala porsiyalarda xam, oqsil
konsentratsiyasi va oqsilning grammlardagi tarkibi, nefroptozda esa 1 ml
dagi eritrotsitlar miqdori aniqlaniladi.
Ortostatik proteinuriyada ikkinchi porsiyada proteinuriya yoki
oqsilning grammlardagi tarkibini 2-3 martta ortganligi aniqlaniladi.
Gematuriya, ko‘p xollarda ikkinchi porsiyada nefroptozga xarakterli
boMgan, proteinuriya bilan birga kuzatiladi.
Bens-Djons uroproteinlarini aniqlash
Bens-Djons oqsillari - termolabil pastmolekulyar paraproteinlar
bo‘lib, (nisbiy molekulyar massasi 20 000-45 000), aniqlanilishi mielom
kasalligi va Valdenstrem makroglobulinemiyasiga shubxa tug‘diradi.
Ular yengil immunoglobulinlarning L-zanjiri xisoblanadi. L-zanjir
molekulyar massasi kichik bo‘lganligi sababli, qonlan zararlanmagan
buyrak
filtri
orqali
peshobga
oson
o ‘tadi
va
peshobda
termopretsipitatsiya
reaksiyasi
yordamida
aniqlanilishi
mumkin.
Tekshiruvni sulfosalitsil kislota bilan musbat natija olingandagina
o ‘tkazish, maqsadga muvofiq.
Tekshiruv quyidagicha o ‘tkaziladi:
10 ml peshobga 3-4 tomchi 10% li uksus kislota eritmasi va 2 ml
natriy xloridning to ‘yintirilgan eritmasi qo‘shiladi. Astalik bilan suv
xammomida isitiladi va seki-asta temperatura ko‘tarilib boriladi.Agar
peshobda Bens-Djons oqsillari bo‘lsa, 45-60 °S temperaturada diffuz
loyqalanish paydo bo‘ladi yoki qattiq ok cho‘kma ajraladi. Qizitish
davom ettirilib qaynatishgacha olib borilsa, cho'km a erib ketadi,
sovutilganda esa qaytadan paydo bo'ladi.
Bu usulning sezgirligi juda xam past va elektroforez va
immunoelektroforez usullari bilan qaytadan tekshirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: