Kurs ishi mavzu : jahon iqtisodiyotini globallashuv muammolari va ularning guruhlanishi


Globallashuv to‘lqinlari, davrlari



Yüklə 60,55 Kb.
səhifə5/8
tarix17.04.2023
ölçüsü60,55 Kb.
#99246
1   2   3   4   5   6   7   8
31 mavzu JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV MUAMMOLARI VA ULARNING

2.2. Globallashuv to‘lqinlari, davrlari.
Globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan hozirgi dunyoda davlatning raqobat shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy ustunligi – ta`lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni ma`naviy rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog`liq. Davlatning bugungi va istiqbolidagi barqaror iqtisodiy o`sishini ta`minlovchi omillar aynan ta`lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog`liq. SHu sababli mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida ta`lim sohasida jahonda munosib o`rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz ta`lim tizimini yaratish va rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o`rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o`zaro bog`liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikatsiyalashuviga olib keladi. Bunda o`ziga xos siyosiy munosabatlar ko`lamiga ko`ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga xavf tug`dirishi mumkin bo`lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporatsiyalar, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy subyektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning an`anaviy subyekti — milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo`lmoqda.
Ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda ta`sir etyapti. Bu esa davlatlarning o`z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil echish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Ma`lum bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo`lib qolmoqda.
Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil globallashuv samarasi o`laroq, o`zining an`anaviy ahamiyatini yo`qotmoqda va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda. Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora shaffoflashib bormoqda.
To`rtinchidan, butun dunyo bo`ylab bir qator g`arb davlatlari rahnamoligida "demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim davlatlarning o`ziga xos demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli ta`sir o`tkazilyapti. YA`ni, bu jarayondan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga urinayotgan globalizm g`oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini o`z qo`llariga olishga urinmoqdalar. Misol uchun, MDHga a`zo bir qator davlatlarda 2005 yilda yuz bergan "inqiloblar", siyosiy globallashuv mahsuli bo`lib, ushbu jarayon asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. Ushbu voqealar shundan dalolat beradiki, yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning suvereniteti va ichki ishlariga aralashmaslik printsipini pardalangan shaklda buzmoqda. Bunda siyosiy globallashuv jarayonining yana bir mahsuli – nodavlat tashkilotlarning resurslari va nufuzidan tashkiliy niqob sifatida foydalanish dunyo bo`ylab keng tarqalmoqda. Ayni shu ma`noda A.V.Buzgalin “Globallashuv siyosatga ta`siri kuchli bo`lib, havfsizlik va iqtisod sohasida davlatlarning bir-biriga tobeligini kuchaytirib, har birining jahon sahnasidagi ustuvor jihatlarining chuqur o`zgarishiga olib keladi. Tashqi siyosiy vositalar arsenaliga boshqacha nuqtai nazardan qarashga majbur qilib, jahon siyosatining tadrijiylashish jarayonining tezlashib ketishiga olib keladi”[17][13], - deb yozadi.
Globallashuv fenomeni obyektiv va ochiq ekanligini hisobga olinsa uning turli muqobillarda namoyon bo`lishi tabiiy tus oladi. SHunday ekan globallashuv jarayonining biror-bir aspektini mutlaqlashtirib, unga mutlaq ijobiy yoki mutlaq salbiy jarayon sifatida qarash nojoizdir. O`z navbatida nemis sotsiolog olimi U.Bek “SHubhasiz, globalizatsiya eng ko`p qo`llaniluvchi va eng ko`p suiste`mol qilinuvchi va eng kam o`rganilgan, ehtimol tushunarsiz mavhum, siyosiy jihatdan samarali so`zdir (bahs-munozarada kuchli qurol, shior)”[18][14], - deb yozadi.
Globallashuv jarayonida axborot olishning tezlashuvi, shuningdek, internet orqali uzatiladigan turli yangiliklarni ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilish masalalarini e`tibordan chetda qoldirmaslikni taqozo etadi. Masalan, globallashuv haqida 1998 yilda Nobel mukofotini olgan Portugaliyalik yozuvchi J.Saramagu: “Men antiglobalistik harakatlar tarafdoriman. CHunki menga hozir sayyoramizda keskin tezlikda shakllanayotgan tartib, nizom yoqmaydi” - degan bo`lsa, J.Soros “globallashuvning shuncha kamchiliklariga qaramay, men uning rashkchi tarafdoriman. Men uni qo`llab-quvvatlashim sababi nafaqat u beradigan qo`shimcha boyliklar, balki u odamlarga berishi mumkin bo`lgan erkinlik sababli hamdir”[19][15], - deb yozadi.
Umuman olganda, globallashuv murakkab va serqirra jarayon bo`lib, uni turli mamlakatlar hayotiga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish, davlatlar kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil bulib qolmoqda.
Globallashuvning asosiy ko`rinishlari, tendentsiyalari va oqibatlari tevaragidagi munozaralar so`ngi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg`in tus olmoqda. Bugun nafaqat bir davlatda, balki butun dunyoda bir-biriga qarshi kurash olib borayotgan "globalistlar" va "anti globalistlar"ga ajraldi. Ayrim olimlar globalizatsiyani farovon turmush, tanlash huquqi va yanada ko`prok erkinlik, ya`ni ko`chib yurish, to`liq axborot olish, ko`proq xaq to`lanadigan joyda ishlash, eng yaxshi universitetlarda ta`lim olish erkinligi bilan bog`lasalar, boshqalar uchun esa globallashuv insoniyatga tahdid soluvchi, global isish, atrof muhitning ifloslanishi, nazoratsiz migratsiya omillarining vujudga kelishi, ishsizlarning ko`payishi, an`anaviy qadriyatlarga putur etishi kabi muammolarni tug`diruvchi jarayon sifatida baholamoqdalar. Bizning nazarimizda, globallashuv, eng avvalo, taraqqiyot sur`atlarining tezlashuvi orqali butun insoniyat yalpi Er shari taqdirini birlashtirayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma`naviy-axloqiy, madaniy-ruhiy hodisa sifatida o`zini namoyon etayotgan bir paytda, uning yaxlit mohiyatining ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etishni taqozo etmoqda. Ayni shu nuqtai-nazardan qaraganda, globallashuv odamlar orasida ma`lum bir universal va umumhajmli aloqani o`rnatishni nazarda tutadi.


Yüklə 60,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin